Biznesni tadqiq etish


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208025
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

Сегментлаш тамойиллари 
Демографик 
Ҳолат 
Хулқ - атвор 


135 
sonini  aniqlash  zarurdir.  Bozor  sig’imini  o’rganish  asosida  ishlab  chiqarish 
quvvatlarini  shakllantirish  uchun  va  tovar  sotish  bo’yicha  taqsimlash  tarmog’i 
tuzilishi  uchun  asos  hisoblanuvchi  uning  o’sish  dinamikasi  baholanadi.  Shuni 
hisobga  olish  kerakki,  ya’ni  bozor  faoliyati  natijalarini  qo’llash,  bozorda  ishlash 
bog’liq  xarajatlarni  qoplab,  rejalashtirilgan  foydani  olishga  kafolat  berishi  kerak. 
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishni tadqiq etish raqobat darajasini o’rganish, 
mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan 
va  mavjud  tovarlarga  bo’lgan  segment  ehtiyoji  barqarorligi,  mavjud  xaridor 
ehtiyojlarini  qondiruvchi  mutlako  yangi  mahsulotni  bozorga  kiritish  zarurligi  va 
imkoniyatini  o’z  ichiga  oladi.  O’zlashtirayotgan  segment  maqsadlariga  erishish 
uchun  zarur  tashkilotning  maqsad  va  resurslarini  aniqlash  strategik  muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy 
maqsadlari  bilan  amalga  oshirish  hamda  shunga  mos  holda  maqsadli  bozorda 
ishlash  uchun  potentsial  imkoniyat  resurslarini  etarlimi  yoki  yo’qligini  o’rnatish 
uchun  zarurdir.  Buning  uchun  tavakkalchilikni  hisoblash  maqsadga  muvofiq. 
Tashkilotning  tavakkalchiligini  hisoblash  uchun  maxsus  marketing,  konsalting 
kompaniyalarini  taklif  qilish  mumkin.  Maqsadli  segmentlarni  tanlashda  quyidagi 
strategiyalardan  foydalanish  mumkin:    -  differentsiallanmagan  marketing 
strategiyasi; 
-  differentsiallangan  marketing  strategiyasi;  -  kontsentrlangan  marketing 
strategiyasi.  Amaliyot  shuni  ko’rsatadiki,  bozor  munosabatlari  tiklanishi  va 
shakllanishi 
davrida 
tadbirkorlik 
tuzilishida 
ko’plab 
korxonalar 
differentsiallanmagan  marketing  strategiyasini  saqlab  turdi.  Bu  strategiya 
firmaning 
xaridorlarni 
xarid 
jarayoni 
va 
tovarga 
munosabat 
hamda 
motivatsiyasidagi  turli-tumanlikka  emas,  balki  xaridor  ehtiyojlarida  qiziqish 
umumiyligini  ko’zlaydi.  Bunday  tovarlar  va  marketing  dasturlarini  ishlab  chiqish 
orqali  firma  o’z  maqsadiga  xaridorlarni  o’rtacha  massasini  qondirib  erishishi 
mumkin.  Strategiyadan  foydalanuvchi  firmalar  muvaffaqiyatining  muhim  omili 
standartlashtirish 
va 
tovar 
ishlab 
chiqarish 
umumiyligi 
hisoblanadi. 
Differentsiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda 


136 
kam  xarajatlarni  ta’minlaydi.  Biroq  X.Meffert  ta’kidlaganidek,  «bu  strategiya 
zamonaviy  marketing  tamoyillariga  qarama-qarshi  turadi».  Marketingning 
zamonaviy  kontseptsiyasida  ikkita  strategiya  ko’riladi:  differentsiallangan  va 
kontsentrlangan 
marketing 
strategiyasi. 
Differentsiallangan 
marketing 
strategiyasida  kichik  biznes  korxonasidan  uning  faoliyatini  bir  necha  segmentda 
ular  uchun  maxsus  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  va  marketing  dasturlari  bo’lishini 
talab  qiladi.  Bu  strategiya  xaridorlarning  motivlari  va  tushunchalariga  mos 
keluvchi  marketing  dasturi  va  xaridorlarga  mo’ljallangan  marketingning  asosiy 
tamoyiliga  mos  keladi.  Bu  strategiya  xaridorning  bozordagi  holatini  to’liq 
ifodalaydi,  shuning  uchun,  odatda,  yuqori  sotish  hajmi  va  kontsentrlangan 
marketing  strategiyasiga  nisbatan  kichik  tavakkalchilik  darajasini  ta’minlaydi. 
Differentsiallangan  marketing  strategiyasi  yuqori  investitsiya,  ishlab  chiqarish  va 
boshqarish  xarajatlarini  talab  qiladi,  shuning  uchun  u  yirik  korxonalar  uchun 
zarurdir. 
Mahsulot differentsiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. 
Bu  birinchi  navbatda  tovar  taqsimoti  diversifikatsiya  strategiyasini  olib  borishga 
asoslanadi. Kontsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foyda 
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tibor qaratishni talab etadi. Bu 
bozor  segmentiga  firma  bitta  yoki  bir  necha  mahsulot  bilan  hamda  maqsadli 
marketing  dasturi  bilan  yondashadi.  O’z  mazmuniga  ko’ra  bu  strategiya  bozor 
chuqurchasi kontseptsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash 
kerakki,  tovar  ushbu  firma  va  uning  etkazib  berish  imkoniyatlari  uchun  ko’proq 
mos  keluvchi  hisoblanadi.  Kontsentrlangan  marketing  strategiyasi  ko’proq  kichik 
va  o’rta korxonalarga  mos  keladi,  chunki  bozorning  barcha  segmentlarida  ishlash 
uchun etarli moliyaviy vositalar bo’lishi talab etilmaydi. 
 


137 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling