Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallashning axamiyati


Download 27.32 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1567786
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallashning axamiyati

Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallashning axamiyati





Reja:



1. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari
2. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi


Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari


Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» tushunchasi, eshitish va intellekti normada bo‘lgan bolalarda barcha nutq kamponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligiga nisbatan qo‘llaniladi.
«Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.»
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi.
Biroq pedagog-logoped uchun kim bilan ishlashi, to‘liq rivojlanmaganlik qay yo‘sinda paydo bo‘lgani, nutq rivojlanishi tempiga qo‘shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki yo‘qligi va boshqa omillarning qanday ta’sir etishi ma’lum ahamiyatga ega.
Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin.
Nutq ma’lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi. Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarning o‘zigina Etarli emas, u bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti Etakchi ahamiyatga egadir. Muloqot extiyoji bolaning atrofdagi odamlar bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastlabki ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi tassurotlarga extiyoji negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika, predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi.
Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi – muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi.
Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo‘yish deprivatsion vaziyat sifatida o‘rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agar bu vaziyat uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.
Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bunda bola tug‘ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish, erkalash, yaxshi ko‘rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko‘pincha otaonalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo‘q oilalarda, bola tug‘ilishi bilan tarbiyaga sust qaraladigan bolalar uyida tarbiyalanishi oqibatida vujudga keladi.
L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning Etakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko‘p doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan Etilishi shunchalik tez sodir bo‘ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi hali to‘liq o‘rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborot oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik holatiga mos ravishda bo‘lishini hisobga olish lozim, chunki har qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari. Bolaning ona qornida rivojlanishi, tug‘ruq (tug‘ruq travmasi, asfiksiya) va hayotining dastlabki yillarida
kuzatiladi. Bu belgilar turli xil ko‘ruv, eshituv va hokazo nuqsonlar bilan uyg‘unlashib kelishi mumkin. Bunday bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligi harakat qo‘zg‘aluvchanligi, affektiv qo‘zg‘aluvchanlik va haddan tashqari past aqliy ish qobiliyati sindromlari bilan uyg‘unlashadi. Bunday bolalarni erta aniqlash, ularni ichkilikboz ota – onalaridan ajratish tibbiy, tarbiyaviy va logopedik ishni to‘g‘ri tashkil qilish bolalardagi nutqiy va intellektual rivojlanmaganlikni oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.
Bola miyasining nutq zonalariga zararli omilning nutq shakllanib bo‘lganidan so‘ng ta’sir ko‘rsatishi hollarida afaziya yuzaga kelishi mumkin.
Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to‘liq rivojlanmaganligining yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o‘rin tutadi. Bunday hollarda nutqiy nuqson hatto ahamiyatsiz tuyulgan zararli omillar ta’siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, nutq to‘liq rivojlanmaganligini keltirib chiqaruvchi etologik omillarning murakkabligi va ko‘p shaklliligi haqida umumiy xulosaga kelish mumkin.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to‘liq rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega.
Jarohatlanish vaqtiga bog‘liq ravishda homiladorlik patologiyasi, tug‘ruq travmasi bilan (miyaning intranatal jarohatlanishi) bog‘liq markaziy nerv tizimi buzilishlari va bola tug‘ilganidan so‘ng infeksiyalar va travmalar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi postnatal zararlanishlarga ajratiladi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasida perinatal ensefalopatiya-homiladorlik davri singari tug‘ruq davrida ham zararli omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keluvchi miya zararlanishi, alohida o‘rin tutadi.
Agar perinatal ensefalopatiyaning sababi miyaning bachadon gipoksiyasi va tug‘ruq asfiksiyasi hisobiga kislorod bilan tuyinmaganligi bo‘lsa, u gipoksik ensefalopatiya deb; agar mexanik tug‘ma shikastlanish bo‘lsa – travmatik ensefalopatiya deb; agar ikkala omil birgalikda kelsa – gipoksis-travmatik ensefalopatiya deb ataladi. Agarda miyaning shikastlanishi ona va bola qoni rezus –omili yoki guruhi to‘g‘ri kelmaganligi hisobiga markaziy nerv tizimining toksik zararlanishi tufayli bo‘lsa – bu bilirubin ensefalopatiya deb ataladi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligi, odatda miyaning rezidual – organik zararlanishi oqibati hisoblanadi. Uni nerv-psixik kasalliklarda uchraydigan (yepilepsiya, shizafreniya va boshqalar) nutq rivojlanishi buzilishlaridan farqlash lozim.
Markaziy nerv tizimining rezidual-organik jarohatlanishida ikki asosiy turdagi buzilishlar ajratiladi: dizontogenetik-ma’lum strukturalar va fiziologik tizimning rivojlanmaganligi yoki ular shakllanishining muddatidan orqada qolishi oqibati sifatidagi buzilish: bunday buzilishlarga nutqning to‘liq rivojlanmaganligi misol bo‘la oladi; ensefalopatik-markaziy nerv tizimi u yoki bu tuzilishining zararlanishi oqibati sifatidagi buzilish, bu buzilishlarga nutqiy va harakat kamchiliklari, shuningdek boshqa kamchiliklar, masalan, dizartriya, bolalar tserebral falaji, gidrotsefaliya va boshqalar misol bo‘la oladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining klinik ko‘rinishlari. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko‘rinishlari mavjudligini ko‘rsatdi.

Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling