Bola tarbiyasida oilaning oʻrni haqida mutafakkirlar ta’limoti


Download 372.81 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi372.81 Kb.
#1550328

Bola tarbiyasida oilaning oʻrni haqida mutafakkirlar ta’limoti
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat oʻz ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g’oyani ilgari surgan edilar, Bu g’oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar.
Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar. Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qoʻpollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan boʻlishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh goʻdakni nazoratsiz tutish ulug’ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik oʻrtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn Faxriddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991).
Ibn Sino oilaviy tarbiya toʻg’risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning quyidagi soʻzlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini moʻtadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g’azablanishdan, qoʻrqish, xafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolani xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini koʻzdan uzoqlashtirishga doim tayyor boʻlib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog’idanoq xushhulq odam boʻlib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab boʻladi. Shuningdek, agar yomon hulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Ibn Sino oʻzining "Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalalariga bag’ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabatlarning deyarli hamma tomonlarini koʻrib chiqadi. U oila boshlig’i oldiga katta talablar qoʻyadi, u oilaviy tarbiyani ham amaliy, ham nazariy tomondan yaxshi bilish zarurligini uqtiradi.
Bu belgilarga koʻra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. Tarbiyachilarga oila turlarini bilish va u bilan oʻziga xos holda ishlash va munosabatda boʻlish uchun zarur. Oila turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida koʻrsatilgan.
Birinchi turi. Tinch oilalar mehnat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtrok etayotgan koʻpchilik oilalar kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va bolalar oʻrtasida ma’naviy yaqinlik, aqlli va me’yordagi talablar bolaning ijtimoiy munosabati me’yorlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi xosdir.
Ikkinchi turi, Yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga oila a’zolari tomonidan bolalarga qoʻyiladigan talablar bir xilda boʻlmasdan, stixiyali tarzda boʻladi. Bunda bolanig imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti notoʻg’ri tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari bilan ish yuritish shakllari
Bola uchun oila ham ijtimoiy tajriba manbai hisoblanadi. Bu erda u namuna topadi, bu erda uning ijtimoiy tug’ilishi sodir boʻladi. Va agar biz ma’naviy sog’lom avlodni tarbiyalamoqchi boʻlsak, bu muammoni "butun dunyo bilan" hal qilishimiz kerak.
Mamlakatimizda uzoq yillardan buyon rasman amalga oshirilayotgan ta’limni oiladan davlatga aylantirish siyosati oʻtmishga aylanib bormoqda. Shunga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan ishlashdagi pozitsiyasi ham oʻzgarmoqda. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi nafaqat bolaga ta’lim beradi, balki ota-onalarga bolalarni tarbiyalash masalalari boʻyicha maslahat beradi. Maktabgacha tarbiyachi nafaqat bolalarning oʻqituvchisi, balki ularni tarbiyalashda ota-onalarning hamkori hisoblanadi.
Download 372.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling