Boshlang`ich sinfda grammatika, imlo va nutq o`stirish dasturi


Download 69.87 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi69.87 Kb.
#148075
Bog'liq
1-amaliy mashgulot (3)


BOSHLANG`ICH SINFDA GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O`STIRISH DASTURI.
1-amaliy mashg’ulot.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang’ich ta’limda ona tilini o’rgatish mazmuniga tavsifnoma.1-,2-, 3-, 4-sinfda "Tovushlar va harflar"bo`limidagi mavzularni o`rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning rejasi va dars ishlanmasini tuzish.
Reja:

  1. Boshlang’ich sinf ona tilini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Ona tili materiallarini o’rganishda ona tili bo’limining o’zaro munosabatlari.

  3. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishning asosiy vazifalari.

  4. Boshlang’ich sinflarda ona tili dasturlarining tuzilishi va mazmuni haqida savol-javob uyushirish.

  5. Tovushlar va harflar bo’limidagi mavzularni o’tish bo’yicha DTS va dastur mazmuni va talablari ustida ishlash.

  6. 1-sinflarda Tovushlar va harflar bo’limini o’rganish bo’yicha nazariy-metodik savol-javoblar.


4-sinf ona tili kitobining takrorlash bo’limida berilgan 396-mashqni quyidagicha tahlil qiling.

1. Umrning hamma soatlarini foydali va sog’liqqa muvofiq mashg‘ulotlar bilan to‘ldiring. ( “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.) 2. Bobo, siz qushlarning ovozini qanday qilib ajratasiz? (H. Nazir.) 3. Birdaniga qamishzordan shuv etib o‘rdak uchib chiqdi. 4.To’lqin, bu masalani kechqurun yig’ilishda gaplashib olamiz. (E. Usmonov.) 5. Zafar, sen samokatingni katta ko‘chaga olib chiqma! (P. Qodirov.) 6. Sherzod, Chimyonda pishirgan kaklik sho'rvamiz esingizdami? (P. Qodirov.)

1-topshiriq. Birinchi gapdagi soatlarni so’zini tovush jihatidan tahlil qiling.

Ikinchi gapdagi so’zlar sonini aniqlang. Otlarni ajrating va so’roq bering.

Birinchi gapdagi foydali so’zini so’z tarkibi bo’yicha tahlil qiling.

2-topshiriq. To’rtinchi gapdagi har bir so’zni alohida bo’g’inlarga ajratib o’qing.

3-topshiriq. Shu gapni o’z ohangida o’qing. Aloqa vositasi sifatida qanday vazifa bajarganini ayting.



401-mashq. Gaplarni o‘qing. Har bir gapdagi o‘zaro bog'langan so‘zlarni so'roqlar yordamida namunadagidek aniqlang.

Namuna: Bo‘zsuv Chirchiq daryosldan boshlanadi. (P. Qo­dirov.) N i m a boshlanadi? Bo’zsuv boshlanadi. Bo‘zsuv n i m a qiladi? — Bo‘zsuv


boshlanadi



Qayerdan boshlanadi? — Chirchiq daryosidan boshlanadi.

1.Birpasda bolalar atrofimni o‘rab olishdi. (P. Qodirov.) 2.Siz bolalarga zarur maslahatlarni berib turing. 3. Siz Zafarjonni shifokorga ko‘rsating. (P. Qodirov.) 4. —Dada, bulut ortiga

Quyosh nega berkinar?

Yuz yuvmagan boladan

Uyaladi, Erkinoy. (T. Adashboyev.)

Ajralib ko'rsatilgan so‘zlar nima uchun boshqa so‘zlar bilan o’zaro bog'langan? Ular nima deb nomlanadi?

Topshiriqlar.

1-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmuni haqida qisqacha topshiriq yozing.

2-topshiriq. Tilni o’rganish jarayonida umumdidaktik ko’nikmalar bilan bog’liq bo’lgan maxsus ko’nikmalarni bayon qiling.

3-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda fonetika va morfologiyadan beriladigan bilimlar va ko’nikmalarni aniqlang.

4-topshiriq. Sintaksisdan beriladigan bilimlarniko’lamiga diqqat qiling.

5-topshiriq. Boshlang’ich sinflar 1-4-sinflarda tilning barcha tomonlari hisobga olib tuzilganligini asoslab bering.

6-topshiriq. DTSda berilgan boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limining maqsad va vazifalarini ko’chirib oling.

7-topshiriq. Boshlang’ich sinfda ona tili darslariga qo’yilgan talablarni yozing/

8-topshiriq. Ona tili darslarining qanday turlari(tiplari) bor va ular qanday nomlanadi?
Mavzu: So‘z manosi

Darsning maqsadi: so'zlarni ifoda etayotgan ma’nosiga ko‘ra farqlashga, nutqida so‘zlarni o‘rinli qo‘llashga, so‘zlarning narsa va shaxs, harakat, belgi, miqdor ma’nosini bildirishini o‘rgatish, ularni so‘roq berish orqali farqlashga o‘rgatish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.

Dars metodi: induktiv metod.

Dars jihozi: narsa va biror kasb egalari rasmlari.

Darsning borishi.



Tashkiliy qism.

  1. Kasb egalari va ularning vazifalari haqida suhbat: Bu kim? (rasm ko‘rsatiladi). Muallim nima qiladi? so‘roqlariga o‘quvchilarning bergan javoblari xattaxtaga yozib boriladi:

Bu — muallim. Muallim o‘qitadi.

Muallim so‘ziga so‘roq bering. (kim?) Muallim so‘zi nimani bildiradi? (Insonni bildiradi). O’qitadi so‘ziga qaysi so‘roq beriladi? (Nima qiladi?). O’qitadi so‘zi nimani bildiradi? O’quvchilar javob bera olmasa, o‘qituvchi javob beradi: o’qitadi — harakatni bildiradi.

O’quvchi necha soat o‘qiydi? savoliga bergan javoblari asosida to‘rt (4) so‘ziga necha? so‘rog‘i berilishi, u miq­dor ma’nosini anglatishi, qanday? (qiz) so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z esa suhbat yo‘li bilan belgi ma’nosini bildirishi tushuntiriladi.,

Tildagi so‘zlar har xil ma’nolarni bildiradi. Narsa va shaxsni, harakatni, miqdorni, belgini bildirar ekan.

So‘z ma’nosini tushuntirishni quyidagicha usulda uyushtirish mumkin.



Bolalar, bir kuni odamlar tildagi barcha so‘zlarni bir joyga to’plamoqchi bo’libdilar. «Qani, biz ham so‘zlarni bir joyga to‘playlik-chi». Bolalar aytgan so‘zlar xattaxtaga yozib boriladi:

ona, ota, o‘qitadi, tarbiyalaydi,

qalam, daftar, olma, keldi, oldi,

ikkita, chiroyli, odobli, beshta, quyosh, o‘qituvchi, o‘quvchi...

Siz aytgan so‘zlar juda ko‘payib ketdi. Endi o‘ylang, so‘z to’plamoqchi bo’lgan odamlar sizdan ham ko’p, ular aytgan so‘zlar juda ko‘payib ketgan. Shunda ular barcha so‘zlarni bir joyga to‘plab sig‘dirish, ularning ma’nosini ham o’zlashtirish qiyinligini sezishibdi. So‘ng so‘zlarni ma’nolari va so’roqlariga qarab guruhlay boshlabdilar. To’plangan so‘zlarni kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlari asosida guruhlashibdi.

Shundan so‘ng so‘zlar so‘roqlar yordamida aniqlanadi.

O’ylang, kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi ma’noni bildiryapti? (O’quvchilar: narsani bildiryapti.) Qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar-chi? kabi so‘roqlar bilan har bir so‘zlar guruhiga nom berib chiqiladi (belgini bildirgan so‘zlar, harakatni bildirgan so‘zlar, miqdorni bildirgan so‘zlar...)

  1. 89-mashq orqali o’quvchilar so‘z ma’nosini, so‘roq berish orqali nimani bildirayotganini yana yaxshiroq o’zlashtiradilar. Bunda rasm nomlarini aytib, unga mos harakat bildirgan so’zni tanlaydilar: Baliq suzadi. Qushcha uchadi. O’quvchi o’qiydi. Toychoq kishnaydi gaplarini daftarlariga yozadilar. So‘roqlarga javob beradilar. — Nima? suzadi — baliq. Baliq nima qiladi? —suzadi. Nima? ucha­diqushcha. Qushcha nima qiladi? — uchadi.

So’roq orqali topgan har bir so‘zning nimani bildirayotganini topadi: qushcha, baliq — narsani, uchadi, suza­di — harakatni bildiradi.

Qushcha yana nima qiladi? so‘rog‘i orqali harakat bildirgan so‘zlar o‘quvchilarga toptiriladi; sayraydi, qo‘nadi, yuradi, qanot qoqadi, chug‘urlaydi. Ularga so‘roq beradilar. Qushlar nomini ayting: bulbul, chumchuq. Ular qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? — nima? Keyingi gaplar ustida ham ish shu tarzda davom ettiriladi.

  1. 90-mashq. O’quvchilar birikmalarni o‘qiydilar, ajratilgan so‘zlarga so‘roq berish orqali ularning ma’nosi­ni aniqlaydilar: shirin — maza ma’nosini, sariq — ranq ma’nosini (beldi bildiryapti), beshta — miqdor ma’nosini bildiryapti.

O’quvchilarning nutqini o‘stirish maqsadida birikmalar turdiriladi:

Qanday? gul — qizil gul, oq gul...

Shakli qanday? olma — dumaloq olma; nechta? olma — to‘rtta olma.

So’zlar nimalarni bildiradi? so‘rog‘i asosida xulosa chiqariladi; So‘zlar shaxsni, narsani, belgini, harakatni, miqdorni (sanoq va tartibni) bildiradi.

So‘ng darslikdagi qoidani o‘qiydilar.

  1. 91-mashq shartiga ko‘ra bajariladi. O’quvchilar daftarlarida so‘roqlarga mos so‘zlarni ustun shaklida yozadilar. Xattaxtaga jadval chizib qo‘yiladi.

Kim?

Nima?

Nima qildi?

Qanday?

Nechta?

Qayer?

Gulsara

ko‘za

soch

bodom

keldi

ochildi

uxladi

qizil

katta

shirin

o’n yetti

Toshkent

Qarshi


O’quvchilar so‘zlar narsa, shaxs (inson), harakat, belgi, sanoq bildirayotganini aytadilar.

Toshkent—Tosh shahri tarzida ham ma’no izohlashga o‘quvchilar diqqati jalb etiladi.

So‘zga so‘roqni to‘g‘ri bergan o‘quvchi shu so‘zning ma’nosini aytadi va xattaxtadagi jadvalni davom ettiradi.

  1. Ta’limiy o‘yin. O’quvchilarga o‘yin qoidasi tushuntiriladi: Men narsalarning rasmlarini ko‘rsataman. Siz uning nomini aytasiz va so‘roq berasiz. So’ng shu narsaga xos belgini, harakatni aytasiz.

Sabzi — nima?

Sabzi nima qiladi? — o’sadi, kavlanadi, yeyiladi.

  • Qanday? sabzi — qizil sabzi.

  • Nechta? sabziikkita sabzi.

Ba’zi so‘zlarga so‘roq berish talab etiladi.

Sabzi so‘ziga so‘roq bering. (nima?)

O’sadi so‘ziga so‘roq bering (nima qiladi?) kabi.

6. 92-mashq uyga beriladi.

  1. Darsda o‘rganilganlar so‘roqlar yordamida umumlashtiriladi: So‘zlar qanday ma’nolarni bildiradi? So‘zlarning ma’nosini qanday aniqlaymiz? (so‘roq berib aniqlaymiz). O’quvchilar javobi to‘ldirilib, dars yakunlanadi.

  2. O’quvchilarni rag‘batlantirish.

Download 69.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling