Boshlash Ushbu darsda siz Python
Download 17.37 Kb.
|
Sinf ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- import
- Play with it!
- Eslatma
Boshlash Ushbu darsda siz Python tilida kodni tahrirlash va yozishni amalga oshirasiz. Siz buni ishchi maydonida, pastdagi katta kulrang oynada bajarasiz. Ishchi maydonining o‘ng tarafida editor(muharrir) mavjud, unda kod yozasiz. O‘ng tarafida esa kod nima ishni amalga oshirishini ko‘rasiz. Run tugmasi ishchi maydoniga kodni ishga tushirishni buyuradi. Boshlab olish uchun, ushbu kodni ishchi maydonning chap tarafiga ko‘chirib joylang: import turtle fred = turtle.Turtle() fred.color("red") fred.forward(100) fred.right(135) fred.forward(140) fred.right(135) fred.forward(100) Ushbu kod nimani anglatishi haqida biror fikrga ega bo‘lmasangiz kerak, hammasi joyida. Keyingi bir necha sahifalarda uning qanday ishlashini bilish uchun u bilan tajriba o‘tkazasiz. Ishchi maydonga joylagach, Run tugmasini bosing. Siz yuqorida joylagan kodlar qatori dastur — kompyuter bajarishi kerak bo‘lgan ko‘rsatmalar to‘plami. Ushbu holatda, dastur kompyuterga ekranda uchburchak chizishni buyurmoqda. Lug‘at so‘z: Dastur bu kompyuter uchun ko‘rsatmalar to‘plamidir. Dastur kod satrlaridan tashkil topadi. Har bir satr kompyuterga ushbu ko‘rsatmalarning ma’lum bir tafsilotini aytib beradi. Ushbu darsda, siz turtlega turli xil shakl va naqshlar yaratishga ko‘rsatma beruvchi dasturni yozasiz. Turtleni oldinga, orqaga, chapga va o‘ngga kabi buyruqlarga amal qilib, ekranda turli chiziqlar chiza oladigan xayoliy robot deb tasavvur qilishingiz mumkin (nega "turtles" deb nomlanganligini tez orada tushuntiramiz). Play with it! Siz yuqoridagi kod ko‘rsatmalarini o‘zgartirishingiz mumkin. Kod bilan tajriba o‘tkazish uning qanday ishlashini bilib olish uchun juda yaxshi usul. Sonlarni o‘zgartirib ko‘ring. Ko‘chirish va joylash orqali ba’zi kodlar nusxasini yarating! Kod nimani amalga oshirishini bilish uchun, doimo, Run buyrug‘ini bosing. Bunda xato qila olmaysiz — xato xabari chiqqan holda, Undo buyrug‘i (Windowsda Ctrl+Z, Macda ⌘Z ) orqali tahrirlashni qaytarishingiz mumkin. Siz xohlagancha orqaga, to kodning boshlang‘ich holatigacha tahrirni qaytarishingiz mumkin. Eslatma: Agar editor (muharrir) tanlanmasa, "Ortga qaytarish" buyrug‘i ishlamaydi. Shuning uchun, "Ortga qaytarish" buyrug‘i ishlamayotganga o‘xshasa, avvalo, muharrirni bosganingizga ishonch hosil qiling (ish joyining chap tomonida). Download 17.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling