Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot


Download 10.53 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi10.53 Kb.
#1458986
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Grammatika haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org


Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot

Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot.

GRAMMATIKA so’zi grekcha so’z bo’lib, o’qish va yozish degan ma’noni anglatadi. Grammatika so’zlarning gapda o’zgarishi va o’zaro birikib,gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to’plami hisoblanadi.

Morfologiya


Sintaksis
Grammatika

Grammatika haqida ma'lumot

1.Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo'lib, morfologiya va sintaksisdan iboratdir.

2.Morfologiya so'zlarning grammatik ma'nolarini va shu ma'nolarni ifodalovchi grammatik shakllarni o'rganuvchi bo'limdir.

3.Morfologiya atamasi grekcha morfe (shakl) va logos (so'z, fan) so'zlaridan paydo bo'lgan.

4.Sintaksisda so'z birikmalari, gap va uning turlari o'rganiladi.

5.Grammatika atamasi grekcha grammatike so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "o'qish va yozish haqidagi bilim" degan ma'noni bildiradi.

Tilimizdagi so’zlarning ayrimlari ham leksik, ham grammatik ma’noni anglatadi. Tilimizdagi so’zlarning ko’pchiligi atash ma’nosiga ega. Masalan, qalam so’zining atash ma’nosi “yozuv quroli”, sariq so’zining atash ma’nosi “rang”, olti so’zining atash ma’nosi “miqdor nomi”, bormoq so’zining atash ma’nosi “bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga tomon harakatlanmoq”, bugun so’zining atash ma’nosi “nutq so’zlanib turgan kun”kabi ma’nolaridir.

Masalan, qalam so’zi nima? Degan so’roqqa javob bo’lib, ma’lum bir so’zlar guruhiga kiradi, birlik, kelishik ma’nolariga ega, gap ichida ma’lum bir vazifani bajaradi: Qalam (ega) topildi.Demak, so’zlarning qaysi guruhga mansubligi, shu guruh uchun umumiy bo’lgan turli ma’nolar va shu so’zning gap ichida ma’lumvazifa bajarishi grammatik ma’no deyiladi. Yuqoridagi qalam so’zi shaklida birlik va bosh kelishik ma’nolarini ifodalayapti.Demak har bir grammatik ma’no uchun mos shakl mavjud ekan. Ana shu shakllar grammatik shakl deb yurutiladi.


Download 10.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling