Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli. Reja: Jаmоа tushunchаsi. O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri. O‘quvchilar jаmоаsining rivоjlаnish dаrаjаsi vа bоsqichlаri


Download 16.56 Kb.
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi16.56 Kb.
#1685224
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari-muhaz.org


1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari

Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli.
Reja: 1. Jаmоа tushunchаsi. 2. O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri. 3. O‘quvchilar jаmоаsining rivоjlаnish dаrаjаsi vа bоsqichlаri. 4. O‘quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri.
1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlariHar bir tashkilotda rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud. Ular tashkilot rivojlanishi va saqmaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Guruh- ikki yoki undan ortiq kishilarning biror maqsad yoki vazifasini amalga oshirish yo’lida birlashishi yoki o’zaro kelishuv, bir-birini tushunish.
Biz guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo’lamiz. Rasmiy guruhlar tashkilot rahbarlari tomonidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish yo’lida tuziladi. Ular rasmiy tashkilotning bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Rasmioy guruhlarda vazifalar ishtirokchilar orasida taqsimlanadi. Rasmiy guruhlarning 3 ko’rinishi mavjud:
Vertikal guruh menejer va uning bo’y sunuvchilari tomonidan tuziladi. Bu guruh ko’rinishi ba’zan funksional guruh deb ham nomlanadi.
Gorizontal guruh ishchilar tomonidan tashkilotning faqat bir bo’g’inida tuziladi. Bunday guruhlar tashkilotning turli bo’lim ishchilar tomonidan ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun tuziladi. Vazifa bajarilgandan so’ng bu guruh tarqatib yuborilishi ham mumkin.
Ishchi guruh yangi mahsulot yaratish yoki institutda yangi kitob yozish uchun tuziladigan guruhdir. Biz bularga misol qilib Yaponiya sifat to’garaklarini aytishimiz mumkin. Bunday guruhlar tashkilotda bir nechta bo’lishi ham mumkin.
Qo’mita- ba’zi bir tashkilotlarda bu maslahat kengashi, maqsadli guruh ham, deb nomlanadi.
Jamoa va unga qo'yilgan talablar haqida so'z ketar ekan, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ularning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug'ilishi tabiiy.

Download 16.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling