Biznes subyektlarning bankrotligi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari
Download 40.5 Kb.
|
2 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2022 yildagi O‘RQ-763-son O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- Kuchga kirgan sanasi 13.04. 2023 17 bob 249 moddadan iborat. 6.1. Bankrotlik qonunchiligi va tushunchasi
Biznes subyektlarning bankrotligi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari. 2.1. Biznes subyektlarning bankrotligi. 2.2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 2.3. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari. BANKROTLIK Bankrotlik tushunchasi. Majburiy to‘lovlarni to‘lashga qodirsizlik tushunchasi. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik. Bankrotlikka oid sud jarayoni. Sanatsiya tushunchasi. Тashqi boshqaruv va kuzatuv tushunchasi hamda uni qo‘llash tartibi. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi tushunchasi. Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2022 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2022 yildagi O‘RQ-763-son O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda ma’qullangan. Kuchga kirgan sanasi 13.04. 2023 17 bob 249 moddadan iborat. 6.1. Bankrotlik qonunchiligi va tushunchasi Bankrotlik instituti xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi institutdir. O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuni birinchi marta 1994-yil 5-mayda qabul qilingan. Ushbu qonunning yangi tahriri Oliy Majlis tomonidan 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan va shu yil 1-noyabrdan kuchga kirgan. Bundan tashqari, 1999-yil 20-avgustda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasida ushbu qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirgi payt gacha (13.04. 2023) 2003-yil 24-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan mazkur qonun qo‘llanilgan. «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunning bir yo‘sinda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘¬jalik sudi plenumi tomonidan 1999-yil 16-iyulda «O‘zbekiston Respublikasi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomonidan bu borada o‘nga yaqin normativ hujjatlar ham qabul qilinib, tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Yangi tahrirdagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonun 1994-yildagi va 1998-yildagi qonunlardan sezilarli darajada o‘ziga xos qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan farqlanadi. Amaldagi qonun 192 moddadan iborat, 1998-yildagi qonun 133 moddadan tashkil topgan bo‘lsa, eski tahrirdagisi esa atigi 35 moddadan iborat edi. Bankrotlikning asosiy belgi¬lari o‘zgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbir¬korlarning nochorligi tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur o‘zgartirishlarni iqtisodiyotda ro‘y berayotgan islohotlar taqozo etmoqda. Shuning uchun bankrot¬lik instituti bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan har qanday mamlakat¬ning davlat huquqiy tuzilishining uzviy bo‘g‘ini ekanligi tabiiydir. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uni bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisba¬tan jami talablar eng kam ish haqining besh yuz barobarini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida o‘ttiz barobarini tashkil etadigan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomo¬nidan qo‘zg‘ati¬lishi mumkin. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan qarzdor, kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajaril¬magan hollarda murojaat etish huquqiga ega. Majburiy to‘lovlar majburiyati bajarilmaganligi natijasida esa ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vako¬latli organlar ega. Qarzdorda bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lsa, o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli. Shuningdek, qarzdor, tugatish komis¬siyasi yoki tugatuvchi xo‘jalik sudiga ariza berishga majbur bo‘lgan hollar mavjuddir. Unga ko‘ra, qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bir yoki bir necha kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan; qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan; qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yadi deb hisoblashga asos bo‘lgan holatlar shular jumlasiga kiradi. Тugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuri¬dik shaxs tugatilayot¬ganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkon¬sizligini aniqlaganda, qarzdorning arizasi bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishi shart. Ariza yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirilmay xo‘jalik sudiga yuborilishi kerak. Ariza ushbu muddatda taqdim etilmaganda, muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kredi¬torlar oldidagi pul majbu¬riyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi. Bankrotlik taomili qo‘llanilayotganda barcha kreditor¬larning manfaatlarini qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlarning yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi hal qiladi va qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakat¬larning hammasini amalga oshiradi. Тashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik sudlari tomonidan Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha va bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‘riladi. Sud boshqaruvchisi huquq va majburiyatlari doirasida faoliyat yuritishi lozim bo‘ladi. U tomonidan zimmasiga qonun bilan yuklangan vazifalarning qarzdorga yoki kredi¬torga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda bajarilganda yoki lozim darajada bajarilmaganda vazifasidan ozod etishga asos bo‘ladi. Bunda qarzdor, kreditorlar yetkazilgan zarar¬ning o‘rni qoplanishini talab qilishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solib borilishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, bankrot¬lik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar hududiy boshqarmalari o‘zlarining vakolatlari doirasida bu boradagi faoliyatni tartibga soladilar. Kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi boshqa¬ruv va tugatishga doir ish yuritish yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda amalga oshirila¬digan taomillar hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda esa, faqatgina kelishuv bitimi va tugatishga doir ish yuritish kabi taomillar qo‘llaniladi. Sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdor¬ni ixtiyoriy ravishda tugatish suddan tashqari bajariladigan taomillar jumlasiga kiradi. Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish yuritish qo‘zg‘atilgunga qadar amalga oshiriladi hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini, iqtiso¬diy jihatdan qodirligini tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratilib berilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari, boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulkining egasi bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lom¬lashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: •to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish; •ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish; •chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish; •xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; •qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliya¬tini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsati¬lishi; •qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim; •majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kredit¬larni qayta¬rishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish; •qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshi¬riladi va u o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha joriy etiladi. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling