Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi, maqsad va vazifalari


Download 1.39 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.39 Mb.
#241649
Bog'liq
1-mavzu. Dushamova Manzura (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA

TA’LIM VAZIRLIGI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOT LARI RAHBAR VA

MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TABIAT VA UNI O’QITISH METODIKASI

MAVZU: “ BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI , MAQSAD VA VAZIFALARI”



BAJARDI: 19-guruh tinglovchisi Dushamova Manzura

Qabul qildi: : Muhammadiyeva Xadicha

2021

Reja

  1. Bolalarga tabiat haqida ma’lumot berish .

  2. Tabiat va uning insonlar hayotidagi ahamiyati.

  3. Tabiat hodisalari haqida bolalarga tushuncha berish

  4. Tabiat hodisalari haqida topishmoqlar



Tabiat : O‘simliklar dunyosi va hayvonot olami kabi turfa ranglarda bo’ladi. U bolajonlarimizni to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.


Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir:

1.Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. 2.Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.


Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yoruhlik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir.


Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta‘minlashda ekologik ta‘lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta‘lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan Yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma‘naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.

Tabiatga muhabbat - juda keng ma’noli so’zdir. U yuksak ruhiy va aqliy bilimlarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M. Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o‘zi yashab turgan mahalliy o‘lka va O‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, unga ko‘ngil qo‘yish ishtiyoqi o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu tuyg‘u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.



Bolalar tabiat hodisalarini to‘gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo‘naltirish zarur.

Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil obyektlarning rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.

Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar va o‘simliklarni qanday kuzatishni ko‘rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko‘rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur. Tabiiy hodisalar ob-havoni mavsumiy o'zgarishlari bilan tavsiflaydi. Har bir mavsum o'ziga xos tadbirlar to'plami bilan ajralib turadi. Masalan, bahorda quyidagi qor erishi, toshqin, momaqaldiroq, bulutlar, shamol, yomg'ir kuzatiladi. Yozda, quyosh sayyoraga mo'l-ko'l issiqlik beradi, bu vaqtda tabiiy jarayonlar eng maqbuldir: bulutlar, iliq shamol, yomg'ir va albatta kamalak; ammo jiddiy bo'lishi mumkin: momaqaldiroq, do'l. Kuzda ular o'zgaradi, harorat pasayadi, kunlar bulutli bo'ladi, yomg'ir yog'adi. Ushbu davrda quyidagi hodisalar ustunlik qiladi: tuman, barglarning tushishi, hofor va birinchi qor. Qishda o'simlik dunyosi uxlab qoladi, ba'zi hayvonlar uyquga ketishadi. Eng tez-tez uchraydigan tabiiy hodisalar: muzlash, bo'ron, bo'ron, qor, derazalarda paydo bo'ladi . Ushbu voqealarning barchasi biz uchun odatiy holdir.



Topishmoq

1).Ko`zga ko`rinmas, Qo`lga tutilmas.

2).Oyogi yo`q, qochadi,Qanoti yo`q, uchadi. {havo}

3).Yorug`i bor, Dovrug`i bor, O`zi yo`q, Ovozi bor.

4).G`uv-g`uv etib keladir,


Orqasidan qopa qush
Uchib suv yuboradir, nima? { yashin , momoqaldiroq}

Xulosa


Xulosa o’rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, tabiat va inson o’zaro chambarchas bog’liqdir. Tabiat va uning ne’matlari bizning ehtiyojlarimiz uchun doim xizmat qiladi. Bolajonlarimizga tabiat va inson tushunchalarini bir biridan ayro qilmagan holda tushuntirish va tabiat hodisalarini o’z holicha qabul qilishni o’rgatish ayni muddaodir. Yomg’ir, qor, tuman, shamol kabi tabiat tabiiy hodisalari kelib chiqish sabablari albatta ular uchun ham judayam qiziqdir. Har bir o’tilgan , o’rganilgan narsani mustahkamlash uchun qo’shiq, she’r yoki topishmoqlardan foydalanilsa, kutilgan natijaga albatta yetiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. M. Umarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008.



  1. SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasi- T.: 2013 yil “Fan va texnologiya”

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling