Boshlong‘UCh yo‘sunida bir-ikki so‘Z


Download 306.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi306.5 Kb.
#228455
Bog'liq
samariya lotin


BOShLONG‘UCh YO‘SUNIDA BIR-IKKI SO‘Z

Samarqandning tabiiy ko‘runishi, tarixiy ahvoli va eski asarlarning bayonida bo‘lg‘on forscha «Samariya» kitobi xijriy 1260-1265 (1844-1848) yillari o rolla r id a yozilg‘ondur. Muning yozg‘uchisi samarqanddiq qozi Abu Sa’idxojaning o‘g‘li muftiy Abu Tohirxoja bo‘lub, Samarqand fazl egalarining keyingi bo‘g‘unlaridan sanalar edi.

Ushbu kitob yosh yozg‘uchilarimizdan bo‘lg‘on tarix va osori atiqachi marhum Abd ul-Mo‘min Sattoriy tomonidan 1921 yilda o‘zbekchaga o‘gurulgan va bir bo‘lagi «Inqilob» jurnali orqali torqolg‘on bo‘lsa ham qolomisi oqorturul-mayin musavvada holicha qolg‘on edi. O‘zbekiston maorif komissarlig‘i oldidagi ilmiy markazning o‘zbek komitasi ushbu kitobning ahamiyatini o‘lchab vorislaridan sotib oldi va qayta boshdan ishlab chiqishni menga buyurdi. Men qo‘lumg‘a tushgan forscha bosilg‘on «Samariya» nusxasi bilan Sattoriy tarjumasini solishtirib ko‘rdum, aslig‘a mos kelmagan yerlarini tuzatdim. Sattoriy tomonidan qo‘shilg‘on ma’lumotlarni o‘z imzosi bilan hoshiyag‘a ko‘churdim. Sattoriy tarjumasida bo‘lub menim qo‘lumdag‘i « Samariya »da bo‘lmag‘on, lekin «Samariya»ning boshqa biron nusxasidan oling‘oni bilinub turg‘on ma’lumotlarni ikki yoy chizg‘isi (xatti qavsayn) arosida olib o‘z yerida qoldurdim. Kitobning asl mafhumini onglatishga zarar kelturmayturg‘on yerlarda Sattoriy uslubidan bir namuna bo‘lsun deb oning ta’birlarini buzmadim.

Kitobning aslida va Sattoriy tomonidan qo‘shilg‘on ma’lumotlar va izohg‘a mo‘htoj ko‘ringan narsalarni hoshiyada izoh qildim. Qo‘limdag‘i sanadlarg‘a ko‘ra yonglish gumon qilg‘onlarimni dalil ko‘rsatib hoshiyada isloh qildim va ba’zi yerlarda o‘z mutolaa va mulohazalarimni ham qayd etdim. Bu ishlarning natijasida kitobning asliga ko‘ra ellik foyizga yaqin bir narsa hoshiyada yozildi.

"SAMARIYa"NING AHAMIYaTI

O‘rta Osiyoning bir vaqtlar ko‘bchilik musulmon Osiyosining madaniyati va sayosat markazi bo‘lub o‘tgan va chindan «Samarqandi firdavsmonand» sifatig‘a arziyturg‘on bir yo‘sinda bezangan Samarqand keyingi zamonlarda buzulub quruq bir cho‘lra aylangan edi. Mong‘it amirlarining birinchisi bo‘lg‘on Rahimxon Samarqand muzofotini qo‘lg‘a kirguzamen deb kelganda (h.1166/1752) yil boshlarida) Samarqand shahrida jon egasi yo‘q edi, hatto Rabota Xojabandiy to‘g‘oni buzulg‘on va Samarkand suvdan mahrum qolg‘on edi. Rahimxon ushbu safarida (h.1166 y. jumod as-soniy oyinda) Rabota Xojabandiyni tuzatib Samarqandg‘a suv oqizg‘on bo‘lsa ham odam yo‘qlig‘idan obod bo‘lmadi.

Samaqandning hozirdag‘i obodonlig‘i h.1195/1780 yili, ya’ni Shomurodbiyning bekligidan boshlong‘on bo‘lub, 1215/ 1809 yilda, ya’ni Shomurod hukumataning oxirgi yilida bir shahar yusunig‘a kirguzildi. Ushbu yilda Shomurod Samarkand shahrida 24 guzar (mahalla) bino qilib O‘ratepa, Hovas, Zomin va boshqa yoqlardan ko‘churulub ketarilgan (Oq uyli7 etilgan) kshpilarni shu guzarlarda o‘rnashdurdi. Samarqand Chorsusidag‘i toq, Poyqavoq, Shohizinda, Qalandarxona va So‘zangaron darvozalari ushbu tarixda imorat qilindilar. (Keyingi voqia Xamuliy tarixidan olindi).

«Samariya» egasi Abu Tohirxoja mana shunday xarobaliq natijasinda buzulub yo‘kolayozgan eski asarlarni va qabr toshlarini tekshirib va surishtirib ushbu kitobni yozg‘on. Agar bu odam shuncha g‘ayrat qilmag‘on bo‘lsa edi, yana ko‘b eski asarlardan bizga ma’lumot yetashmas edi. Demak, Abu Tohirxoja biz uchun juda qimmatli bir yodgor qoldirg‘on ekan. Mana shunday bir kitob, albatta, muhim bo‘lsa kerak.

SADRIDDIN AYNIY 29 mart, 1926 yil, Samarqand

MUQADDIMA

ShAFQATLI VA MARHAMATLI TANGRI NOMI BILAN!

Dunyo Egasi Tangriga hamd va har bir narsani oqibat parhezkor va taqvodorlar uning (tangrining) yaxshi xalqi Muhammad va uning avlod hamda ashoblariga salot va salomlar bo‘lsin. So‘ng fazilatli va yetuklikni kasb ettan ezguliklar majmai va yaxshiliklarning manbai, ya’ni aqliy va naqliy ilmlar mushkillarini hal etuvchi va hanifiy mazhabiga ziyo bag‘ishlovchi chirog‘i mo‘‘jaz, va muxtasar bo‘lganlar tafsilotni atroflicha anglatuvchi, kam ahamiyatli ishlarni xuttom beruvchi, qasida va g‘azallar javohirotining sarrofi, nazm va inshoda yagona, Payg‘ambar avlodining xulosasi va ta’rif -tavsifini bayon qilishga hojati yo‘q [mullo] Mir Abu Tohirxoja Samarqandiyning ta’lifotidandir.

Ushbu kitob Samarqand shahrining bino qilinishi bu ot [Samarqand] deb atalishining sababi, havosining xosiyati, yerining tuzilishi, tog‘lari, g‘orlari, buloqlari, masjid va madrasalari, qabr va mozorlari alomatlariii belgilash bayonidadir. Bu kitobga «Samariya» ot qo‘yildi, tangrining yordami bilan va unga tavakkul qilib, ey aziz.

Samarqand beshinchi iqlimdan, eski bir shahardir, du-nyoning obod bo‘lagining bir chekkasida joylashgan. Turli toifadan bo‘lgan el va ulus uning atrof-tevaragida joylashgan. Shuning uchun ushbu shahar buzg‘unchilik va xarobaliklarning o‘rni bo‘lgan.

Bu Firdavsmonand Samarqand viloyataniig mozorlari-ni bildirmak uchun «Qandiya» kitobining muallifi tomonidan mazkur kitobda zikr qilingan alomat va nishonalar keyingi vaqtlarda yo‘qolgan, sag‘ana toshlaridagi lavhalar ham nobud bo‘lgan.

Kamina buzruklar muxlisi mullo Abu Tohirxoja Samarqandiy — tangri kalomining nuktasanji va irfon daryosining g‘avvosi, sayodat sarlavhasinipg debochasi va saodatli nomi bilan atalgan Samarqand viloyatining qozi kaloni mullo Mir Abusa’idxojaning o‘g‘li, u xojaning nishonalarini bir talay surishtirishlardan so‘ngra, mozor va qabr alomatlariii belgilab, ularning bo‘sog‘alari tuprog‘ini ko‘zimga surtib, u yerning alomat va nishonalarini bu kitobda bayon qilmoqchi bo‘ldim. Ularning tarjimayi hollari va darajalarini bilganimcha mozor va qabrlarni ko‘rsatgan chog‘da yozarman, shoyadxim ularning mozorlarini ziyorat kiluvchilar o‘zining oqibatli ishi to‘g‘risida hayratda qolgan mening haqimga duoi xayr qilg‘aylar.

Ushbu kitob 11 bobin [uz] ichiga olg‘andir

1-bob: bu shaharniig Samarqand atalishi to‘g‘risida. 2-bob: bu shaharning imoratini boshlab kim yasagani haqida.

Z-bob: to‘rt fasdda bu shaxar havosining xosiyatlari xususida.

4-bob; yerining tur ishi va tevaragining kurinishi jug‘rofiy holi] to‘g‘risida.

5-bob: bu shaharning tevaragidagi tog‘lar bayonida.

6-bob: bu shaharning tevaragidagi ariqlar va buloqlar bayonida.

7-bob: bu shaharning tevaragidagi g‘orlar va chukurliklar to‘g‘risida.

8-bob: masjid va madrasalari haqida.

9-bob: shahar va unnng tevaraklaridagi qabr va mozorlarning alomat va nishonalari to‘g‘risida.

10-bob: qabr ahllarining ziyorat yo‘llari.

11-bob: qabriston elidan olinadigan ibrat va do‘stlarga o‘gut.

1-BOB. BU SHAHARNING SAMARQAND ATALISHI TO‘G‘RISIDA

Samarqand shahrining «Samarqand» atalishi to‘g‘risida bir necha sabab aytganlar:

Birinchi [sabab]: «Burhoni qote’» kitobida naql qilingankim, Samar ismlik bir kishi bu yerda joylashgan va o‘z tevaragiga xalqni to‘plagan edi. Shuning uchun bu yer boshda «Samarkent» ataddi. Arab qo‘shini bu yerni olgach, o‘z tilla-riga o‘zgartirib «Samarqand» dedilar.

Ikkinchi [sabab]: «Masolik ul-mamolik» nomli kitobda naql qilingandurkim, Samar boqir ismlik bir xon Farg‘ona va Koshg‘ar tomonlaridan kelib, bu viloyat xalqiga dushmanlik yuzasidan shaharning devorlarini qazib buzgan edi. Shuning uchun bu shahar «Samar qazdi» ma’nosida bo‘lgan. Forscha «Samarqand» otaldi. Arab qo‘shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» otadilar.

Uchinchi [sabab]: «Tarixi Tabariy» kitobida keltirilgandirkim, Samar otliq bir xon ushbu shaharni soldirdi [bino kildirdi], eng avval «qand» degan turk aymog‘i bunda o‘rnashib o‘ltirdi. Shuning uchun bu shahar boshlab «Samarqand» otaldi. Arab qo‘shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» dedilar.

To‘rtinchi [sabab]: ushbu shaharnipg bir yerida «Samar» degan birov tomonidan qazilgan bir bulok, bor edi. Ulus o‘shal bulok tevaragiga yig‘ilib o‘rnashgan edilar. Shu sababdan u o‘rinning oti «Samarqand» deb shuhrat chiqardi. Arablar kelgach, «Samarqand» dedilar.

«Haft iqlim» kitobida aytilganki, Yaman Tubba’i maliklaridan Samar ismlik bir kishi ushbu shaharning devorini buzdi. Arablar kelgandan keyin «Samarqand» dedilar va yana Tangrn Taolo yaxshi biladi.

Xotima: ushbu viloyat eliga odob o‘rgatish va ushbu ki-tobga munosib ba’zi ma’lumot. Tangri muvaffaq va yordam etuvchidir.

2-BOB. BU SHAHARNING QO‘RG‘ONI BOSHLAB KIMNING TOMONIDAN SOLINGANI TO‘G‘RICIDA

«Osor ul-bilod» kitobida6 naql qilingandirkim, Samarqand qo‘rg‘onini boshlab Kayqubod o‘g‘li Kaykovus soldirdi. Bu shaharning birinchi imorati Kaykovusdandir. Aytadirlarkim, Kirshosib shu yerdan o‘tayotganda bir talay oltin topdi. Shu oltinlardai ushbu qo‘rg‘onning imoratiga xarj qildi va ikkinchi marta Turkiston bilan Movarounnahr orasida devor tortdi. ((Lekin)] to‘g‘ri rivoyat shulkim, u devorni Luhrosib o‘g‘li Kushtosib tortgan.

Samarqaid qo‘rg‘onining ikkinchi imorati, birinchi maliki Tubba’dandir. Malik Tubba’ Yaman va Arabiston podsholaridan bo‘lib, ushbu shaharni olgan edi.

Uchinchi imorati malik Iskandardandir. Malik Iskandar Samarqand qo‘rg‘onining tevaragida ayri bir devor qurdi; u devorni hozirda «Devori qiyomat» deydilar. Malik Iskander bu devorni shuning uchun soldirdikim, fntna va urush chog‘larida tevaragidagi el ichkariga yig‘ilishib, shahar xalqi bilan birgalashib, yurtni ko‘riqlashib, o‘z tinchliklarini saqlay olsinlar. Ba’zi zamonlarda Iskandar devori ichra el tomonidan bog‘ va hovlilar solinib obod qilingandir.

To‘rtinchi imorat, Amir Temur Ko‘ragon tomonidandir. Naql qiladirlarkim, Faridun o‘z mamlakatini uch o‘g‘liga bo‘lib berganda, Hindistonni Salmga, Turonni Turga, Eronni Erajga topshirib, Tur bilan Eraj yurtlarining arosida hozir Amu daryosi atalgan, Jayxui daryosini chegara deb tayinladi. Tur uchun poytaxt bo‘lg‘uday bir qal’a solib bermoqchi bo‘lib, munosib o‘rin izlab yurganida Samarqand shahri bo‘lgan yerda devor izi va qo‘rgon asari ko‘ziga ko‘rinib, uning ustiga yangidan devor qurdirdi. Turk Afrosiyob Eraj o‘g‘li Minuchehrni yengib, Turon yurtini o‘z qo‘liga kirgizganda o‘sha Turning poytaxti bo‘lgan o‘rinni imorat qilib, unda o‘rinlashdi.

Samarqand qo‘rg‘oni Horis o‘g‘li Samar tomonidan imorat qilingandir deb ham ba’zi tarix kitoblarida yozilgandir.

3-BOB. TO‘RT FASLDA BU ShAHARNING HAVOSI

Bu shaharnnng havosi yaxshi va o‘rtachadir. Sira og‘irlik va kasallikka sabab bo‘lmas, bahor faslida bu shahar go‘zallikda uchmoqning bir namunasi bo‘lur. Shuning uchun «Samarqandi firdavsmonand», ya’ni jannatga o‘xshash Samarqand deydilar. Har dashtining yuzidan jannat ko‘rinadir va har dala parchasidan Eram bog‘i bilinadir. Har tog‘ning etagida ming turlik gullar to‘foni qaynamoqda va har sahroning burchagida ko‘kargan yuz tur sabza va rayhonlar o‘z qo‘yinlaridan behisht bog‘larini ko‘rsatmoqda. Yoz faslida bu shaharning havosi issiq, sovuklikda o‘rtachadir. Har tomondan ko‘p gul ochatirgan yellar va farah ortiratirgan havolar esib ruhga rohat bag‘ishlaydi va jonni toza qiladi. Kuz faslida bu shaharning havosi bir oz sovuqroq bo‘ladi. Sharq tomonidagi tog‘dan necha kunda bir qattiq yel esadir. Bu shaharning qish fasli ko‘pincha sovuq bo‘lar, ba’zi yillarda qor uch qarichgacha yog‘adi. Bu yerga kelgan musofir quvonadir.

Lekin shaharning xalki qattiq xulkli, g‘ala-g‘ulochi va lofchidir. Tevaragidagi turklar botir, o‘ktam va urushqoqdirlar.

Bu shaharda mevalardan: qovun, tarvuz, olma, o‘rik, shaftolu, buxoro olusi, olibolu, gurdaolu, anjir, gilos, murud, noshpoti, nok, dilafro‘z, behi, yong‘oq, bir necha turlik uzum, do‘lona va boshqa turlik mevalar ko‘p va har xil sifat bilan yetishadirlar.

Xush islik yashilliklardan: bolingu (bodringning bir turi), zanjabil, qizil qalanfur (qalanful), kashnich, shibit, rayhon (nozbo‘y), bodiyon, rum bodiyoni, zira, pardai aro‘sak (padararo‘sak) va boshqalar o‘sadir. Hovlilar va bog‘larda ekilib yetishtiriladigan xush isli gullardan: qizil gul, (vard ham derlar), guli nastarin (guli nastaran), guli nasrin, arg‘uvon, lolai no‘‘mon, ko‘k, qizil va oq binafsha, qizil, oq, nofarmon va ko‘k guli Koshg‘ariy, sariq va oq nofarmon va ko‘k guli Dovudiy, qizil va oq guli chiniy, oq, qizil va nofarmon guli shabbo‘y, qizil, oq va sariq guli noziriy, haram, savsan, guli ra’no, guli zebo, yakbarg va sadbarg, oq va qizil guli ra’no, guli hinoyi, oq, qizil va qora guli xayriy, oq va qizil guli tugma, guli bo‘ston afro‘z, guli hamisha bahor, oshiqi pechon [chirmovuq sevguchi], oshiq miskiniy, guli arvug‘on, zulfi xubon, guli nofarmon, guli ja’fariy va o‘zga yaxshi ko‘riklik va ko‘ngul ochar gullar yetishib ochiladir.

Dorilardan: kosniy (kosai nay), shotara, baranjosif, gavzabon (ho‘kiz tili), atri hilol, isfonox", igir, shaytarj (shiytarj), sovrinjo, bodinjon (boyimjon), oqir qaro, pudina (yalpis va hulbo‘y), juvoniy, xorxasak (xori g‘elak, xori g‘elon, xori mag‘elon), kabar (kavar), ispand (hazorispand — tutatqi, isiriq), qipichi, muxlasa (muxalisa), surinjon, muasfar (kochira), baklat, ulhamqo, it uzumi, unnob (chilon) bu shaharning yeridan va tevaragidan yetishadi.

G‘alla va dukkaklilardan: bug‘doy, arpa, jugori (juvori), tariq, qo‘noq, sholi (gurunchdona)], zig‘ir, kunjit, mosh, naxo‘d, lo‘biyo (lo‘blo), indav, burchoq va bangdona o‘sadi. Ammo paxtani bu viloyatda oz ekadilar.

Osh vataomni isloh qiluvchilardan: sabzi (kashir), piyoz, shalg‘am, karam, turp va lablabu bu shaharda yaxshi yetishadi. Ko‘knor, tamaki, kanobdona ham o‘sadi.

4-BOB. YERINING TURISHI VA TEVARAGINING KO‘RINISHI

(jug‘rofiy holi) to‘g‘risida

Samarqand dalasining sharq, shimol va janub tomonlari yuksak tog‘lar bilan qursholgan bo‘lib, g‘arb tomoni ochiq maydondadir. Zarafshonkim uni Ko‘hak va Haromkom daryosi deydilar; kunchiqar tomonidan kunbotar sari bu viloyat dalasining o‘rtasidan oqib o‘tadi va bu viloyat yerini ikkiga bo‘ladi. Daryoning janub tomonidagi yarim bo‘lak boshdan oyoq tepalik va dashtlik bo‘lib, janub tog‘iga borib taqaladi. Shimoldagi yarim bo‘lak pastlik va suvloqdir.

Samarqand shahrining qo‘rg‘oni daryoning janub tomo-nidadir. Samarqayd shahrining tashqarisidagi yerlar o‘rni e’tibori bilan ikkiga bo‘linadi: kunbotar tomonidagn yarim bo‘laginn Anhor tumani va kunchiqar tomonidagisini Shov-dor tumani deydilar.

Daryoning shimol tomonidagi yerlar ham ikki bo‘lakdir: Birinchisi suvloq, ikkinchisi dashtlik. Suvloq bo‘lagi boshdan oyoq Ko‘hak daryosiga tutash bo‘lib, u ham ikkiga bo‘linadi: kunchiqardagi bo‘lakini Sug‘udi kalon tumani va kunbotardagi yarmisini Ofarinkent tumani deb ataydilar. Dashtlik va suvsiz bo‘lagi Kobut tumani deb ataladi va bu dashtlik bo‘lak boshdan oyoq shimol tog‘iga yondoshdir,

Samarqandda Amir Temur ko‘ragon soldirgan bog‘lar-kim, Eram gulistoni rashk qilar darajada, yettita ekan:

Birinchisi Bog‘i shimol — Samarqandning shimolida, Dtvori qiyomat ichida, ikkinchisi Bog‘i baland. Bu ham shimol tomonda. Uchinchisi Bog‘i bihisht, to‘rtinchisi Bog‘i chinor. Bu ikki bog‘ shaharning kunchiqar tomonida. Beshin-chisi Bog‘i dilkusho bo‘lib, Konigilning janub tomonida. Konigil Ko‘hak daryosining yoqasida, Samarqandning eng go‘zal va chiroylik yeridir.

Oltinchi: Bog‘i zog‘on. Shovdor tumanining shimol tarafida voqe’dir.

Yettinchi: Bog‘i ja-honnumo. Anhor tumanida bo‘lib, tog‘ etagiga yaqin yerda, Samarqandning janubida bino qilingandir.

5-BOB. BU SHAHARNING TEVARAGIDAGI TOG‘LAR BAYONIDA

Janub tomonidagi tog‘lar juda obod bo‘lib, unda daraxtlar ko‘p o‘sadi. Mevalardan: olma, pista, olu, do‘lana, uzum va yong‘oq u tog‘da ko‘pdir. O‘simliklardan: lola, rivoch, garafsh, yabruj (piyozi ansul/ansur), go‘rdiyo va egir bu tog‘da topiladi. Hayvonlardan: do‘ng‘uz, ayiq, bo‘ri, tulki, tovushqon, jayra va shog‘ol bor. Ov kushlaridan: kabki dariy (kaklik), bulduruq — qorabag‘ir, (kabki hilol) ushbu tog‘da ko‘pdir. Bunda ma’dan, va kon narsalarining borlig‘i belgili emas. Lekin ushbu tog‘ning kunbotarida oltin va kumush bilan shuvaganga o‘xshash yarqiraydigan bir turli tosh bor. Undan hech nima ajratib olib bo‘lmas. Uni chaqmoq toshning jinsidan deydilar. Bu tog‘niig ajoyibidan bir buloq bordirkim, suvi qish vaqtida juda qaynoq bo‘lib, saraton oyida boshdan oyoq muzlaydi.

Kunchiqar tomondagi tog‘ ham oboddir. Janubiy tog‘ bilan sharqiy tog‘ oralaridan Zarafshon daryosi oqib chiqadi.

Daryoning har ikkala yoqasida xalq uy va joy qilib o‘ltirganlar. Bu tog‘ eli juda janjalchi va lofchi bo‘lib, qiyofalari chiroylidir. Janubiy tog‘dagi hayvonlar, daraxtlar va giyohlar bu tog‘da ham topiladi. Kunchiqar tog‘ining ustida, (uning) o‘rtabelida, Iskandar ko‘li deb atalgai bir ko‘l bor. Zarafshon daryosining bir manba’i ushbu ko‘l bo‘lib, tevaragi bir toshdir. Kunchiqar tog‘ida kiyik, bo‘g‘un (gavazn — tog‘ sigiri), yuz (kiyikni ovlaydigai bir yirtqich hayvon)ko‘pdir.

Bu viloyatning shimol tomonidagi tog‘ Xuddin otaladi, (shu munosabat bilankim) islom dini tarqalayotganda bu tog‘ eli o‘z mayllari bilan musulmon bo‘lganlar. Totor kofirlari janjalida ushbu tog‘ tevaragiga qo‘rg‘oi solib ular bilan urushganlar. Shuning uchun Sug‘udi kalon va bu tog‘ tevaragidagi yerlar ushriy bo‘lgan, ya’ni musulmon xonlari bu yerlarning unumidan o‘ndan bir ulush soliq olganlar. Bu tog‘larda buloqlar, ko‘ngil ochar joylar va rohat orttiradigan o‘rinlar ko‘pdir. Iksir degan bir giyoh ham bu tog‘larda bor. Agar birov ushbu giyohni topib o‘zi bilan olib yursa, qabr-lardagi ruhlar bilai gaplashmagi muyassar bo‘lur emish.

Qo‘hak tog‘i Samarqand shahri va Zarafshon daryosi ora-sida, shaharning shimoliy tomonidadir. Ushbu tog‘da daraxtlar va buloqlar bor. Ko‘klam pallasida ushbu tog‘da va uning yaqinidagi bog‘larda lolayi, ra’noyi, qizil va ko‘k bunafsha ko‘karadi. Gaj koni ham ushbu tog‘da topiladi. Kumush, mis va qo‘rg‘oshin koni bor bo‘lsa ham, kirimi chiqimiga yetishmaydi deganlar.

6-BOB. BU ShAHARNING TYeVARAGIDAGI ARIQLAR VA BULOQLAR BAYoNIDA

Zarafshon daryosikim, uni Ko‘hak daryosi deb yuritadi-lar, boshlab kunchiqar tog‘laridan chiqib, unga Iskandar bulog‘i — Iskandar ko‘lining suvi va Maschoh tog‘laridan chiqadigan buloqlar qo‘shiladi.

Boshqa suvlar va buloqlar bilan birikib, daryo bo‘lib Buxoro va Qaroko‘lgacha borib yetadi. Ko‘hak daryosining uzunligi 120 tosh (farsax)dir.

Darg‘am arig‘i — boshi Ko‘hak daryosidan ajralib, Samarqand shahrining ichi va toshi, Shavdor va Anhor tumanlarini sug‘orib, ortiqchasi Ko‘hak daryosiga qo‘shiladi. Shahar bog‘lari va bo‘stonlari ushbu ariqdan yashil va tozadir.

Siyahob (Qorasuv) arig‘i — boshlab bir talay buloqlardan paydo bo‘lib, Konigilgacha oqib keladi. Unda ikkiga bo‘linib, birinchi bo‘lagi Ko‘hak daryosiga oqib ketadn va ikkinchi bo‘lagn ikki shaxobchaga ajralib, birinchi butorikim, Obi rahmat otaladi, Samarqand shahriniig shimolidagi bog‘larga: Moturiya, Bog‘i baland va Bog‘i maydonga sarf bo‘ladi. Derlarkim, Obi rahmat arig‘ini Amir Muhojir Ko‘hak tog‘inipg janub etagida qozib oqizgandir. Qutayba Samarqandni olgandan so‘ng mana shu Amir Muhojirni unga hokim belgilagan edi. Derlarkim, Amir Muhojir ushbu arig‘ni qozayotgan chog‘da, ariq boshida, hazrati Xizr uchrashib «nima istaysan?» (moturidu?) deb so‘ragan. Amir Muhojir «suv istayman» (mo uridu) deb javob bergan. Shuning uchun birinchi sira shu suv bilan sug‘orilgan va obod qilgan o‘ringa «Moturidu» deb ot qo‘yilgan. Ba’zilar ushbu naqlni Shayx Abu Mansur Moturidiy va hazrati xoja Xizrga nisbat beradilar. Samarqand elining eskidan kolgan bir qiliqlari bordirkim, ajam yilining so‘ngi dushanba oqshomida ushbu ariq yoqasiga yig‘ilishib cho‘miladilar va tahorat qiladilar. Tabarruk yuzasidan ushbu Suvdan oladilar.

Yana Hazrati xoja Doniyol mozori bulog‘i. Siyahob arig‘ining yoqasida va Hazrati xoja Doniyol mozorining ustidadir. Ushbu buloqning suvi ham qutlug‘dir.

Yana Issiq va sovuk, bulog‘i. Ushbu bulok, Ko‘hak tog‘ining janubi-sharqiy etagida, gaj koni tomonidadir. Buloqning suvi qishda juda qaynab va yozda sovuqdir.

Yana Novadon bulog‘i. Ushbu buloq shahar toshidai, janub tomondan chiqib, Xoja Ahror darvozasi atalgan shahar dar-vozasi yonidan oqib, shahar o‘rtasidan o‘tib, Siyahob arig‘iga quyuladi. Ba’zilar Samar qozdirg‘an buloq ushbudir, deydilar.

Obi Mashhad bulog‘i. Ushbu buloq shahardan ikki mil (5 chaqirimcha) uzoqlikdan, janubi-sharqiy tomondan chiqib, shahar devori va Afrosiyob qo‘rg‘oni tagidan o‘tib, Siyahobga quyuladi. Abbos o‘g‘li Qusam bu buloqning yoqasida sha-hid bo‘lib, uning yaqiniga ko‘milgani sababli «Mashhad» (shahid bo‘lgan yer deb) otalgan, Qaturon (Qatvon) dashtining shahidlari ham shaharning tashqarisida, kunchiqar tomonda, shu ariqning yoqasida ko‘milgandirlar. Ularning soni 70 ming bo‘lib, Sulton Sanjar Moziy bilan Qaro-xitoylar oralarida bo‘lgan urushda shahid bo‘lib edilar. Eronlar ko‘pincha bu buloq yoqasida hazrati Xizrga yo‘li-qib, murodlariga yetganlar.

7-BOB. BU ShAHAR TYeVARAGIDAGI G‘ORLAR VA ChUQURLIKLAR TO‘G‘RISIDA

Birinchi g‘or Afrosiyob qal’asining tashqarisida, haz-rat Xoja Sangrason mozorining ro‘barusida bo‘lib, [unda] qator hujralari bordir va ba’zi hujralarida o‘lgan kishilarniig suyaklari ko‘p.

Ikkinchi: g‘ori Miskin. Bu g‘or hazrat Xoja Muhammad Sangrason mozorining pasti, shimol tarafida Siyahob arig‘ining yaqinidagi Talli baland tagidadir. Bu g‘orni turk mashoyixlaridan Shayx Xodim alayhi-r-rahma (unga rahmat bo‘lsii) kovlatib, so‘fiylar uchun maqom qilgan. Shayx Xodimning mozori g‘orga yaqin yerda voqedir. Bu maqomi fayz osor va avliyolar joyi bo‘lgandir.

Uchiichi g‘ori Talli Muhammad Chap bo‘lib, Afrosiyob qal’asining tuprog‘i ostida qolib ketgan. Siyahob ustiga qilingan Muhammad Chap ko‘prigidan kishilar o‘tadigan katta yo‘lning g‘arb tomonidadir. Bu ko‘prikdan kishilar Bog‘i maydon va Bog‘i baland mavzelarga boradilar.

To‘rtinchi Xoja Doniyol g‘ori bo‘lib, bu g‘or ham Afrosiyob qal’asining tuprog‘i to‘kilgan yerda qolib ketgan. Bu g‘or sharofatlik bir maqomdir.

Beshinchi: g‘ori Oshiqon. Bu g‘or Samarqand shahrining qal’asi kunchiqari va qal’a xandaqiga yaqin yerdadir. Bu g‘orni hazrati Maxdumi Xorazmiy kovlatib so‘fiylar uchun joy qilgan, qator hujralari bo‘lgan. Hazrati Mahdumning vafotidan so‘ng birmuncha vaqt Samarqand shahrining qalandarxonasi bo‘lib turgan.

Oltinchi: g‘ori Ko‘hak. Bu g‘or Ko‘hakning sharqiy tomo-nida voqedir. Naql qilishlaricha, mullo Sakkokiy ismli kishi mana shu g‘orda riyozat chekib 41 ismni tasxir (zabt) etish bilan shug‘ullangan. Boshqa g‘orlarnnng sifatlari mashhur emasdir.

8-BOB. MASJID VA MADRASALARI HAQIDA

(Birinchi) hazrati Xizr alayhi-s-salom masjidi. Bu masjid shahar tashqarisida, Afrosiyob tepasi ustida. Ohanin, boshqacha aytganda, Hazrati shoh darvozasining qarshisidadir. Aytadirlarkim, Samarqandda eng avval so-lingan masjid ushbudir. Imom Qutayba hazrati Xizr isho-rati bidan imorat qilgandir. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, bu binoning birinchi g‘ishtini hazrati Xizr alayhi-s-salom qo‘yib, qiblasini sahobalar tiklaganlar. Ba’zi kishilarning aytishlariga Karaganda, uning mehrobini hazrati Xizr to‘g‘rilagan. Derlarkim, bir kimsa dushanba kuni ulashtirib bomdod namozini o‘sha masjidda o‘tasa, hazrati Xizrni ko‘rar emish. Ushbu masjid amir Muzaffarning xonligi chog‘ida qayta imorat qilindi.

(Ikkinchi) Abdullo ibn Umari Xattob — Tangri undan rozi bo‘lsin — masjidi. Bu masjid hazrati Umar masjidi oti bilan mashhur bo‘lib, Masjidi kabud ham der ekanlarkim, shahar ichida imoratlararo Sherdor, Tillokoriy va Ulug‘bek madrasalari yaqinida, ya’ni Ulug‘bek madrasasining janubi-sharqida, Registon maydoniga ro‘baro‘, Tillokoriy madrasasining qarshisida, yangi solingan madra-saning ichidadir. Hazrat Abdullo Umar o‘g‘li Sa’id Usmon o‘g‘liga bir talay oqcha berib, «Qaysiki shaharkim islom qo‘shini tomonidan olinsa, siz unda, bu yo‘ldan mening otim bilan otab, biror masjid soldirgaysiz» deydi. Bu masjid ham o‘shalardandir. Uning mehrobini sahobalar tiklagandirlar. Qutlug‘ bir o‘rindir. Ba’zilar bu masjidnn imom Umar Nasafiy masjidi deb ataydilar. Uning (Umar Nasafiyning) qabri shahar ichida Chokardiza qabristonidadir. Umar masjidinipg shimol tomonida Abu Sa’idxonning daxmasi bor.

(Uchinchi) hidoyat etuvchilarnipg bilimdoni shayx Abu Mansuri Moturidiy masjidi. Bu masjid shahar ichida, shahar darvozasi va shahar qo‘rg‘onining yaqinida kunchiqar tomonda, Chokardiza qabristoninnng o‘rtasida, shayxning qabri ustidadir. Eski zamonlarda bu shaharga vabo yoki biror boshqa balo kelsa, zohid, obid va olimlar shu masjidga yig‘ilishib, duo qilar ekanlar. Shuning bilan tikilgan balo ko‘tarilar ekan. Duo qabul bo‘lib, ulamoning ko‘nglini ochadigan bir o‘rindir.

[To‘rtinchi] hazratxoja Abulfazl Balxiy masjidi. Bu masjid shahar ichida. shimoli-g‘arbiy burchakda, shahar darvozasi bo‘lgan Poyqoboqning [hozirgi oti «Xayrobod»] yakinidadir. Bu masjidda duo qabul bo‘lib, [u] qutlug‘ bir o‘rindir.

[Beshinchi] Javzoiya masjidi. Bu masjid shahar ichida, imoratlar orasida, Sherdor madrasasining kunchiqaridadir. Qutlug‘ joy va mujtaxidlar o‘rnidir.

[Oltinchi] Dari zanjir masjidi. Shahar o‘rtasida, imoratlar orasida, hidoyat etuvchilarning bilimdoni shayx Abu Mansur Moturidiy masjidining yaqinidadir. O‘lgan shayxlarning o‘rni ekan. Toshkentlik Orifjonboy 1250 hijriyda [milodiy 1834-35 y.] ushbu masjidni yangidan pishiq g‘isht va gaj bilan yuksak imorat qildi.

[Yettinchi] Amir Temur ko‘ragonning jome’ masjidi. Bu masjid shahar ichida, [uning] shimol tomonida hazrati Shoh [Dari ohanin] darvozasiping yaqinidadir. Amir Temur ko‘ragon Hindistonni olgandan keyin [u yerda o‘lja olingan] oltin, inju va qiymatlik toshlarni tukson bir filga yuklab olib ksltirdi va istadikim, poytaxti bo‘lgan firdavsmonand Samarqandda bir jome’ bino qilg‘ay. 801 hijriy/1398-99 milodiyda kuchli va tezishlik ustalarni dunyo tevaragidan yig‘ib ishga boshladi. Va shunday bir masjidi jome’ bino qildiki, sahnining sof ishlanishi hushyor dillardan ham munavvarroq va baland kungiralari oy mukarnasidai bezakli, firo‘zasimon koshinlari lojuvard, osmonrang, oftobga jiloli zarnigor naqshlari bilan go‘zal charx gumbazlariga barobar. Baland ovozalik darvozasi «kimki bu yer [xonai ka’ba]ga kirdi, omonlik topdi» oyatining kalidi bilan ochildi. Har bir yuksak toqlari falak peshtoqida qad ko‘tardi. Jome’-ning ravoqi ustida yoznlgandirkim: «Amir Tarag‘ay o‘g‘li buyuk xoqon Amir Temur ko‘ragon 801 yilda ushbu jome’niig solinishiga amr qildi». Jome darvozasining uzo-rida yozilgandirkim: «Ushbu jome’ni bitkizishga 806-da [milodiy 1403-04] muvaffaq bo‘lindi». Ushbutengsiz bino besh yil orasida ulug‘ xoqon buyrug‘i bilan solinib bit-kazildi. Ushbu jome’ning eshigi ikki tabaqalik bo‘lib, xulo [birinch, mis va rux birga qo‘shilib eritilsa xulo bo‘lur] qo‘yulgan va fusunkor ustalar jome’ning kirar yeriga po‘lod qalam uchi bilan juda ham go‘zal tabiatli naqshlar qilganlar ekankim, Samarqandning buzuqchiliq chog‘ida yo‘qolgandir. Jome’ eshigi ustida ushbu bayt yozilgan:

Dar kafi xalk hama makru fireb astu havas, Kor dargohi xudovandi jahon doradu bas.

Mazmuni:


Xalq kaftida bari aldov va havasdir,

Ish yolg‘iz dunyoning egasi bo‘lgan tangrining

saroyidadir.

[Sakkizinchi] Mnrzo Ulug‘bek ibn Mirzo Shohrux madrasasi va masjidi jomei. Ulug‘bek Amir Temurning nabirasi, Shohrux mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘lidir. 796 hijriy, yakshanba kuni jumodi alavval oyining 19-da [milodiy 1394 yili, 23 martda] tug‘ilgandir. Shohrux mirzo otasi Amir Temur ko‘ragonnipg o‘limidan besh yil keyin Hirotdan Samarqandga kslib, Mironshohning o‘g‘li o‘z birodarzodasi Sulton Xalilni Samarqand taxtidan tushirib, o‘z o‘g‘li Ulug‘bekni [taxtga] o‘tqazdi. Ulug‘bek xonligidan 16 yil so‘ng hijriy 823 [milodiy 1420-21]da ushbu madrasani soldirdi. Ushbu Madrasa shahar o‘rtasida [arki oliyga yaqin bir o‘rindadir]. [Madrasaning] tog‘ shukuhli hay’ati ustuxonband mustahkamligidan falak binosidan tinchlikni olgan, yuksaklik jihati bo‘lmish azamatnishon peshtoqi og‘irligidan yerga zilzila keltir-gan, uning oliy darajali kungiralarini qudrat ustasi falak ayvonining muqarnaskorligi bilan bir xilda yasagan, lojuvard koshinlarini qazo naqqoshi falakning charog‘on yulduzlari bilan bir tartibda naqsh qilib, ularga daxldor qilgan quyoshdek jilvasi, zarnigor naqshlari, go‘zal falak gunbazi bilan hamvazn edi. Bu buyuk Madrasa ikki qavatli bo‘lib, har bir ravoqda bir hujrada talabadan ikki kishi turar ekan. Samarqandning buzuqchilik chog‘larida o‘zbek xonlaridan birovi podshohlik o‘rdasiga sarko‘b [qo‘rg‘on ichidagi yovni to‘pga tutnsh uchun ko‘riladigan yuksak o‘rin] bo‘lmasin, deb ustgi qavatini buzdirgan. Hozirda [u] bir qavatlikdir. Madrasaning imorati bitgandan keyin Ulug‘bek mirzo u yerda Qozizoda Rumiyni mudarrislikga belgiladi. Ba’zi vaqt o‘zi ham dare aytmoqqa kirishar edi.

Madrasa solingandan to‘rt yil keyin 833 [1429-30] Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, mavlono G‘iyosiddin Jamshid, mavlono Muiniy Koshiy, mavlono Salohiddin Muso bilan Ko‘hak pushtasining etagida, Obi rahmat arig‘ining yoqasida ra-sadxona binosiga boshladi. Rasadxonaning tevaragida buyuk-buyuk hujralar tuzdi. Rasadxona tepasining etagida go‘zal chorbog‘ va chinixona yasatib, ko‘pincha unda turar edi6. Rasadxonani imorat qilayotganda bitkazishdan burun, brya-gi ulamo o‘tar duiyodan mangulik olamiga jo‘nadilar. Bundan so‘ng‘ alloma Ali Qushchi kengashi bilan rasadxonani bitkazdi62. Ulug‘bek Mirzo hijriy 841 [milodiy 1437-38 yil]dan boshlab munajjimlar orasida e’tiborli bir kitob sanalgan «Zichi Ko‘ragoniy»ni yezdi.

Ulug‘bek mirzoning ikki o‘g‘li bor edi. Birinchisi mirzo Abdullatif, ikkinchisi mirzo Abdulaziz edi. Abdullatif 851 hijriy [milodiy 1447-48] o‘z otasi Ulug‘bekni o‘ldirdi. [Ulug‘bek mirzo] 57 yil yashadi. Mirzo Abdulazizni otasidan ikki kun ilgari o‘ldirgan ediы. Bundan olti oy so‘ngra Abdullatifni Bog‘i chinordan shahar sari kelayotganda, Ulug‘bek odamlaridan Bobo Husayn degan birov otib o‘ldirdi66. Uniig boshini Ulug‘bek madrasasining peshtoqiga osdilar. Ulug‘bekning qabri o‘z bobosi Amir Temur ko‘ragon ko‘milgai gumbaz ichidadir, inshoolloh, o‘z o‘rnida ma’lum qilinadi. Tubandagi ushbu bayt Ulug‘bek mirzonikidir:

Ey on, ki mulki husn ba zeri nigini tust. Sho‘xi makun, ki chashmi badon dar kamini tust.

Tarjimasi:

Ey, sankim muhring ostida husn mulkidir, Sho‘xlik qilmaki, yomonlarning ko‘zlarn seni

poylab turibdi.

[To‘kqizinchi] shahid xon Muhammad Shayboniyxon madrasasi. Shayboniyxon [Shoh] Budog‘ sultonnnng o‘g‘li bo‘lib, u [bo‘lsa] Abdulxayrxonning o‘g‘lidir. Baland darajalik Abdulxayrxon Chingizxon o‘g‘li Jo‘chixon naslidandir. Bu Madrasa shahar ichida hazrati shoh mozoriga boriladigan katta yo‘lning kunbotar tomonidadir. Shahid xon [Shayboniyxonning] qabri ham shu madrasanipg o‘rtasidagi sufa ostidadir. Ushbu madrasani soldirguchi Shayboniyxon o‘g‘li Muhammad Temurxonning xotini Mahdi ulyo xonim69dir. Muhammad Temur otasi gavdasini keltirib bu yerda ko‘mdirgandan keyin, ushbu Madrasa Shayboniyxon madrasasi nomi bilan shuhrat chiqardi. Samarqandning buzukchiligi chog‘ida ushbu Madrasa buzilgan, xarob bo‘lgan edi. Ikkinchi marta sunnatlarni tiriltiruvchi hazrat Amiri Ma’sum G‘oziyning farmoyishi bilan tuzatilib, vaqflari belgilandi. Hozirda unda darelar davom etmoqda, o‘quvchilar o‘qimoqdalar.

[O‘ninchi] Fozillar yetakchisi janobi qozi Soqiy uni xudo rahmat qilsin madrasasi. Bu Madrasa shahar ichida Amir Temur jome’ining [Bibixonim] janubi-g‘arbiy burchagida ekan. Qozi Soqiy Imomqulixonnnng xonlik vaqtida Samarqandda qozi kalonlik mansabida edi. Bu Madrasa esa ul ulamo yo‘lboshchisi tomonidan 1021 [1612-13] yilda solingandir. Samarqandning buzukchilik chog‘ida u Madrasa butkul yo‘qolibdir, hozirda undan hsch nishona yo‘k.

[O‘n birinchi] Sayid Ahmadxoja madrasasi. Bu Madrasa, Samarqand shahrining ichida, Shayboniyxon madrasasinipg janub tomonida ekan. Ushbu Madrasa Sayid Ahmadxoja tomonidan Imomqulixon zamonida 1047 hijriy [milodiy 1637-38] yilda solingan73. Sayid Ahmadxojaning qabri ham ushbu Madrasa ichida ekan. Samarqandning buzuqchilik chog‘ida bu Madrasa buzulib yo‘q bo‘lgan edi. Amir Sa’id laqabi bilan mashhur bo‘lgach sunnatlarga amal yetuvchi ulamolar ustozi, mo‘minlar amiri, hazrat amir Haydar ning vaqfini yig‘ib, o‘sha Sa’id qabrining shimolida kichik bir Madrasa soldirdi. Hozirgi vaqtda dars o‘rni va o‘kuvchilarning qo‘nar joyidir.

[O‘n ikkinchi] Sherdor madrasasi. Bu Madrasa [Samarqand Registonida] Ulug‘bek madrasasining qarshisida, uning kunchiqar tomonidadir. Bu Madrasa viloyatpanoh Yalangto‘shbiy otaliq tomonidan solingan. Yalangto‘shbiy olchin aymoqindandir. 1028 [1618-19]da ushbu Madrasa solindi. [U] shunday madrasakim, buyuklikdan xayol idishi ichiga sig‘mas, kattalikdan tavsif aytishga to‘g‘ri kelmas, baland toqi falak ravoqidek, chunonchi oftob shaklini asad burjig‘a yaqin qilib, peshtoqiga surat solib, har ikki sherni ohu oladigan tarzda ko‘rsatilgan. Oftob panjasini dalir sherlar peshonasiga qo‘yib turgan va har ikki ravoq biqiniga ranglik ziynatlangan, naqshi nigorlik ikki gumbaz qilingan va har ikki gumbaz tepasiga guldasta bino qilinganki, barchani hayratda qoldiradi. Qiziqi shundakim, madrasaning solinishi tarixi «Yalangto‘sh bahodir» topilibdir.

[O‘n uchinchi] Tillokoriy jome’i madrasasi. Ushbu Madrasa Ulug‘bek va Sherdor madrasalarining shimolida, ikkalasining yonidadir. Jum’a namozini Amir Temur kuragon jome’i xarob bo‘lganidan keyin, shahar xalki [hozirga qadar] Tillokoriy madrasayi jomi’ida o‘qiydilar. Uning soldirguvchisi ham mir Yalangto‘shbiy otaliqdir. Sherdor madrasasidan o‘n yil keyin 1051 hijriy [milodiy 1641 -42] yilda solindi78. 1234 hijriy [milodiy 1818-19] yilda peshtoqi zilziladan o‘rnidan qo‘porilib tushib edi. Hazrati xilofot makon hazrati sayid. mo‘minlar amiri Amir Sa’id uning qabri munavvar bo‘lsin — ya’ni amir Haydarning buyrug‘i bilan yangidan tuzatildi.

[O‘n to‘rtinchi] yaxshilar qutbi, solihlar g‘avsi nosir ulmillat va-d-din hazrat Xoja Ahror — uning sirri pok bo‘lsinmadrasasi. Ushbu Madrasa shaharning ichida, janub tomonda, So‘zangaron darvozasiga boriladigan katta yo‘lning kunbotaridadir. Xoja Ahror bilim egalarini sevar, majlisi hamisha olim kishilar bilan to‘la edi. Shu sababdan ilm ahllari uchun u yerda bir oliy Madrasa soldirdi. Samarqandning buzuqchilik chog‘ida ushbu Madrasa buzilgan edi. Sunnatning muhyisi amiri Ma’sum G‘oziy [amir Shohmurod) Ulug‘bek madrasasining janubida bo‘lib, buzilgan Alika ko‘kaltosh jome’ madrasasining‘ g‘ishtlarini din ulamosining fatvosi bilan keltirib, hazrat Xoja Ahror, sirlari muqaddas bo‘lsin, oliy madrasasini boshqatdan soldirdi va vaqflarini belgiladi. Hozirda unda o‘qish bor va o‘quvchilarning turar joyidir. Ammo Alika ko‘kaltosh Shohrux mirzoning ishonchli kishilaridan bo‘lib, uni o‘g‘li mirzo Ulug‘bek bilan birga Samarqandga qo‘ygan edi.

[O‘n beshinchi] Oliy Madrasa. Bu Madrasa Samarqand-ning arki ichida, podsholik taxti bo‘lgan «ko‘ktosh» ning qarshisidadir. Ushbu madrasani sunnatnnng muhyisi, oliy sha’n, ulamo va fuzalolarning ustozi, xilofatmakon Sayid, mo‘minlar amiri, hazrat Amir Haydar podsho 1228 hijriy [milodiy 1812-] yilda soldirgan.

[O‘n oltinchi] Qozi G‘afur unga tangrining rahmati bo‘lsin madrasasi. Bu Madrasa Samarqand shahri ichida, kunchiqar tomonda imoratlar orasidadir. Samarqandning buzuqchiligi choqlarida buzilgan ekan, sunnatning muxiysi hazrat amir al-mo‘minin Sayid Amir Haydar podshoning buyrug‘i bilan ushbu madrasaning janub tomonida yettita hujra solindi. Hozirda o‘qish o‘rnidir.

[O‘n yettinchi] Nodir Muhammad devonbegi madrasasi. Tashqi Sherdor [Sherdori berun] deb ham mashhur bo‘lgan. Ushbu Madrasa xoja nosir ul-millat vaddin hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror fayz osorli mozorining shimolidadir. Nodir Muhammad devonbegi o‘zbekning orlot aymog‘idan va Buxoro xoni Imomquli bahodirxonning tog‘omsidir. Yaxshilikni sezguchi, yaxshilik qilmoqni istaguvchi bilim ega-lariga ixloslik bir kishi ekan. Ushbu madrasani 1040 hijriy [milodiy 1630-31] yilda soldirdi. Bu Madrasa juda yuksak, naqshli va go‘zal bir madrasadir. To‘rida bir keng xonaqoxi va minbari bor bo‘lib, Xoja Ahror mozoriga kelguvchilar namozlarini onda o‘taydilar84. Hozirda ushbu Madrasa o‘qish o‘rni va talabalarning joyidir.

9-BOB. ShAHAR VA UNING TYeVARAKLARIDAGI QABR VA MOZORLARNING ALOMAT VA NIShONALARI TO‘G‘RISIDA



1. Nurga to‘la Hazrati shoh mozori. Hazrati shohning muborak oti Aos o‘g‘li Qusam bo‘lib, mozori Samarqand qo‘rg‘onining shimol tomonida, shahar tashqarisida, Afrosiyob qo‘rg‘onining ichidadir. Qusam hazrat Muhammad payg‘ambarning, Tangrining unga salot va salomlari bo‘lsin — amakisi bo‘lgan hazrat Abbosning, tangri undan rozi bo‘lsin o‘g‘lidir. Onasi Horis qizi va Muhammad payg‘ambarning xotinlaridan bo‘lgan Maymunaning singlisidir. «Tahzib ul-asmo» va «Asoba dar tamizi sahoba» kitoblaridan bordirkim, Abbosning, tangri undan rozi bo‘lsin — bir xotinidan to‘rt o‘g‘il dunyoga kelgan edi: ] hazrati Fazl. Mozori Shom viloyatida, Yarmuk degan o‘rindadir. ]Hazrati Abdullo. Qabri Toif viloyati (Makka muzofoti) da. ] Hazrati Ubaydulloh. Mozori Madinada. ] Hazrati Qusam. Mozori Samarqanddadir. G‘iyosiddin Ja-vhariy o‘z asarida «Abbosning besh o‘g‘ln bor edi» deb ko‘rsatgan. Yuqorida yozilmish to‘rt o‘g‘lini sanagandan keyin, beshinchi o‘g‘li Ma’bat ismlik edi. U Afrikada ko‘milgan deydi. «Madorij annubuvat» kitobida zikr qllingan: payg‘ambar o‘z amakisi Abbosga, undan olloh rozi bo‘lsin, dedi: «ertaga o‘g‘illaring bilan kelgin». [Lekin] Abbos, besh o‘g‘li bo‘lsa-da, [faqat] Abdurahmon bilan kelgan. Payg‘ambar ularga o‘z chodirini tikib berdi va dedi: «E, xudoyim, Abbos va uning farzandlarini ravshan va botin mag‘firating bilan yarlaqagin, keyin keladigan avlodla-rini xam o‘z himoyatingda asra!». Termiziydan rivoyat kilindi. Va G‘iyosiddin [Javhariy]ning [yana] aytishicha, hazrat Qusam Payg‘ambarni vafot etgandan so‘ng yuvgan-lardan biridir. Bir rivoyatda aytilishicha, Qusam payg‘ambarning o‘limi chog‘ida sakkiz yashar edi. Aftu basharasi va qilig‘i butkul Payg‘ambarga o‘xshash edi. Chunonchi «Ashboh un-nos» [degan] hadisda «Menga o‘xshash yaratilgan», deyilgan. Qusam ibn Abbosni imom Hasan bilan emishga berdilar va Qusamning onasi Payg‘ambar zamonida bir kecha tushida payg‘ambarning sharofatlik a’zolaridan big‘rini uning oldiga tashlaganlar. (So‘ng) u kelib Payg‘ambarga arz qilganda, u dedi: «Yaqinda Payg‘ambar qizi Fotima [ham] o‘g‘il ko‘radi, sen uni [ham] emizgin», Hazrat amir ul-mo‘‘minin Ali, karramallohu vajhahu, [tangri uning chehrasini olijanob etsin], xalifaligi chog‘ida uning buyrug‘i bilan Makka shahriga hokim bo‘lib turdi. U shahid bo‘lgandan keyin Maoviya [ibn Abu Sufyon] zamonida uning buyrug‘i bilan Ubayd Ziyoddan so‘ngra, Xuroson hokimligiga tayinlangan urush boshliqlaridan Usmon o‘g‘li Sa’id ketidan Movarounnahrga keldi. Usmon o‘g‘li hazrat Sa’id yarash yo‘li bilan Samarqandni olib, xalqiny mu-sulmon qildi. Dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurguzmoq tilagi bilan Qusamni bir necha islom qo‘shini bilan birga bunda qoldirdi, 57 hijriyda (milodiy 677 y.) kofirlar shaharga hujum qildilar. Samarqand shahrining Namozgohida Qusam jon chiqariga o‘q tegib shahid bo‘ldi va qutlug‘ gavdasini Banu Nojiya qabristonida g‘or yonida ko‘mdilar. To‘g‘ri rivoyat shudirkim, Usmon o‘g‘li Sa’id Samarqand eli bilan urushayotganda, Qusam jon chiqariga o‘q tegib shahid bo‘ldi va Banu Nojiya qabristonida ko‘mildi. Alloma Utbiy «Sahihi Buxoriy sharhi»da Abbos o‘g‘li Qusamning qabri Samarqandda Ohanin darvozasining yaqinida Banu Nojiya qabristonidadir, deb aniqlab yozib-dir. Abu Abdullo «Tarixi Nishopurlda to‘g‘risi Qusam hazratlari vafot etib Samarqandda ko‘milgandir, deb yozadir. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, hazrat Qusam Shirinket (Samarqand muzofoti) degan mavze’da shahid qilingan va gavdasini Ko‘hak daryosidan kechirib o‘tkazib, Banu Nojiya qabristonida ko‘mdilar. Sulton Sanjar Moziy zamonasida o‘sha qabristonda «Qusamiya» atalgan bir madrasa solingan edi. U Madrasa Samarqand qo‘rg‘onn o‘rniga tepa ustida, Obi mashhad arig‘ining yaqinida, kunbotar tomonida edi. Hozirda undan bir nishona qolmagandir.

Amir Temur ko‘ragonning podsholigi vaqtida ushbu mozor imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatildi. Uning xotin va singillaridan bir nechasi va ba’zi amirlar unda o‘rinlar belgilab, o‘zlari uchun turbatlar va daxmalar yasatib, ularning ustida buyuk-buyuk binolar soldirgandir-lar. Lojuvard tusli falak dunyo yuziga tamosho ko‘zini och gondan beri bunga o‘xshash go‘zal vya bezaklik imorat ko‘rmagan. Firuzaranglik, qo‘bturma naqshlik (muqarnas) g‘ildirak oy bilan quyoshdan o‘ziga ko‘z yasagandan buyon bu kabi binokorlik koshinlarni tamosho qilmagan. Bu imoratniig ko‘rinishidan ko‘zlar bezanib, murassa’ (bir-biroviga kelishtirib chizilgan injular) bo‘ladir.

Ushbu satrlar va bu risolani yozuvchi men yaxshi ittifoq tushib panjshanba kuni tush vaqti 16-nchi jumodi al-avval oyi hijriy 1251 [1835, 9 sentabr]da rasuli muxtoriing amakivachchasi Hazrat Shoh undan olloh rozi bo‘lsin, mozorini ziyorat qilgandan so‘ng, imoratlarini, masjid va miyonsaroylarini, gumbazlarini va u yerdagi yozmalarini kirib ko‘rdim va ko‘rgan-bilganlarimni ko‘chirib bu yerga yozdim, shuning uchunkim, zamonning o‘zgarishi bilan bu asarlar ko‘zdan yo‘qolganda. ushbu qog‘ozda yozgulik qolgay, ibrat olingiz, ey aqli solim egalari!

Yashirin qolmasinkim, Hazrati Shohning muborak mozori bilan bir qatorda bo‘lgan masjidlarning imorati 735 (1334-35) yilda bytkandir. Solinish tarixinnng yozmasi gumbaz ichida ko‘rniib turibdi. Lekin masjidi kalonning solinishi tarixi o‘chmish va yo‘kolgandir. Uzuncha miyonsaroy tomonida-gi eshigi ustida bir yoqda Sulton Ahmad102 va boshka yokda Sulton Abu Sa’id oti yozilgandir. Ba’zilar Amir Temurdan burun xon bo‘lib o‘tgan Sulton Abu Sa’id tomonidan ushbu bino solingan bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydilar. Uzuncha miyonsaroyga kiriladigan o‘ymakor darvozaning yasalishi tarixi 807 (1404-05) yillarkim, hozirda ham darvozaning burnida yozmasi bor. Ushbu miyonsaroyning shimolida, zinalar qarshisidagi ihota qilib olingan yalanglikning bir yonida Amir Temurning xotini, Amir Muso o‘g‘li bo‘lgan Amir Odilning kizi Tumon oqo daxmasining gumbazi bor105. Daxma oldida masjid bor. Uning shimolida Axmadxojaning daxmasi bor. Kunchiqar tomonda Qutluq oqoning daxmasi bor. Ushbu Qutlug‘ oqo ham Amir Temurnnng muxtaram xotinlaridan biridir. Tuman oqo daxmasining bitkazilish yili 862 (1457-58)dirkim devorida yozilgandir. Zinalarning yonida, yuqori tomonda to‘rt gumbaz bor: ikkalasi yo‘lning kun bota rida, yana ikkalasi yo‘lning kunchiqaridadir. G‘arb tomonda ikki gumbazkim, bir-birisiga tutashgandir. Birisi Amirzoda daxmasidir. Uning bitirilish yili 799 (1396-97)dadir, deb yozilgani ravoqida kurinib turibdi. Ikkinchisi Amir Tara-toy qizi, Amir Temurning singlisi bo‘lgan Turkon oqoning daxmasidir. Uning bitirilish tarixi 773 (1371-72) yildirkim, ravoqida yozilgandir. Uning (Turkon oqoning) o‘limi 785 (1383-84) yilda voqe’ bo‘lgan. Yo‘lning kunchiqarida bo‘lgan ikkala gumbazdan birisi Turkon oqo gumbazining qarshisidagisi Amir Temur singlisi Tarag‘oy qizi Shirinbeka oqo daxmasi erur. Uning bitirilishi 767 (1365-66) yildadirkim, yozuvi ravoqida ko‘rinib turibdi. Kunchiqardagi u birisi Amir Husayn daxmasi bo‘lib, Amirzoda gumbaziiing qarshisidadir. Uning bitirilish yili 777107 (1375-76)dadirkim, ravoqidagi yozmada bordir.

Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy o‘z tarixida shunday yozadikim, Amir Temur 801 (1399) yilda Hinduston yurishidan qaytib kelib, sha’bon oyida (8 aprel-7 may) Samarqanddagi Bog‘i dilkushoda bo‘lgan ko‘shkiga qo‘ndi. Oltinchi sha’bonda (13 aprel) Samarqand ichiga kirib, yettinchisida Qusam [ibn] Abbos o‘g‘lining raziollohu anhu — tangri undan rozi bo‘lsin — fayzberuvchi mozoriga ziyorat uchun borib kutlandi. Undan Hazrati Shoh sharofatli mozori darvozasiniig qarshisida bo‘lgan Tuman oqo xonaqohiga borib peshiy namozini onda o‘tab, Bog‘i chinoron sari jo‘nadi. Undan Bog‘i behishtga qarab ketdi. Kelasi kuni Bog‘i balandga kelib qo‘ndi. Ushbu so‘zlarni (mavlono Sharafuddin) masjidi jome’ining solinishi to‘g‘risidagi yozgan bo‘limida aytadi109. Zinalarning quyisida, katta yo‘lning yonida bo‘lgan masjid, miyonsaroy va hujralarnn esa Ulug‘bek mirzoning o‘g‘li Abdulaziz mirzo soldirgan. Uning bitirilishi tarixp 838 (1434-35) yillardirkim, miyonsaroy ravoqidagi yozmada ko‘rinib turibdi. Va yana zinalarnipg qo‘yisida, kunchiqar tomonida [katta darvoza va miyonsaroydan o‘tkach, o‘ng qo‘lda] bir Madrasa bordirkim, uni mo‘minlar amiri Sayid Amir Haydar saltanati chog‘ida davlatining ishonchli kishisi va sultonlik noyibi, sha’n egasi bo‘lgan samarqandlik Davlat qushbegi 1228 (1811) yilda soldirgan. Ushbu Madrasa eshigining yonida, shimol tomonda, Samarqand hokimli bo‘lib turgan Madrasa egasi-ning o‘g‘li marhum Muhammad Sharifbiyniig qabri bor.

Ammo shahzoda Qusamning nur sochuvchi mozoriniig ziyoratidan ahli dillar ajoyib zavq oladilar. Bu sharofatli joyning tuprog‘ini podsholar o‘z ko‘zlariga to‘tiyo qiladilar. Tajribada ko‘rilgandirki, har bir hayosiz va nopok kishi yaqin yoki uzoqdan u kishining mozoriga ehtiromsiz-lik ko‘rsatsa, tangri taolo andak fursatda uning jazosi-ni beradi. Payg‘ambarning elchisi, unga salom va salot bo‘lsin, aziz sahobalari karomatlarini ko‘rsatadi.

Ikkinchisi Shayx ul-islom [xoja]Abdulhasan va uchinchisi Abu Nasr Qassob va to‘rtinchisi Amiri Xuroson mozorlari Abbos o‘g‘li Qusam mozori bo‘lgan tepada ekan. Hozirda sog‘ona toshlari va belgilari yo‘qolgandir. Beshinchisi Muhammad ibn Moliki Ashtar mozori Afrosiyob qo‘rg‘onining qirg‘og‘ida, Obi mashhad arig‘ining yonidadir. Ushbu mozor bilan Obi mashhad arosida bir katta yo‘l bordir. Uning Hazrati Shoh yoronlaridan ekani [ga] mashhur. O‘zga ahvoli belgilik emas va yana tangri taolo yaxshi biladi.

Oltinchi. Xoja Abulhasan mozori. Bu mozor Xizir alayhi-s-salom masjidining kunbotar devori orqasida va yaqinidadir. Uning qabri ustida tosh maydalaridan, uzuncha sog‘ona shekillik, nishona yasabdirlar. U kishi mozorining barakoti ochiq va oshkoradir, unga tangrining rahmati bo‘lsin.

Yettinchi. Xoja Muhammad sangrason mozori. Uning oti Xoja Hamaviy bo‘lib, Qabri Afrosiyob xandaqi kunbotarida, shimoliy burchakdadir. Aytadirlarkim, u hazrati Shoh yoronlaridan edi, musulmonlar bilan kofirlar o‘rtasida bo‘lgan urushda tosh yetkuzib turgan emish. Ushbu mozorning yaqinida bo‘lgan yuksaklikda bir masjidning quyisida bir savmaa bordurkim, tangri qo‘llarining turar o‘rni ekan. Ushbu qabristonda bir talay avliyolarning mozorlari bor. Xoja Muhammad Fazl Balxiyning mozori ham shundadir. Balxdan Samarqandga kelgan va bunda uni qozi qildilar. Shundan keyin hajga borib, yana Samarqandga qaytib keldi. O‘limi 319 [931-32]dadir. Muhammad Nasriy Marvaziy, Muhammad ibn Sa’id Buxoriy va xoja Muhammad Validning qabrlari ham ushbu pushta ustida ekankim, nishonalari yo‘qolib, bilinmay qolibdi. Hazrat Sayyid Ahmad va uning xalifasi mavlono Shamsuddin O‘zgandiyning mozorlari ham ushbu qabristonda. Poyqaboq darvozasining yaqinidadir. Bu ikkala buyuk kishi bir uzuncha supa ustida rohatda yotadilar. Ular turk shayxlaridan ekanlar. Xoja Muhammad sangrason qabristonining kunbotar chek orasi Novadon arig‘ining jarligidir. Bu ariq buloqlaridan ke-lib, shahar ichidan o‘tib, Siyahob arig‘iga quyuladi. Shimol tomoni Siyahob arig‘idir, kunchiqari Afrosiyob qo‘rg‘oni-ning va janub tomoni Samarqand qo‘rg‘onining o‘rnidir. Shu aytilgan oralig‘ida chet bo‘lgan maydon azizlar va musulmonlarning qabr o‘rinlaridir. Bu maydon sahnidagi tepachalar, sog‘ona xarobalarining namunasidirkim, imoratlari buzilib, yo‘qolgandir. Afrosiyob qo‘rg‘onining qirg‘og‘ida, g‘arbi-shimoliy burchakda, Banda xotinning mozori va Miskin nomlik savmaa bor ekankim, hozirda ikkalasi ham yo‘qolgandir. Siyahob arig‘ining yaqinidagi baland tepa ostida «Miskin» deb ataladigan bir g‘or bordirkim, turk shayxlaridan bo‘lgan Xodim Azizon shayxning qabri uning shimolidadir. Bu shayxning mufassal tarjimai holi «La-mahot» kitobida bor. Mozorining ziyoratidan kishi kupli ta’sirlanadi.

Siyahob yaqinida bo‘lgap Banda xotin mozorining pastligida bir bulok bor, uning suvini qutlug‘ biladilar. Bayt:

Chashma ki mejo‘shad az in xokdon,

Ashki mukimoni tayi xok don!

Tarjimasi:

Bu tuproqdan qaynab chiqqan buloqni

Tuproq ostidagilarning ko‘z yoshi [deb] bil!

Sakkizinchi. Serbarakot G‘otfar mahallasining mozori. G‘otfar mahallasini G‘otfir ko‘chasi ham deydilar. Ushbu mahalla Samarqand shahrining tashqarisida, arkning g‘arbi-shimoliy burchagi qarshisidadir. Bu yerda bir mozor bor, [uni] xalq Xoja Yusuf Hamadoniy qabri deb ziyorat qiladilar. Hazrat mavlono Abdurahmon Jomiy «Nafahot-ul-uns» kitobida Xoja Yusuf Hamadoniy qabri Marv viloyatida deb aniqlab yozadi. Ulkan avliyolardan sanaladitan Xoja Abu-l-favoris Bag‘dodiyning qabri shunda-dir. Yana Imom Lomishiy, Umar ibn Ahmad Marg‘inoniyning mozori, Xoja Iskandar Doramiyning turbati, xoja Zayniddin Dimishqiyning qabri [ham] ushbu mahalladadir. Shu yerda, jar yaqinida, eski zamonda bir tepa bor ekankim, u «Tali to‘g‘on» deb atalar ekan. Hazrat shayx Shams ul-aimmayi Halvoiyning mozori shu tepaning yaqinida ekan. Xoja Duryuzagar va xoja Mo‘ytobning mozori ham shundadir. «Tali to‘g‘on»ga yaqin va unga tutash «Tali muharrabon» deb ataladigan bir tepa ham bor. Xoja G‘otfariy ushbu tepada ko‘milgan. Hozirda ularning nishonalari va yozuvli toshlari yo‘qolgan. Bularni eski kitoblardan va keksa kishilardan surishtirib yozdik.

Xishtko‘prik oldida, Navbog‘ tomoniga boriladirgon yo‘l chetida, jar ichida bir azizning fayz asarli ko‘milgan o‘rni bor. Turklar uni «Soylik ota» deydilar. «Savolik ota» otaguvchilar ham bor. Ularga tangrining rahmati va roziligi bo‘lsin.

10 BOB. QABR AHLLARINING ZIYoRAT YO‘LLARI

Samarqand arki ichidagi mozorlar

To‘qizinchi. Qutbi Chordaho‘m mozori. Bu kishining oti Shayx Nuriddii Basirdir. Undan «sizning zamoningizda qutb kimdir?» deb so‘ragaida u: «birodarim Abdullo o‘n uchinchi kutbdir, biz o‘n to‘rtinchimiz», deb javob beribdir. Shuning uchun «Qutbi chordaho‘m» deb dong chiqargan. «Basir» shuning uchun deganlarkim, u kishi onadan so‘kir tug‘ilgan bo‘lsa ham, valiylik nuri bilan barcha ko‘rgulik-larni ko‘rar edi. U qutblar orasida o‘n to‘rt kechalik to‘lgan oydek edi. Shunga ko‘ra, o‘zini o‘n to‘rtinchi qutb ataydi. U shayx Zayniddii Kuyi Orifoniyning xalifasi bo‘lib, undan tarbiya topib, qabul darajasiga yetgan. Shayxlikda tugallanib, eng so‘nggi bosqichiga mingach, yo‘lboshchisining g‘aybiy ishorati yuzasidai, onasi bilan birga No‘shkentdan Samarqandga ko‘chib kelibdi. No‘shkent va Kuyi Orifon Toshkent viloyatining qishloqlaridandir. Samarqandga kelgach, Novadon bulog‘ining yoqasida, Ko‘yi cho‘pononda sabzarang yoki «Masjidi kabud» va turklar tomonidan «Ko‘k machit» deb ataladigan masjidda qo‘nib, shunda o‘rmashib-dir. Zikrni jahriya yo‘li bilan aytar ekan. Bir talay kishini olislik o‘rnidan yaqinlik darajasiga yetkizibdir. U 640 [1242-43] yilda o‘ldi. Gavdasini Novadon bulog‘ining yoqasida ko‘mdilar. Aytadirlarkim, Qutbi chordaho‘mning qutlug‘ mozori Novadon bo‘yida arkning tashqarisida ekan. Amir Temur ko‘ragon hazrati shayx Abu Sa’id ibn hazrati shayx Burhoniddin Sog‘archiy dan o‘z ishlarining oldinga borishi uchun ruhoniy yordam so‘raganda, shayx Nuriddin [Qutbi chordaxo‘m] qabrini ziyorat etishga buyuribdi. Shu shayxniig buyrug‘i bo‘yicha Amir Temur Qutbi chordahum mozorini Samarqand arkiga kirgizib, qabri ustida go‘zal va yuksak bir bino soldirgan va gumbazining ustiga oltindan bir qubba yasatib o‘rnatgan ekan. Ushbu mozorning ziyorati duoning qabuli va tilaklarning yuzaga chiqishiga ancha ta’sirlikdir. Amir Temur kechalari shul mozorning tevaragida aylanib yurar ekan. Bayt:

Kor na in gumbazi gardon kunad,

Harchi kunad himmati mardon kunad.

Mazmuni:

Ishlarni qiladigan shu aylanuvchi gumbaz [ya’ne falak]emas,

Balki har nima qilsa, erlarning himmati qiladi.

O‘ninchi. Hazrati faxr ul-islom Ali Pazdaviy mozori. Bu mozor Samarqand o‘rdasining ichida, Vazir masjidiniig sahnasida, Qutbi chordaho‘m mozorining yaqinidadir. Ushbu imom otasining oti Husayndir. Ali Pazdaviy Yujildlik «Mabsut» kitobi, «Jome’ us-sag‘ir» sharhi hamda usuli fiqhda «Usuli Pazdaviy» kitoblarni yozgan. Derlarkim, shu imomning zamonasida Shofe’iy mazhabida bo‘lgan bir olim kelib, hanafiy mazhabidagi olimlarni yenga boshladi va o‘z mazhabiga kirgazaverdi. Mullalar uning bilan munozara qilishga undab imomga yopishdilar. Imom ko‘nmadi. Lekin mullalar firib ishlatib uni munozara qildirdilar. Shofe’iy olimi imom Shofe’iyni maqtab, u bir oyda «Qur’on»ni yodlagandir, dedi. Imom: «Bu juda qulay bir ish, olti oyda el aro tarqalgan butun ilmlardan xabardor bo‘lmak mumkin, dedi. Olti oydai keyin qaysi kitobdan so‘rasalar, [Ali Pazdaviy] mufassal yo‘sinda aytib berar edi. Shofe’iy olimi bu holni ko‘rgach, inday olmasdan ojiz qoldi. Aytadirlarkim, imom «Ehyo al-ulum» kitobining muallifi 40 jildlik «Yoqut at-ta’vil» tafsiri va «Mishkotul-anvor»ning muallifi bo‘lgai imom hujjat ul-islom Zaynuddin Abu Homid Muhammad ibn Axmad al-G‘azzoliy bilan ko‘rishib suhbatlashgan. Hujjat ul-islom ot go‘shtining halolligini da’vo qilib dalil keltirdi, [ammo] imom [Pazdaviy] qabul kilmay, javob qaytardi. Hujjat ul-islom indamasdan qoldi. Naql qiladilarkim, imom [Pazdaviy] Samarqandda qozi bo‘lib turdi. 482 [1089-90] yilda o‘ldi. Yana derlarkim, birov imom [ya’ni imom Pazdaviy] qoshiga kelib «Qur’on»ni forsiychaga o‘gurib o‘kisalar va arabchasini bir yoqqa tashlasalar tuzukmi?», deb so‘rabdi. Imom darhol u kishini o‘ldirishga buyurdi va «bu kishini o‘ldirishga buyurishimning sababi shulkim, bu odam «Qur’onini mo‘‘jizalikdan chiqarib, dinga xalal va o‘zgarish kiritmoqchidir. Shunga ko‘ra uni o‘ldirishni vojib bildim», dedi. Imomiing bu ishini Samarqand hokimi ma’qulladi.

O‘n birinchi. Hazrat shayx Abdurahmon ibn al-Avf Deb shuhrat qozongai Shayx Abdurahmon mozori. Bu mozor ark darvozasiga tutash, Qutbi chordaho‘m va imom Faxr ul-islom-mozorlari yaqinidadir. Lekin «Tarixi Madina»da «Abduraxmon ibn al-Avf mozori munavvari Madinada Boqe’ qabristonidadir», deb ko‘rsatiladi. Ikkala kishi bir nom bilan atalgan bo‘lsa ehtimol. Yana ulug‘ tangrining o‘zi biladi. Uning, xudoning rahmati bo‘lsin, mozori juda nurlidir.

Bulardan boshqa Samarqand arki ichida yana uch mozor bor: birinchisi arkning shimolida, ikkinchisi kunbotar tomonida va uchinchisi Qutbi chordaho‘m darvozasi emas, o‘zga bir darvozaning yaqinidadir. Bu uch azizning ot va hollari belgilik emas.

Samarqand shahrining oliy arkidan tashqarida bo‘lgan serbarakot mozorlar

O‘n ikkinchi. Hazrati Ruhobodning fayz osorlik mozori. Ushbu mozor egasining muborak oti mavlono Burhoniddin Sog‘archiydir. Sog‘arch Samarqandga qarashli qishloqlardan ekankim, hozirda buzuqdir. Bu mozor Samarqand shahriniig ichida, arkning janubiy devori yaqinida. Aytadilarkim, mavlono tiriklik chog‘ida bo‘lg‘usi mozor o‘rniga kelib «ushbu tuproqdan tanishliq isi keladi», degan emish. O‘lganidan so‘ng shunda ko‘milgan. Mavlono Hazrat Umari Xattob, tangri undan rozi bo‘lsin, naslidandir. Muhammad payg‘ambarning bir tola tuki mis idish ichida qabrining gumbazi shiftida osilgan. Mozori ustidagi gumbaz Amir Temur ko‘ragon tomonidan solingan. Ushbu mozornnng ziyorati kishining ko‘nglini ochar va ruhini orttiradi.

O‘n uchinchi. Hazrat Vaysiy otaning fayz osorli mozori Samarqand shahri ichida shaharning kunbotar tarafida Zingaron guzaridadir. Uning hazrati Vaysiy Qaran naslidan bo‘lganligi mashhurdir. Onadan tug‘ma valiy bo‘lganligi sababli uni «Vaysiy» ataydilar. U kishining mozori porloq, nurlidir.

O‘n to‘rtinchi. Hazrat Amir Sayyid Baraka mozori. Samarqand shahrining ichida, Amir Temur ko‘ragon daxmasining gumbazi tagidadir. Hazrat Sayyid Baraka Kirmon viloyatidan Balx shahriga kelib. Amir Temurga botindai yordamlashibdir va Amir Temur Sayyid Barakani Samarqandga olib kelibdir. Sayyid Samarqandda bo‘lgan vaqtda, Amir Temur Muhammad Sulton madrasasini ko‘rgani borib, o‘sha madrasaning kunbotar tomonida, o‘zining qabri uchun marmar va yashil toshlardan yuksak bir bino va gumbaz soldirdi. Gumbazning shimolida ulkan bir Madrasa soldirib, uning sahnasida go‘zal bir chorbog‘ tuzdirdi. Sayyid Baraka o‘lgandan keyin uning o‘ligini Mozandarondan keltirib, ushbu gumbaz ichiga ko‘mdirdi. O‘zining ko‘milajak o‘rnini ham Sayyidning oyog‘i ostida belgiladi. Amir Temur eng keyingi safari bo‘laroq 300 ming urushqoq kuchli qo‘shin bilan Xitoy o‘lkasining fathi uchun yo‘lga chiqdi. Yo‘l ustida Turkiston muzofotidan bo‘lgan O‘trorga borgach kasallanib, Keldibek uyiga qo‘ndi va shu yerda vafot etdi. Besh kun ichida uning o‘ligini Samarqandga keltirib, o‘z daxmasining gumbazi ichida Sayyid Barakaning oyog‘i ostida marmar sanduqqa solib ko‘mdilar. O‘trordan Samarqandga 70 toshloq yo‘ldir. Aytadurlarkim, Shohrux mirzo [otasining o‘limini eshitib] Hirotdan Samarqandga kelib, otasinining o‘ligini u yerdan (o‘zining daxmasidan) yov xavfidan boshqa yashirin bir o‘ringa ko‘mdirdi.

Sulton Shohrux mirzo, Mironshoh, Muhammad Sulton va Mirzo Ulug‘bekning sog‘onalari Amir Temur daxmasining gumbazi ichidadir. Hazrat Sayyid [Baraka]ning mozori qutlug‘ bir mozordir. Gumbaz ichida supa ustida Mir Sayid Umar ibn Sayid Kulolnipg [ham] qabri bordir. Uning mozoridan nur zohirdir. Amir Temur daxmasining gumbazi ustida oltin qubba o‘rnatilgan ekankim, viloyatning buzg‘unchilik chog‘ida qandaydir bir baxtsiz olib yo‘q qilgandir.

O‘n beshinchi. Xoji Sayyid imom deb mashhur bo‘lgan hazrat imom Nosir uddin mozori. Ushbu mozor Samarqand ichida. Novadon bulog‘ining kunbotar tomonida, tepa ustida va boyagi Novadon bulog‘i arig‘ining yaqinidadir. Hazrat Xon Sayyid burungi o‘tmishlardan bo‘lib, tarjimai holi belgilik emas.

O‘n oltinchi. Korizon darvozasi, boshqa ot bilan aytgan-da, Xoja Ahror darvozasining yaqinida, shahar qo‘rg‘onining qirg‘og‘ida ichkari yoqda bir mozor bor. Yana shunga o‘xshash xon Sayyid imom mozoriga boriladigan katta ko‘cha-ning g‘arbida, darvoza yaqinida bir mozor bordir. Bu ikkala mozor egalarining nomlari va tarjimai hollari aniqlanmadi, ularning yotgan tuproqlarini yana tangrining o‘zi yaxshi biladi.

O‘n yettinchi. Hazrat Muhammad ibn Imom Ja’fari Sodiqning, olloh ulardan rozi bo‘lsin, fayz osor mozori shahar ichida, Sherdor madrasasi ravoqining janubiy guldastasi ostidagi gumbaz ichidadir. Aytadirlarkim, amir Yalangto‘shbiy otaliq hazrat imom gavdasini ulug‘lash uchun u yerda Madrasa soldiribdi. Eron tomonidan kelgan eski, lekin avvali tushib qolgan bir kitobdakim, [unda] imomlarning tug‘ilishlari, yoshlari, vafoti va qabrlarining o‘rinlari surishtirilib yozilgan edi, unda imom Muxammed ibn Ja’fari Sodiqning, Olloh ulardan rozi bo‘lsin, mozori Samarqanddadir, deb ko‘rgazgandi. Ushbu belgilangan o‘rin ekani mashhurdir.

O‘n sakkizinchi. Shayx Abu Mansur Moturidiy mozori. Chokardizada. Ushbu qabriston [Chokardiza] shahar ichida, kunchiqar tomonda shaharning bir chekkasidadir. U yer tubda imomi zohid Abu Ishoq ibn Ibrohim ibn Sammosi Mutava’iyning bog‘i ekan va o‘zi ham o‘sha yerda ko‘milgan ekan. Shu qabristonning o‘rtasida bir masjid bor. Shayx Abu Mansurning mozori shu masjidning‘ janub tomonida va yaqinidadir. Qabr uzoridagi ko‘k tusdagi sog‘ona toshi masjid devoridan besh gaz chamasi olisroqdadir. Shayxning Moturid qishlog‘ida bir bog‘i bor ekankim, ko‘pincha yog‘ochlarini va nihollarini o‘z qo‘li bilan o‘tqizar emish. «Hayratul-fuqaho» kitobida bordirkim, [bir kun] shayx Abu Mansurning xizmatchisi ketmon chopar va shayxnnng o‘zi tok o‘tqazar edi. Shu choqda muazzin azon ayta qoldi. Shayx ishni to‘xtatib, masjidga bormoqchi bo‘ddi, lekin tok o‘tqazgani oshiqib borolmadi. Bir yildan keyin podshoh har bir boqqa bir necha [ko‘za] ichkilik bid’at soliq soldi, Hazrat shayx «Ushbu bid’at mening tok o‘tqazishga mashg‘ul bo‘lib, namoz ishini keyinga qoldirish ishimning shumligidan yuzaga chikdi»! deb muborak sallasini yerga urib yig‘lar edi. Aytadirlarkim, shayx bir kun bog‘da edi, Bag‘dod xalifasi tomonidan, shayxdan bir masalani so‘ragani Samarqandga yuborilgan elchi kelib bog‘ eshigini kokdi. Shayx yirtiq kiyim kiyingan holda chiqdi. Elchi; «Mavlono qaydadir?» —deb so‘radi. Shayx: «Mavlono Tangridir», deb javob berdi. Tag‘in elchi: «Xoja qaydadir?» deb-so‘radi. Shayx: «Xoja Mustafodir», deb javob qaytardi. Yana elchi: «Abu Mansur qaydadir?» deb so‘radi. Abu Mansur: «Ushbu tilanchi keksa», deb o‘zini ko‘rsatdi. Aytishlaricha, uning yoronlari dars ta’limi olish uchun [shayxning] bog‘iga kelar edilar. Ittifoqo, hamal oyi edi, shayx yoronlari uchun bir o‘rik daraxtining shoxini qoqdi. Uning karomatidin yer o‘rik mevasi bilan to‘ldi. Yoronlar yeb to‘ydilar. Moturid — Samarqandning tashqarisida, uning shimol tarafidagi qishloq. [Yana] naqlda borkim, hazrat Abu Mansurning xotini dag‘al va badfe’l xotin edi. Bir kun shayx tanurga o‘t qo‘yayotgan edn, xotini jahl qilib shayxning muborak orqasiga besh bor tepdi. Shayx umrining oxirida «o‘sha besh tepki bilan [meni va Xaqk, taolo orasidagi yetti pardadan] besh parda[si] o‘rtadan ko‘tarildi va o‘ttiz ikki yil ro‘za tutib, kechalari tik turishni bajo keltirdim, toki qolgan ikki hijob [ham] o‘rtadan ko‘tarilsin deb. Qani endi [o‘shanda] yana ikki tepki ham tepganda, bunchalik mashakqat chekmagan bo‘lur edim», dedi. Hazrat shayxda ajoyib [bir] holat [ham] bor edi. U goho yahudiylar mahallasiga borib «ibodat qilinglar, yoxud o‘linglar!» deb xitob qilar edi. Bu so‘zni eshitganlar imon keltirmasalar o‘sha chog‘dayoq o‘lardilar.

Nojiya firqasikim, ularni sunnat va jamoat ahli derlar, e’tiqod masalalarda ikki bo‘lakka bo‘linadilar. Shayx Abd ul-Hasan Ash’ariyga qaraydiganlarni «Asho’ira» va hazrati Abu Mansuri Moturidiyga qarashlilarni «Moturudiya» deb ataydilar. Rum, Buxoro, Balx, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona va Hindistondek katta musulmon o‘lkalarining barcha xalki va Turkiston hamda Koshg‘ar kabi mam-lakatlarda yashovchi ellar hammasi Moturudiya mazhabidadirlar.

Shayx Abu Mansur mozori toshining kunbotar tomonida «Hazirayi muftiyon» atalgan bir maydoncha bordirkim, unda to‘rt yuz muftiy ko‘milgandir, deydurlar. O‘sha haziraning tevaragida pishiq g‘ishtdan qurilgan devorning qulama izlari bordirkim hali ham ko‘rinib turibdir. Ushbu haziraning ichida xoja Muhammad Xayr ul-Nassojning turbati bordir. Bunda yana Kesh xojalari ham ko‘milgandir-lar146. Chokardiza juda eski qabristondir. Mavlono Shamsuddin Biryongaraning turbati, shayx Muhtasibning qabri, Xoja Alayko‘m va Zayn ul-hojj mozorlari Chortoqning tevaragidadir. Muftiylar hazirasining tashqarisida, Shayx Abu Bakr Buxoriyning qabri va Shayx Abu-l-Qosim Samarqandiyning turbati bor. U [Abu-l-Kosim] o‘ninchi muharram 342 [953 28 mayda] o‘lgan, Shayx Abu-l-Qosim Abu Bakr Varroq bilan ko‘rishgan va suhbat qilishgan. Bulardan boshqa Chokardiza qabristonida Xoja Bahriy Pishovariy, Xoja Rashid, Xoja Duridkash, mavlono Mansur Zohid charmgar, Shayx Obrez va o‘zgalarning mozor va turbatlari bor. Qabristonning shimol bo‘lagining chekkasida, katta ko‘chadan olisroqda, Amir Temur Hirot va Mashhaddan Samarqandga olib kelgan sayyidlarning sufasi bor. U keltirgan sayyidlarning ko‘pchiligi shu sufada ko‘milgandirlar. Shunga o‘xshash, yana Chokardiza qabristonining janubida sayyidlar qabri bor; ularning ko‘milgan o‘rinlari katta bir gumbaz yo‘sinli daxmadadir. Ushbu gumbazning tagida hazrat imom Husayn, undan olloh rozi bo‘lsin, avlodidan birovi ko‘milgan, deb aytadirlar. Hozirda daxma devorining ba’zi yoqlari butun va mahkamdir, lekin sog‘ona toshlari va o‘zga belgilar qabrlar bilan birga Samarqandning buzuqchilik chog‘larida yo‘qolibdir. Ushbu risolaning egasi gumnom Abu Tohirxoja ushbu qabrlar tevaragida doim yuraturgan bo‘lsa ham, ularni belgilagani hech nima topolmadi, lekin ushbu mozor egalarining otlarini eski kitoblarning so‘zlariga qarab tayinladi. Qabriston o‘rtasidagi va hidoyat tug‘i bo‘lgan hazrat Shayx Abu Mansur mozorining ikki yonidagi masjid duo ijobat bo‘laturgan dilkusho maqom va jamiyat bag‘ishlaydigan joydir.

[Hikoyat]: Bir kuni shayx [Abu Mansur] mozorining ziyoratiga borib, masjidga kirib o‘ltirdim. Yonimda o‘ltirgan zohid mendan: «Sababi nimaki, men [tushimda] hazrat shayxni buroq mingan holda ko‘raman. Bu kashf necha bor takrorlandi?», deb so‘radi. Men unga: «Shoyad bu martaba sunnatiga g‘oyat tatabbularidan bo‘lsa kerak», dedim. Bir-muncha vaqtdan keyin «Fatvoi barahna» [kitobi]da151 o‘qidimki, shayx Abu Mansur dunyodan ketadigan kechasi yetmish martaba hojatga chiqib, har bor tahorat qilganda degan: «Bu kecha men dunyodan ketaman. Rasul alayhi-s-salom «dunyodan tahorat bilan ketgan kishi shahid hisoblanadi», degan. «U zotning vafotidan keyin bir kishi tushida yetmishta buroq uning yonida turganini ko‘rgan, [Shayx unga]: «Bu o‘sha qilgan yetmish tahoratim», degan. Qadimiy odatimnn qilib, bir kuni o‘sha maqbara ziyoratiga bordim. U yerda bir kishining boshi ko‘rindi, qarasam, bir ko‘r kishi [ekan]. [Unga] salom berdim. U menga: «Ajabo, bu yer hasratxonaga o‘xshaydi, [uning] har tarafidan hasrat ma’nisi kishining xotiriga keladi. Bu ahvol o‘zga mozorlarda yo‘qdir», dedi. Mening xotiramga hech qanday javob kelmadi. U kishi ham [boshqa] bir nima demadi. Va yana uning maqomotlaridan biri shulkim, u kishining zamonida bir zolim podshoh bo‘lib, xalq uning zulmidan shayxga iltijo qilgan. Shayx tubdan bir kamon yasab, o‘sha zolim [podshoh] tomoniga qaratib otdi. O‘sha kuni u zolim xarob bo‘ldi. Hazrat shayxning ruhoniyatidan maksadlarning hosil bo‘lishi shafoati ochiq ko‘rinib turardi.

O‘n to‘qqizinchi. Imom Najmiddin Nasafiy mozori ham Chokardizada shayx Abu Mansuri Moturidiy mozorining yaqinidadir. Ba’zilar Umari Nasafiy mozori Abdulloh ibn Umar masjidining tashqarisidadir deydirlar.

Yigirmanchi. Mavlono Burhoniddin Marg‘iloniy mozori. Ul kishi «Hidoya» kitobining egasi bo‘lgan. Ushbu Burhonuddin Marg‘iloniyning qabri ham Chokardiza qabristonida, katta ko‘chaning kunbotari hovuziga o‘xshagan chuqurning yonidadirkim, shu katta yo‘l o‘sha hovuz orqali [sharqiy-shimolga qarab] o‘tadi. [Mavlono] Burhonuddinning qabri [o‘sha] katta yo‘lning janub tarafida, pishiq g‘ishtdan qilingan baland sufadadir. Mavlono [Burhoniddin] Najmiddin Umar an-Nasafiyning shogirdidir. U Faxr ul-islom Ali Pazdaviyning shogirdi. Ul kishi imom Shams ul-aima Halvoiyning shogirdi, ul-imom Ali Sa’-diyning shogirdidir. [Imom Ali Sa’diy esa] imom Xalil Abu Bakr ibn Fazl al-Buxoriyga, u esa imom Abdulla ibn Ya’qub Sa’idga shogirddir. [U kishi] Abu Hafs Sag‘iri Buxoriyniig shogirdi, [Abu Hafs Sag‘iri Buxoriy] o‘z otasi imom Abu Hafs Kabiri Buxoriyga, u [esa] Muhammad Hasan Shayboniyga, [u] hazrati Imomi A’zam Abu Xani-faga shogirddir. [Abu Hanifa] ilmni imom Hammod va Ibrohim Nahafiydan oldi. [Ibrohim bo‘lsa] imom Alqamadan, u Abdulla Mas’uddan, Abdulla Mas’ud esa hazrat Payg‘ambardan, unga Tangrniing salot va salomlari bo‘lsin, ta’lim olgan. Mavlono Burhoniddin asr chog‘ida, dushanba kuni rajab oyining sakkizinchisi 515 [1121 yil 23 sentyabrda, seshanba kuni] tug‘ilib, 544 [1149-50] yilda ziyorat uchun hajga borib qaytdi. Zu-l-qa’da oyining 4-si 573 yili [1178 yil 24 aprelda] Samarqanda «Hidoya» kitobini yozib bitkazdi. Seshanba kechasi 14-zu-l-hijja oyi 593 yili [1197 yil 29 oktyabrda] yorug‘ dunyodan tuproq mahallasining qorong‘ulik xonasiga ko‘chdi, unga tangrining rahmatlari bo‘lsin.

Yigirma birinchi. Samarqandlik shoir Hakim So‘zaniy-ning qabri ham Chokardiza qabristonida, shayx Abu Mansur mozorining yaqinidadir. Imom Shihobuddin Umar Nasafiyning ko‘rsatishi bo‘yicha, uning vafoti 566 [1170-71] yildadir.

Yigirma ikkinchi. Hazrat Ismoil shayx mozori. [Ushbu mozor] shahar ichida, turklar Kultepa deb ataydig‘an tepa-ning shimolidadirkim, shu mozor ushbu tepani hazrat shayx Abu Mansur mozorig‘a boriladirgan katta yo‘ldan ajratadi. Ismoil shayx hazrat Najmuddin Kubaroning xalifalaridan ekan.

Yigirma uchinchi. Darvish Xolid mozori. Dari Zanjir mahallasidadir. U Husayn Xorazmiyning xalifala-ridan bo‘lib, suluki jahriya ekan. Dari Zanjir Amir Temur ko‘ragon xotinining raboti bo‘lib, Chokardizaning g‘arb tomonida va musulmonlarning qabristoniga tutashgan.

Yigirma to‘rt. Ya’qub Abu Lays mozori. Ya’qub Abu Lays samarqandlik faqih hazrat Abu Lays naslidandir. [Uning] qabri faqih Abu Lays mahallasida. Dari Zanjir mahallasining janubidadir. U kishi mozorining ziyorati serbarakotdir.

Yigirma beshinchi. Hazrat Sayyid Bakri-d-din mozori. Bu kishini turklar Tegirmonchi ota deb ataydilar. Uning mozori Yalangto‘shbiy mahallasida, Ya’qub Abu Lays mozorining yaqinida, g‘arbi-janubiy burchagida, undan yuz odim chamasi olisrokdadir. Derlarkim, Sayyidning masjidida duo qabul bo‘lur. U turk shayxlaridan ekan. Hazrat sulton avliyo Xoja Axmad Yassaviyning tegirmonchilik ishlari Sayyid Bakri-d-dinga tegishli bo‘lgan. Bu gumnom roqim yuzini ul kishiniig ostonalariga surkardim va ko‘pdan-ko‘p kushoyishlarni ko‘rardim, ul kishiga xudoning rahmati bo‘lsin.

Yigirma oltinchi. Mavlono Darvish mozori. Samarqand ichida, mavlono Maxdumi Xorazmiy mahallasida, shayx Abu Mansur Moturidiy mozoriga boriladigan katta yo‘lning janubida, Maxdumi Xorazmiy avlodlari gumba-zining sharq tomonida va undan yuz odim chamasi olisrokdadir. U «Hidoya» kitobining muallifi mavlono Burhon ud-dinning shogirdlaridan edi. Hazrat mavlono Darvishga holu qoldan g‘olib bo‘lgan millat va din g‘olibi hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror ko‘pincha hazrat mavlono Darvish mozorining ziyoratiga kelar edi. U kishining [mavlono Darvishning] mozori serbarakotdir. U kishiga Tangrining rahmati bo‘lsin.

Yigirma yettinchi. Xoja Muhammad Fazliy Shaqiqiy Balxiy mozori. Shahar darvozasi bo‘lgan va burungi zamonlarda «Firuza darvozasi» deb ataladigan Qalandarxona darvozasi yonida, shahar ichida, qo‘rg‘on devoriniig yaqinidadir. Ushbu mozor shu ot bilan mashhur bo‘lsa-da, lekin Xoja Muhammad Fazliy Shaqiqiy Balxiy mozorining Balxda ekanligi belgilikdir, yana Tangri yaxshi biladi.

Yigirma sakkizinchi. Hazrat Xoja Avliyo mozori. Hazrat Xoja Ahror, sirlari muqaddas bo‘lsin, madrasasiga boriladigan katta yo‘lning kunchiqarida, shahar ichida, xonaqoh mahallasidadir. Xoja Avliyo dahbedlik Mahdumi A’zam naslidan bo‘lib, shayxlikda Bobo Zaynuddin Hindiyga ham muridligi bor edi... Xoja Avliyo mozorining shimol tomonida o‘zga bir mozor bordir. Lekin kimniki ekanligi belgulik emas. Bu kishining mozori nurli va serbarakotdir.

Yigira to‘qqizinchi. Hazrat Xoja Nisbatdor mozori. U shahar ichida, katta ko‘chaning kunchiqarida, So‘zangaron darvozasining yaqinidadir. Tarjimai holi belgilik emas.

O‘tizinchi. Hazrat Sayyid Oshiq mozori. [U] shahar ichida, havzi Jome’kim, havzi Sangin deb [ham] ataladigan mahallada, hovuzdan 200 odim chamasi olisroqda, katta yo‘lning janub tomonidadir. Sayyid Oshiq Samarqandda Ulug‘bek mirzo zamonida vaz’ aytmoq bilan shug‘ullanar edi. Aytadirlarkim, bir kun Sayyid [Oshik] Mirzo Ulug‘bek oldida juda qattiq til bilan va’z aytdi. Ulug‘bek mirzo: «Ey Sayyid! Men yomonroqmi, Fir’avn», deb so‘radi. Sayyid: «Fir’avn», deb javob berdi. Mirzo yana «Siz yaxshiroqmnsiz, yo Muso?» deganda, Sayyid: «Muso alayhi-s-salom», deb javob qaytardi. So‘ngra Ulug‘bek mirzo aytdi: «Tangri taolo Musoga yaratilmishlarning eng yomoni bo‘lgan Fir’avnni to‘g‘ri yo‘lga unnaganda, «qattiqlik bilan achchiq so‘zlamagil, balkim yumshoq va chuchuk til bilai gapirgin», deb buyurdi. Endi siz Musodan ortiqroq bo‘lmay turib, Fir’avndan yomonroq bo‘lmaganim holda, menga kattiq til bilan gapirasiz»,. Sayyid bu so‘zni eshitgach sukut qildi va inday olmasdan hayron bo‘lib qoldi. Bir aziz: «Sayyid uchun javob berishga yo‘l bor edi, lekin podshoh salobatidan jim qolgan bo‘lsa kerak», deydi. Millat va din g‘olibi hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror, uning siri muazzaz bo‘lsin, aytganlarki, [hazrat Sayyid Oshik] va’z majlisida yaxshi so‘zlar edilar. [U kishi] yana deganlarkim, bir kishi tushida hazrat Muso alayhi-s-salom qabriga borib ziyorat qilgan. U yerda [Musoni emas, balki] hazrat Sayydd [Oshiq]ni ko‘rgan.

O‘ttiz birinchi. Hazrat Xoja Muhammad Qotong‘u mozori. [U] Qabz mozori deb mashhur bo‘lgan. Bu mozor shahar ichida, Sherdor madrasasining tashqari sahnidadir. Derlarkim, u hazrat sulton Xoja Ahmad Yassaviy naslidan va turk shayxlaridan edi. Ba’zilar ushbu mozor egasi Xoja Muxammad Dashtinabotiynikidir, deydilar. Dashtinabot Hisori Shodmon viloyatida bir o‘rindir. u kishining karomatlaridan biri, hayvon va insonning siydigi to‘xtalib qolsa, shu mozorning tevaragidan aylantirilsa, darrov sog‘ayib ketgusidir. Bu ko‘zdan kechirilgandir. U kishining mozorlari serbarakotdir.

O‘ttiz ikkinchi. Mavlono Abu-l-Makorim mozori. Tillakoriy jome’ining kunbotar tomonida, undan 200 odim chamasi olisroqdadir. Abu-l-Makorim «Muxtasari viqoya»ga sharh yozganlardan bo‘lib, Muhammad Shayboniyxon [shoh] Budoq sulton o‘g‘li zamonida fiqh ilmida zamonaning birinchi olimlaridan edi, Shayboniyxon u kishidan bir qiyin masala to‘g‘risida fatvo so‘raganda, u javob yozmadi. Shuning uchun Shayboniyxon tajribasizlikdan buyurib, u kishini arra bilan shahid etdirdi. Derlarkim, o‘zi ham bir necha kundan keyin Marvda, shoh Ismoil Safaviy bilan bo‘lgan urushda qilich dami bilan boshi kesilib, shahid bo‘ldi.

O‘ttiz uchinchisi. Xoja Oxiriy mozori. Shahar ichida, Novadon bulog‘ining tepasida. Novadon bulog‘i arig‘i va Samarqand o‘rdasining kunchiqar tomonidagi devorining qarshisidadir. O‘rda qo‘rg‘oni devori bilan xoja [Oxiriy] mozori orasida Novadon arig‘i o‘rtaliqdir. Ushbu xojaning ahvoli belgilik emas va hech kishidan eshitilmagan ham.

O‘ttiz to‘rtinchisi. Hazrati Xoja Abu-l-Fazl Balxiy mozori. Bu kishining kun’yati Abu Abdullohdir. Mozori shahar ichida, [uning] shimoli g‘arbiysida, Poyqaboq darvozasi yaqinidadir. Xoja Abu-l-Fazl sayyid, olim va ochiq karomatli, oydin darajalar egasidir. Balxdan Samarqandga kelgan, bunda qozilik mansabiga qo‘yilgan. Bir ozdan so‘ng Arabistonga safar qilib, hajj etgandan keyin, yana Samarqandga qaytib kelibdi. [Nasabi] Siddiqi Akbar [Abu Bakr]ga tutashadi. Xoja Abu-l-Fazl hazrat imom [Muso] Kozim naslidan bo‘lgan Jalol ud-din Bag‘dodiy ibn Sayyid Muxammed Muslim qiziga uylandi. Undan Xoja Abu-l-Boqiy tug‘ildi. Undan Xoja Sayyid Ashraf, undan xoja Sayyid Nizom ud-din, undan xoja Sayyid Ali, undan xoja Sayyid Imod ud-din, undan xoja Shams ud-din, undan amir Shihob ud-din, undan mir Abu-l-Boqiy, undan Xoja Mir Boqiy, undai Xoja Abd ul-Mo‘‘mii, undan Xoja Abd-ul-Fattoh, undan Xoja Shoh Mirxoja, undan Mohpora begim degan qiz tug‘ildi. Ushbu Mohpora begim ulamolar ustodi va fozillar sayyidi hazrat mavlono Fayziy ibn hazrat Mavlono Orifga turmushga chiqdi. Mana shulardan zamona olimlarining a’lami janob mir Abd ul-Xayrxoja tug‘iddi. Mir Abd ul-Xayrxojadan Samarqand shayx ul-islomi va bir necha kitobning muallifi bo‘lgan janob Mir Abd ul-Hayxoja tug‘ildi, undan Samarqand qozi kaloni hazrat Mir Abu Sa’idxoja tug‘ildi. Undan ushbu kitobning muallifi men — Abu Tohirxoja tug‘ildim.

[Yana bir mozor] Hazrat mavlono Fayziynnng mozori. [Ushbu mozor] Shahrisabz viloyatida Amkana [Xoja ilm koni] degan o‘rinda, Hazrat xoja Amkan mozoristonidadir. Mir hazrat mavlono Abd ul-Xayrxojaning qabri Samarqandda xon Sayyid imom go‘ristonidadir. Hazrati mavlono Mir Abd ul-Hayning qabri Nosir al-millat va addin Xoja Ubaydullo Ahror mozoristonida bo‘lib, Xoja Ahror mozori tafsiloti yozilganda ko‘rsatiladi.

O‘ttiz beshinchi. Hazrat Xoja Muhammed ibn Vose’ mozori. Shahar ichida Hazrati Shoh darvozasi deb ataladigan Ohanin darvozasiga boriladigan katta yo‘lning sharq tomonida, shahar qo‘rg‘oni devorinnng ostidedir. Bu kishini Hazrati Shoh yoronlaridan deydilar. Ushbu mozor yonidagi masjid duo qabul qiledigan o‘rindir.

O‘ttiz oltinchisi. Hazrat Mavlono Zohid Afkori Samarqandiy mozori. Hozirda Hazrati Shoh darvozasi deb iomlanedigan darvozaning tabaqasi orqasidedir. Derlarkim, mavlono qirq chilla o‘ltirib, jinlar va farishtalarning ko‘pchiligini o‘ziga qaratib olgan. Mavlono [tiriklik] kunlarida Samarqandda qattiq qahatchilik bo‘ldi. Mavlono [buni daf’ qilmoq uchun] hujrasining devoriga aliflar shaklidan halqa yasedilar. Tamomi shahar ahlining bo‘sh qolgan xonalari bug‘doy bilan to‘lib, barcha ma’mur va mo‘l-ko‘l bo‘lib ketdi. Ba’zi kashf ahllari mazkur darvozadagi mozor mullo Sakkokiyning qabri, deb tasxir qilganlar. Ehtimol, bu keyingi [yoki] avvalgi laqablari bo‘lsa, yana Tangri biladi.

O‘ttiz yettinchisi. Xoja Jonxoja mozori. Shahar ichida, Amir Temur masjidi jome’ining (Bibixonym) kunbotar tomonida, uning yakinidadir. Xoja Jon, hazrat Oxundiy Azizonning xalifalaridandir. Oxundning tarjimayi holi «Lamahot» kitobida bor. (Hazrat Olim Shayx avliyolar maqomoti va hazrat Sulton xoja Ahmad Yassaviyning Sultoniya silsilasida yozilgandir).

O‘ttiz sakkizinchisi. Hazrat Amman Shoh mozori. Katta ko‘chaning kunbotar tomonida Xoja Jonxoja mozorining yaqinida, bir oz janubiy burchakka moyildir. Xoja Jonxoja mozori bilan Amman Shoh mozori orasi 300 odim chamasi keladi. Bu kishining hazrat shoh Qusam ibn Abbosning ammasi ekanligi mashhurdir. Yana Tangri yaxshi biladi.

O‘ttiz to‘qqizinchisi. Hazrat Xoja Zudmurod mozori. Shahar ichida Amir Temur ko‘ragon jome’idan (Bibixonim) Poyqaboq darvozasiga boradigan katta yo‘lning janubidandir. Ushbu mozor el aro hazrat Jirjis payg‘ambar mozori deb mashhurdir. Hazrat Jirjis payg‘ambar qabri Mo‘sul viloyatidandir. Bir aziz «bir ismning bu ikkalasi orasida o‘rtoq bo‘lganidan shunday mashhur bo‘lgani ehtimoldir» deydi. Aytadilarkim, bu mozorga sig‘inganlar-ning tilaklari tezlik bilan borliqqa chiqqanidan «zud-murod», deb atalgandir. 1249 hijriyda (1833-34) usto Muhammad Sharif degrez shu mozorning tevaragida yuksak va bezaklik bir ayvon solib, sutunlardan birinchisini chuyandan filpoya qilib qo‘yib o‘rnatdi.

Bundan boshqa, Samarqand shahrining atrofidagi va tog‘-laridagi mozorlarning qabr alomatlari qolmagani uchun bu yerda zikr qilinmadi. Samarqanda xalifa hazrati Usmonning, Tangri undan rozi bo‘lsin, «Qur’on»i bor va xalifa shu «Qur’on»ni o‘qib turgan chog‘ida shahid qilingandir. Xalifaning to‘kilgan muborak qoni izi hali ham shu «Qur’on»ning ostida bor. Ushbu «Qur’on» ni Amir Temur ko‘ragon keltirib o‘z daxmasida qo‘ygan edi. Viloyatniig buzuqchilik chog‘ida u yerdan olinib xoja Nasriddin Ubaydulloh Ahror madrasasi (Madrasai safed)da qo‘yildi. Ushbu «Qur’on» kiyik terisiga kufiy xat bilan yozilgan. Xalifa Usmonning qutlug‘ qoni qora-qiziltusda ko‘rinib turibdi. Xalq ushbu «Qur’on»ni muborak bilib, ziyorat etishadi.

Samarqand tumonlaridagi mozorlar

Endi shahardan tashqari, shahar muzofotida bo‘lgan mozorlarning o‘rinlarini ko‘rsatamiz va ular to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Hazrati shoh mozori. Shahardan tashqari bo‘lsa ham, uni boshida yozish munosib ko‘rildi. Uning etagida, yerlari va o‘rinlariniig yaqinligidan, bir-birovlariga munosabatli bo‘lganlaridan, Muhammad ibn Malik Ashtar, xoja Abu-l-Hasan [Abu-l-Husayn — Abu-l-Husno], xoja Muhammad sangrason va hazrat xoja G‘otfar mozorlari ham belgilandi.

Endi shahar tashqarisidagi mozorlarni ko‘rsatmoqqa boshlaymiz.

1. Xoja Doniyol mozori. Shahar tashqarisida, shimol tomonda Afrosiyob qo‘rg‘onining kunchiqar tomonidagi raxnasida, Siyahob arig‘ining yoqasidadir. Avom uni Doniyol payg‘ambarning qabri deydi, lekin u (Doniyol)ning mozori Mo‘sul viloyatidadir. Derlarkim, u (Doniyol) Abbos o‘g‘li hazrat Qusamning, Tangri undan rozi bo‘lsin, yoronlaridan edi va shu yerda ko‘milgandir. Qabrning nishonasi uchun [qabr ustiga] daryo toshidan to‘kib qo‘yilgai. U kishining mozori serbarakotdir. U zotning mizojidan muborak boshlari [tarafidan] Siyahob arig‘idan yaqin yerdan [bir] buloq chiqib, Siyahob arig‘iga quyadi. Xalq [uni] tabarruk bilib ichadilar va cho‘miladilar va [uni] ko‘p kasallar shi-fosiga sabab deb biladilar. U kishiga Tangrining rahmati bo‘lsin.

2. Hazrat Xoja Piri maydon mozori. Bog‘i maydon qishlog‘ida, Afrosiyob qo‘rg‘onining yaqinida, shimol tomondan Obi Rahmat arig‘i [bilan] Siyahob arig‘ining o‘rtasidadir. Ushbu mozor egasining oti Xoja Rashid Valiy erur, o‘zi xudoparastlardan ekan. Va yana u kishining mozori shahardan tashqarida, shaharning shimoliy tarafida bo‘lib, g‘oyatda serbarakot va nurlar manbaidir, u kishiga rahmat bo‘lsin. Azizlarning ostonalariga yolvoruvchi men u zotning mozoriga ko‘p borar edim va ishimda [undin] kushoyishlar topar edim.

3. Hazrat Bobo Sobit mozori. Shahar tashqarisida, shimol tomonda, rasadxona tepasining quyisida va Obi Rahmat arig‘ining‘ yoqasidadir. U Xoja Baho va-d-din Naqshbandning, sirlari muqaddas bo‘lsin, xalifalaridan ekan.

4. Dahbedlik hazrat Maxdumi A’zamning o‘g‘li hazrat Xoja Ishoq valiy mozori. Shahar tashqarisida, shimol tomonda, Bog‘i baland qishlog‘ida, Amir Temur ko‘ragoniy chorbog‘i havzining yonidadir. Xoja Dahbedga qarashli boshqa qishloqlardan bo‘lgan Safeddukda ko‘milgan ekan. Zamonning o‘tishi bilan Ko‘hak daryosi hazrat xojaning mozoriga yaqinlashgach, o‘g‘li Abdulloxoja uning suyaklarini u yerdan olib, daryodan kechirib, o‘z qishloklari bo‘lgan Bog‘i balandga keltirib ko‘mdi. Xoja Ishoq otasining o‘limi chog‘ida yosh bola edi. Otasining xalifalaridan bo‘lgan mavlono Lutfulloh [Chustiy] qo‘l ostida tarbiya topib, kamolotga erishdi. Ko‘p yillar yo‘l ko‘rsatish o‘rniga o‘ltirib xalqni takomillashtirdi. Xoja ko‘p yil umr ko‘rdi, kamolot va holati chekdan tashqaridir. Keng tarjimayi holi o‘zining maqomotiga yozilgandir. Koshg‘ar muzofotidagi el, ota-bobolaridan beri, xoja muridligi isirg‘asini quloqlarida toqib olganlar va uning avlodiga o‘zlarini fido etgandirlar. Xojaning o‘limi 1007 [1598-99] dadir.

5. Xoja G‘unjora mozori. Shaharning tashqarisida, xojaning o‘z oti bilan ataladigan qishloqda, shimol tomondadir. Ushbu mozorning nishonasi ustida uzuncha yasalgan sog‘onasidir. Lug‘atda qizil yuzlik kimsani «g‘unjora» der ekanlar. Unga Tangrining rahmati bo‘lsin.

6. Xoja Murg‘on mozori. Bu mozor ham boyagi Xoja G‘unjora qishlog‘idadir. Bu nom bilan atalishi to‘g‘risida aytadilarkim, farishtalar qush shaklida kirib kelib, shu xojadan tariqat yo‘lini o‘rganishar emishlar.

7. Moturid qishlog‘ida, katta yo‘lning shimolida, shayx Abu Mansurning bog‘chasi bordurkim, «Qadamjoyi shayx» nomi bilan mashhurdir. Shu bog‘chada «Lison ul-asfur» deb ataladigan juda eski bir daraxt bor. Uning mevalari fors tilida «zaboni gunjishk», ya’ni chumchuq tili deb ataladi. Ushbu daraxt qutlug‘ bilinib, xalq tamonidan ziyorat etiladi.

8. Xoja G‘ulom mozori. Shahar tashqarisida, Xoja G‘ulom deb ataladigan mahalladadir. Aytadirlarkim, xoja o‘lgandan keyin ushbu mahallada ko‘mildi. Undan so‘ng xojaning quli o‘ldi; uni xojaniig oyog‘i ostiga ko‘mdilar va ustiga tug‘ ko‘tardilar. Kelasi kun kelib ko‘rsalar, qulning qabri ust, xojaniki esa ost tomonga o‘tibdir. Hozirda ham shundaydir. Uning mozori nurga cho‘mgan.

9. Solihlar qutbi, yaxshilarning suyanchig‘i hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror, sirlari muqaddas bo‘lsin mozori. Shahar tashqarisida, undan ikki chaqirim chamasi uzoq-dadir. Xoja Ubaydulloh Ahrorning laqabi Nosir uddin bo‘lib, nasabi Umari Xattobga erishadi. Bu kishi asli Toshkent viloyatidan bo‘lib, sulton Abu Sa’idning istaki va iltimosi bilan Samarqandga ko‘chib kelib, Xoja Kafshir mahallasida tura boshladi. Xoja Kafshir shaharning janub tomonida va bir toshning uchdan bir ulushi [4000 qadam] chamasi olisroqdadir. Xoja Ahror hazrat mavlono Ya’qub Charxiyning muridi bo‘lib, u (buxorolik) hazrat Xoja Baho va-d-din Naqshbandning murididir. Lekin mavlono Ya’qub tugallikni hazrat Xoja Alo va-d-din Attordan topgan. Xoja Alo va-d-din Attor xoja Baho va-ddinning xalifasi edi. Xoja Ahror shayxlik yo‘lini kasb etib yurgan chog‘larida, Hirot, Samarqand va Buxoro shaharlariga safar etib, o‘sha zamoning shayxlari bo‘lgan Sayid Qosim, mavlono Nizom id-din Xomush, shayx Baho va-d-din Umar singari zotlarning suxbatlariga yetishdi. Eng keyin mavlono Ya’qub Charxiyga yo‘liqib, murid bo‘ldi va u kishidan tugallik topib, zamonning birinchisi va jahonning tengsiz bir kishisi bo‘ldi. Chunonchi hazrat mavlono Abdurahmon Jomiy uning nomiga yozgan «To‘hfat ul-ahror» kitobida aytadirkim:

Zad ba jahon navbati shahanshohiy

Kamkabai fakri Ubaydullohiy,

On ki zi hurriyati fakr ogah ast,

Xojai Ahror, Ubaydulloh ast.

Tarjimasi:

Dunyoda podshohlik naqorasini chaldi,

Ubaydulloh faqrining shavkati.

Faqrning erkinligidan xabardor bo‘lgan kimsa,

Erklilarning egasi bo‘lgan Ubaydullohdir.

O‘zga bir kitobida aytilgan:

Xojai xojagoni korogoh,

Qiblai muqbilon Ubaydullost.

Tarjimasi:

Xojalar korxonasining xojasi,

Baxtlilarning qiblasi Ubaydullohdir.

Shunga o‘xshash, xojaning tarjimayi holi, daraja va karomatlarini bildiruvchi mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» va mavlono as-Safiy,ning «Rashahot» nomlik kitoblari bordirkim, ularni ko‘chirishga bu risolaning sahifalari torlik qiladi. Barcha kuchli va azamatli xoqonlar xojaga qullik, farmonbardorlik va ixloskashlik kamarini bellariga bog‘lagandirlar. Xonlar, boshlarida xonlik jig‘asi va bellarida podshohlik kamari bo‘lgan holda, uning uzangusida yayov yugurar ekanlar. Xojaning eshigidagi xizmatchilarga qarshi ozgina odobsiz-ik ko‘rsatgan kishi davlat va mamlakatdan, balki tiriklik va sog‘liqdan ajralib, zamonaning ibrati bo‘lur ekan. Valoyat va tasarrufining kuchliligidan xalqning ichi va toshiga ega bo‘lib, istagan yo‘liga boshqarar ekan. Xoja ichki va tashqi go‘zalliklar bilan bezangan bo‘lib, ichki nisbatida shuncha shirinlik bor edikim, uning bandiga tutilganlarga tuganmas lazzat va bitmas halovat muyassar bo‘lur ekan. Chunonchi, buning shohidi mozorining ziyorati-dirkim, o‘lgan ko‘ngilni va titilgan yurakni tiriltiradi, Uning qabri yuzlangan kishiga yangi tiriklik va sonsiz quvonch bag‘ishlaydi.

Bayt:

Chun ravzai xoja foizi anvor ast,



Manzilgaxi qutbu majma’i abror ast.

Hurriyati har du kavn gardad hosil,

Har kas ki g‘ulomi Xoja Axror ast.

Tarjimasi:

Xojaning mozori yorukliklar beruvchi bo‘lgani uchun,

Qutbning o‘rni va yaxshilarning yig‘ilish joyidir.

Xoja Ahrorning quli bo‘lgan kishiga

Ikki dunyo erkinligi muyassar bo‘lg‘usidir.

Bu ixlos yerining to‘shagi [ya’ni Abu Tohirxoja] ko‘p vaqtdan beri qumriday u mozorda bo‘yin bog‘liqdir va bulbuldek u bo‘stonga tutunmishdir. Bir kuni u bo‘sog‘ada yurakning yonishidan yuzimni uning mozoridagi to‘shangan toshlarga suykar edim, havz bo‘yida va Tubiga o‘xshash daraxtlar ostida ushbu g‘azalni aytib bitdim:

Kuyi tu chist? Ka’bai dor ul-karori fayz,

Saxnat bihishtu marqadi pokat hisori fayz!

Hyp ast baski turbati qudsi shiori tu,

Binavishta girdi lavhi tu: hozo mozori fayz!

Juz ajz nest borgahi xudoro niyoz,

Xoki dari tu gashtamu, gashtam duchori fayz!

Yo xojai vali zi tu doram tavaqquve

Man naxli xushku lutfi tuam oberi fayz!

Az lutfi xesh in qadaram tashnalab mador,

Subhi damidai chi baram intizori fayz!

Tarjimasi:

Yotgan joying nimadir? Fayzning qo‘nar ka’basidir,

Sahning behishtu, pok qabring yaxshilikning qo‘rg‘onidir.

Sening pokiza turbating ravshan bo‘lgani uchun,

Qabring toshi tevaragiga «bu yaxshilik mozoridir», deb yozilgan,

Poklik eshigiga, tubanlikdan o‘zga tortiq yo‘kdir,

Seniig tuprog‘ing bo‘lib, yaxshilikka yo‘liqdim.

Ey, vali bo‘lgan xoja! Sendan bir o‘tinchim bor.

Men quruk bir yog‘och, sening fayzli arig‘ingdan suv ichaman.

Lutfingdan meni buncha suvsatib qo‘yma,

Sen yorig‘ tongsan, bu ahvolda fayzni kutib turishimga hojat qolmas.



Xoja Ahror ko‘p yillar yashadi. 895 [1490] yilda rajab oyining birinchi kechasi, jum’adan qaytishli shanba oqshomi g‘urubdan bir yarim soat chamasi o‘tgan vaqt [22 may 1490 y.] u baxtliklarniig qiblasi va oriflarning orifrog‘i Samarqandning janubiy tog‘i etagida bo‘lgan Kamongaron qishlog‘ida, shanba oqshomida o‘ldi. Uning jasadi u yerdan keltirilib, o‘zining turarjoyi bo‘lgan Xoja Kafshir mahallasida, «Muhovatai mulloyon»ning tashqarisida tuproq haramsaroyining xilvatkadasiga ko‘middi. «Shayxlik yo‘lining yo‘lboshchisi qolmadi» mazmunida bo‘lgan «Namond murshidi roh» so‘zi o‘limining ta’rixidir [895/1490]. Xojaning ruhoniyatidan avlodi va Samarqand xalqini himoyati yo‘lida kishi hayron qolarlik tasavvuf asarlari ko‘rinadi. Xojaning suhbatdosh va xalifasi ko‘p. Ulardan birovi «Silsilat ul-orifin» kitobiniig muallifi va dahbedlik hazrat Maxdumi A’zamning piri bo‘lgan mavlono Muhammad Qozidir. [Ul hazrat] xoja mozorining yonida ko‘milgan, qabri xoja mozorining quyisida, janub tomonda, xoja oyog‘ining tushma-tushidadir. Mavlono qabrining ustida daryo qirlaridan mayda qayroq toshlar [keltirib] to‘kkanlar va ularning qabri nishonasi ham shudir. Xojaning o‘zga xalifalari ham ko‘pincha ularning hazirasida ko‘milgandirlar. Buning tafsiloti «Rashahot» kitobida aytilgan. Shunga o‘xshash muallif va bir talay asarlarning muallifi bo‘lgan mavlono Ismatulloh qabri ham xoja hazirasidadir. Mavlononing o‘limi 1009 [ 1600-01]dadir. Yana fazl egalarining qaymog‘i va «Tarixcha» (hozirda «Ta’rixi Sayyid Roqim» nomi bilan mashhur) kitobining muallifi bo‘lgan Mir Sayyid Sharif Roqimning qabri ham xojaning hazirisida, bobosi xoja Isomiddin ibn xoja Nizomiddin ibn mavlono Mahmud Giloniyning qabri yonidadir. Yana Sultonxon xojai shayx ul-islomning qabri Xoja Ahror hazirasining janub tomonidadir. Bu kishi Xoja Ahror naslidan bo‘lib, xoja mozorining mutavaliysi ekan hamda Farg‘onada xoja kalonlik, Samarqand va Buxoroda shayx ul-islomlik mansabi bilan imtiyoz toptan ekan. Forsiy va turkiy tilda mazalik she’rlar yozgan, devoni bor, taxallusi «Ado»dir. 1251 [1835-36]da Buxoroda o‘ddi. O‘ligini undan Samarqandga keltirib hurmatlik bobosi (xoja Ahro;e)yonida ko‘mdilar. Yana qozi kalon va shayx ul-islom mavlono Mir Abd ul-Hayy xojaning qabri ham shu qabristonda, Xoja Ahror mozorining shimolidagi Nodir devonbegi madrasasi janubi-sharqiy burchagining tushma-tushidagi belgulik tepacha ustidadir. Mavlono qabri bilan Madrasa devori orasi 60 qadam chamasi keladi. Mavlono turli bilimni biluvchi edi. 1169 [1755-56J yilda tug‘ildi. 74 yil tirikchilik qildi va 1243 [1827-28] da o‘ldi. Samarqand shahrida 40 yil qozilik qildi. Umrining so‘ngti kunlarida ilashgan falaj kasalining muddati 13 yil edi. Shu kasallik chog‘ida «Havoshii Shofiiy bar sharhi Bayzoviy», «Sahehi Buxoriy»ning forsiycha sharhi», «Zaburi Dovud»ning forsiycha tarjimasi, «Ax-loqi Bahodurxoniy», «Hidoya» sharhining sharhi» kitobla-rini tasnif qildi. Mavlono Abd ul-Hayy o‘lgandan keyin, aql va naql ilmlarning barchasini bilguvchi uning o‘g‘li mavlono Abu Sa’idxoja otasi o‘rnida Samarqandda qozi kalon bo‘ldi. Ko‘pincha Amir Haydar uni Samarqanddan Buxoroga oldirib kelib, Buxoro mullalari bilan munozara etdirar edi. Ul qol ilmi o‘z zamonasining barmoq bilan ko‘rsatilgan bir kishisi bo‘lib, uning oldida barcha ulamo taslim boshini egib turar edilar. Ushbu risolaning yozguvchisi bu gumnom muftiy Abu Tohirxoja boyagi qozi kalon Abu Sa’idxojaning o‘g‘li bo‘lib, bu dengizdan bir tomchi va bu daraxtdan bir mevadir. Lekin hayosiz bir tomchi va uyatlik bir mevadir.

10. Shayx Abu Sa’id obrez mozori. Xoja Ahror hazirasining yaqinidadir. U Bobo obrez naslidan. Bobo obrezning qabri Chokardiza qabristonidadir. Uni (Bobo obrezni) shuning uchun «obrez» deganlarkim, u mening ruhim Odam ato tuprog‘i ustiga suv qo‘ygandir, der emish.

11. Hazrat Xoja Abdi berun mozori. Shaharnipg toshidagi mahallada, shahardan bir toshning uchdan biri chamasi olislikda va janub tomondadir. Nodir Muxammad devonbegi uning mozori ustida keng bir xonaqoh va bir necha hujra soldirgan. Derlarkim, u (Xoja Abdi berun) xalifa Usmon, Tangri undan rozi bo‘lsin, avlodlaridandir. Arab aymoqlaridan bo‘lgan «abdi» qabilasiga ham mansubdir Aslida bu laqab samoviydir. Bu kishi burungilardan. Naql bordurkim, eng avval Usmon o‘g‘li Sa’id Abbos o‘g‘li hazrat Qusam, undan Tangri rozi bo‘lsin, bilan birga kelib, Samarqandni yarash yo‘li bilan olib, musulmonchilikni kirgizdi. Abbos o‘g‘li Qusam shahid etilgandan so‘ng, samarqandliklar eski dinlariga qaytdilar, toki Qutayba Marv yo‘li bilan kelib shaharni qamadi; qahatchilik yuz berdi. Shuning bilan Qutayba Samarqandni ikkinchi marta aldov bilan oldi va elini eng so‘nggi payg‘ambar Muhammadning,

unga salom va salot bo‘lsin, islom diniga kirgizdi. «Devori qiyomat» deb ataladigan, Iskandar tomonidan soldi-rilgai Samarqand qo‘rg‘onining tashqarisida bo‘lgani uchun, uni xoja Abdi berun otaganlar. Iskandar qal’asi bilan uning mozori orasn 500 odim chamasi bor. Ba’zi tarix kitoblarida bordurkim, Samarqand eli Qutayba qo‘shini bilan qattiq urushdi. Qutayba shahar devoridan uzoqlashdi va Navbog‘ degan o‘ringa borib qo‘ndi hamda o‘rnashdi. U yerda katta bir hovuz qurdirdi. Qo‘shini u hovuzning tevaragida o‘rnashdi. Hozirda o‘sha hovuzni Ko‘li mog‘iyon deydilar. Qutayba qo‘shini bilan shaharni egallamaguncha o‘sha yerda, bir rivoyatga ko‘ra, to‘rt va, boshqa bir rivoyatlarga ko‘ra, yetti oy — shahar fath bo‘lguncha turdi.

12. Hazrat xoja Abdi darun mozori. Shahar toshida, janubiy sharqiy tomonda, Mo‘liyoi mahallasida, burungi chog‘larda «fato fath» deb ataladigan o‘rinda, Iskandar qal’asining ichidadir. Bu mozor bilan Iskandar qo‘rg‘oni devorining orasi 1300 odim chamasi bor. Xoja Abdi darunnnng asl ismi Mu’iz ud-din bo‘lib, xoja Muhammad Ya’qubning o‘g‘li, u [esa] xoja Abdi ibn hazrat Usmonning o‘g‘lidir. Uning (Xoja Muhammad Ya’qubning) laqabi «Xoja Ganji ravon» bo‘lib, xoja Abdi berunning o‘g‘li ekan. Hol bilan qol bilimlarini to‘plagan ekan. Naql bordurkim, u (Xoja Abdi darun) Samarqandda qozi edi, uiing adolag va to‘g‘riligi shu daraja yuqori edikim, o‘zining otasi bir voqea to‘g‘risida guvohlik bermoqchi bo‘lganda rad qildi va «Siz bizning kichiklik chog‘imizda podshohdik so-lig‘i berilmagan tokdan mehmon uchun uzum uzib chiqargan edingiz, shuning uchun sizning to‘g‘riligingizga shubhamiz bor», dedi. Xoja Abdi darun tiriklik chog‘ida qurbaqani yomon ko‘rar emish. Shuning uchun uning mozori hovuzi ichiga qurbaqa kirmaydi va boshqa hovuzlarga ham uning suvidan quysalar qurbaqalari chiqib ketadi. Uning hovuzining loyi bolalarda bo‘ladigan chaqqalarni yo‘qotadi. Isitib bolaning chakkasiga surkaydilar [yoxud] istar chaqqalik bolaning otiga atab uning mozori devoriga yopishtiradilar. Aytadilarkim, xoja [Abdi darunning] mozori uzra Sulton Sanjar Moziy tomonidan kurilgan imorat va qubbalari bor edi. U buzilgandan keyin temuriy sultonlaridan birovi uni qaytadan bino qildi, xonaqoh va hujralar soldirdi. Ushbu, hozirdagi koshinlik imorati Ulug‘bek mirzo zamonasida solingandir.

Naql bordirkim, Samarqandning tashqarisida kunchiqar tomonidagi maydonda Quturon [Qatvon] dalasida Sulton Sanjar Moziy bilan qoraxitoy kofirlari orasida katta urush bo‘ldi. Unda ko‘p musulmon shahidlandi. Sulton Sanjar davlatiniig inqirozi Samarqandda shu urushdan boshlandi. U shahidlar o‘shanda ko‘mildilar. «G‘ori oshiqon» ham o‘sha o‘rinda. [Undan avval aytib o‘tilgan] Qusamiya madrasasi ham Sulton Sanjar Moziydandir.

Xoja Abdi [darun] mozorining shimolida bo‘lib, xalq tomonidan «Ishratxona» deb ataladigan yuksak daxma ulug‘ haram masturasi Davlat beka daxmasidir. Uning onasi Amir Jalol ud-dinning qizi Habiba sulton begim ushbu gumbazni bino qildirib, turmoq uchun bir necha hujra soddir-gandir. Mavlono Muhammad Sodiqning [unga Tangrining rahmati bo‘lsin] qabri xoja Abdi darun qabristonidadir. Mavlono Abdulloh Bahodurxon saltanati chog‘ida Samarqandda qozilik mansabida edi. U 1006 [1597-98] yilda o‘ldi. «Faxri din» so‘zi o‘limining tarixidir.

13. Hazrat Bobo hoji Safoning mozori. Shahar tashqarisida, janubi-sharqiy burchagida, Qalandarxona takyasi deb ataladigan Qalandarxona mahallasidadir. U kishi kuloh va jandani Bobo hoji Abdulrahim qalandardan kiygan-lar. U [esa] shoh Mahmud qalandardan, u Mir shoh qalandardan, u Abd ush-Shahid qalandardan, u Bobo Shoh Musofir kalandardan, u Bobo Shoh Sa’id palangpo‘shdan, u Bobo Filmaziddan, u Sayid mir Jon kalandardan, u Sayyid Shams ud-dindan, u Mir Jalol ud-dindan, u Mir G‘iyos ud-dindan, u Mir Bug‘royi kalandardan, u Sayyid Bahromdan, u Sayyid Xidud, u [esa] Ne’matulloxdan, u Shoh Tayyib kalandardan, u Mir Surx kalandardan, u Zakariyo qalandardan, u Sayyid Muzaffardan, u janob faxr ul-aimma hazrat Sayyid Abd ul-Qodir Jiloniy g‘avs ul-a’zamdan, u [esa] Abu Axmad Abdoldan, u sultoni Fursnofa Kushoiydan, u Sulton Ibrohim Adhamdan, u Sayyid Adham Saqodan, u Ma’ruf Karxiydan, u esa o‘z navbatida hazrat Sayyid Ali Muso Rizodan, u hazrat imom Ja’far Sodiqdan va u hazrat imom Muhammad Boqirdan, u hazrat imom Zayn ul-Obiddindan, u qudrat ul ayn rasul us-saqalayin imom Husayndan, u bo‘lsa otasi Asadulloh al-g‘olib Ali ibn Abu Tolibdan va u mohi mukarram Hazrati mustafodan kuloh va janda kiyganlar. Hoji Bobo Safo Makka shahrida o‘rnashib turgan bir kishi bo‘lib, Samarqaqdda takya va qalandarxona soldirgandir. U 1053 da o‘ldi. «Xatmi aqtob» so‘zi o‘limining tarixidir[1153/1740-41]. Maxfiy qolmasinkim, Bobo Hoji Safodan mirzo Ya’qub ismli bir o‘g‘il qoldi. Mirzo Ya’qubdan esa besh o‘g‘il qolgani mashhurdir. Ular [quyidagicha]: Hoji Mirzo Rajab, mirzo Qalandar, Mirzo Munavvar, Mirzo Rahim va Mirzo Solihlardir. Mirzo Munavvarniig qabri bobosining ziyoratgohi qalandarxonadadir. Mirzo Qalandarning qabri bo‘lsa Farg‘ona diyoridadir. Ammo Hoji Mirzo Rajab nasta’liq xatida o‘z davri-ning peshqadamlaridan edi, g‘oyatda chiroyli, dilnishin yozar edi. Va yana valoyatning tamom lazzatining chashmasini tortgan edi. [Uning] butun shaharga shuhrati ketgan, dahr [ahli] unga musallam edilar. Rum va Misrda o‘z nomiga takyalar bino etdi. Oqibatda Makkada turib, undan Misrga keddi. Misrdagi o‘z takyasida vabo kasali bilan og‘rib Haqq [taolo] rahmatiga vosil bo‘ldi va hijrny 1232 [1811-17]da Misr tuprog‘i makoniga qo‘shni bo‘ldi. Tangri uni rahmat qilsin.

14. Hazrat Sayyid Umarning fayzli mozori. Shaharning janubida, shaharga tutashgan Qavola mahallasidagi arig‘ning yoqasida, chinor ostidadir. Sayyid Umar Bahovuddin Naqshbandning piri bo‘lgan hazrat Sayyid amir Kulolning kenja o‘g‘lidir. Derlarkim, u Amir Temur zamonasida Samarqandda muhtasiblik mansabida edi. 803 [1400-01]da o‘ldi . Keyin u kishining muborak jasadini Amir Temur daxmasiga keltirganlar. Daxmaning qibla tarafidagi qabr u kishiniki ekanligi ta’yin qilingandir. [Ammo] Qavola mavze’idagi chinor tagini u kishining qadam joyi deb e’tiqod qiladilar.

15. Xojai xojagon mozori. Qavola mahallasida, Samarqand namozgohining kunchiqar tomonidadir. Uning tarjimai holi belgilik emas.

16. Mullo Xoja mozori. Samarqand shahrining toshida, Xoja Abdi darun mozorining janub tomonida, mahalla qishlog‘iga boriladigan katta yo‘lning yaqinidadir. Tarjimai holi belgilik emas.

Ammo Samarqandning atrof va chegaralaridagi mashhur, serbarakot mozorlarning ko‘pchiliklarini bu ulug‘lar muxlisiga ma’lum bo‘lganlari bu yerda keltiriladi va tayin qilinadi.

17. Hazrat xoja Ishoq Xatloniy mozori. Samarqand muzofotiga qarashli Fon ataladigan tog‘dadirkim, uning shun-day ataluviga sabab ushbu tog‘da Fon deyilgan bir qishloqcha ham borligidir, Hazrat xoja Ishoq Sayyid Ali Hamadoniyning xalifalaridan bo‘lib, u esa shayx Najm ud-din Kubaroning o‘rinbosarlaridandir. Mana shu Fon tog‘ining o‘rtasida bir g‘or bordirkim, xoja shu g‘or eshigida o‘ltirgan va qutlug‘ gavdasi ko‘milmasdan yalang‘och turibdi; kindigigacha kabutarlarning to‘kilgan qanot va parlari bilan yopilgan. Orqasi kunchiqar tomon, yuzi qibla sari, Isrofil karnayining chalinishini ko‘zlab turgan kimsalar yo‘sinida turibdi. U g‘orniig shiftidan tomla-tomla suv tomadi. Bir necha qadam g‘or ichkarisi sari oqib borgandan keyin qotib toshga aylanadi. Derlarkim, undan ko‘ngil ochadigan [va] quvonchni orttiradigon shabodalar esib jonni tozalaydi. Uning haqiqiy ahvoli hech kimga ma’lum bo‘lmagan. Xoja g‘ori eshigining yaqinida bir gul yog‘ochi bor ekankim, yilda ikki marta qyzil gullar ochar ekan. Uning o‘zga bir karomati shulkim, g‘or eshigini qancha tosh va loy bilan berkitsalar [ham], qaytadan sababsiz o‘z-o‘zidan ochilib ketarmish . Uning mozori bilan Samarqand shahrining orasi 20 tosh [160 chakirim] chamasi yo‘l.

18. Hazrat xoja Muhammad Bashoro mozori. Bu kishi «Banddor» laqabi bilan mashhur. [Bu mozor] Samarqand jeribiga qarashli tog‘larda. Samarqandlik xoja Abu-l-Qosim o‘z tahqiqotida yozgankim, xoja Muhammad Bashoro hadis bilguchilardan va tabaa tobe’in (ya’ni payg‘ambarning suhbatdoshlarini ko‘rgan kimsalar bilan ko‘rishganlardan)dir. Uning qabri Samarqand jeriblaridan bo‘lgan Panjakentda. Uning qabri yonida turuvchi shayxlar tomonidan 764 [1362-63]da uzuncha bir sog‘ona, baland bir xo-naqoh solindi. Samarqand shahri bilan uning mozorining orasi 11 tosh [88 chakirim] chamasi yo‘l. Bir aziz kishi aytadikim, Movarounnahrda bo‘lgan barcha ulug‘larning mozorlarini ziyorat qildim. Lekin Muhammad Bashoro mozoridek fayz bag‘ishlovchi mozorni ko‘rolmadim. Go‘yo tobon quyoshdek va yoki ravon sof daryodekdir: u kishiga Tangrining rahmati bo‘lsin.

19. Hazrat Xoja Abu Tolib Sarmastning fayz osor mozori. Janub tomondagi tog‘da, Samarqandga qarashli jeriblardan [bo‘lgan] Urgutdadir. Ushbu mozor ustida minorga o‘xshash uzun va yo‘g‘on chinor daraxtlari bor. Bu yerda bir tegirmon toshi suv beradigan bir bulok, [xam] bor. 1207 [1792-93] yilda mozorning kunchiqar tomonida ilm egalarini sevguchi, ming urug‘idan bo‘lgan Kattabek devonbegi katta bir Madrasa soldirdi. Hozir talabalarning o‘qiydigan bir joyidir. Abu Tolib Sarmastning tarjimayi holi belgilik emas. U burungi zamon valilaridan. Samarqand shahridan uning mozorigacha besh tosh [40 chakirim] chamasi yo‘l.

20. Xoja Amonning fayz osor mozori ham Urgut kentining bir mahallasidadir. U burun gi zamon valilaridan.

21. Hazrat G‘avsning fayz osor mozori ham Urgutning bir mahallasidadir. Derlarkim, u kishida g‘avslik martabasi paydo bo‘lgan ekan. Mozori porloq nurlidir. Ba’zilar bu yer g‘avsning qadam joyidir, deydilar.

22. Imom Faxr id-din xoni shahid mozori. Turklar uni Shahsuvor ota deb ataydilar. Bu mozor Shovdor tumaniga qarashli Jumabozor qishlog‘ida, Darg‘om katta arig‘ining yaqinidadir. [U] hanafiy mazhabining yirik mujtahidlaridan edi. Samarqand shahridan uning mozorigacha uch tosh [24 chakirim] chamasi yo‘l.

23. Xoja Amir Husayn mozori. Amir Husayn hazrat mavlono Nizom id-din Xomush alayhi-r-rahmaning, unga Tangrinnng rahmati bo‘lsin, naslidandir. [Uning] mozori Shovdor tumaniga kara shli Tarlak (Tayloq) qishlog‘ida, baland bir tepaning ustidadir. U xoja Ubaydulloh Ahrorning muridlaridan. Ushbu mozor bilan Samarqand shahrining orasi 2 toshlik [16 chakirim] yo‘l.

24. Xoja Ornf mahtob mozori. Shovdor tumanida bo‘lgan Panjshanba qishlog‘ida, Siyahob arig‘ining yaqinidadir. Uning mozori bilan shahar orasi 1 toshu 2 toshning uchdan biri [16 chakirim] chamasi keladi.

25. Xoja Zakariyo mozori. Shovdor tumaniga qarashli Pasi nav degan o‘rinda, Jumabozorga boriladigan katta yo‘lning janub tomonidadir. Xojaning tarjimayi holi belgilik emas. Uning mozori shahardan bir yarim tosh keladi. Bu faqir har yili bir bor o‘sha mavze’dagi Xoja Zakariyo qabrining ziyoratiga borib duo ijobat bo‘lishi asarini ma’lum qilgan.

26. Xoja Kafshir mozori. Shovdor tumanida bo‘lgan Borinchak degan joyda, Samarqand shahri bilan [uning] orasi bir toshliq [8 chakirim] yo‘l.

27. Shayx Abdurahmon Dbramiy mozori207 . U hadis aytuvchilardan. Shavdor tumaniga qarashli Ispanii qishlog‘idadir, U Samarqand muzofotidan bo‘lgan, burunlarda Doram deb ataladigan qishloqdan bo‘lgani uchun Doramiy deb dong chiqargan, Hozirda turklar ushbu mozor egasini Payg‘ambar suhbatdoshlaridan bo‘lgan Abdurahmon ibn Avf deb ataydilarkim, yanglishdir. Lekin Abdurahmon ibn Av-fning mozori Madinada Boqe’ qabristonidadir. Doramiyning tarjimayi holi belgilik emas. Samarqand shahri bilan u mozorning orasi toshu uchdan bir [chaqirimcha] chamasi yo‘l.

28. Xoja Hasan ota mozori. Shovdor tumanidan bo‘lgan Qunduzak degan joyda, Ko‘hak daryosining yoqasida, baland bir o‘rindadir. Turklar bu mozorni Zangi ota xalifasi bo‘lgan Usulluk, Hasan otanikidir deydilar. Lekin Usulluk, Hasan ota mozorining Toshkent muzofotida ekanligi mashhur. Xoja Hasan ota mozori bilan Samarqand shahrining orasi bir tosh [8 chakirim] chamasi yo‘l bor.

29. Hazrat Xoja Saqqo mozori. Shovdor tumanida, Saqqo degan joyda, baland bir tepaning kunbotar tomonida va uning ostidadir. Ushbu tepa Amir Temur tomonidan soldirilgan Dilkusho bog‘ining janub tomonida. Xoja Saqqo Baho va-d-din Naqshbandning xalifalaridan bo‘lib, uning mozori bilan shaharning orasi 3 chorak tosh chamasi yo‘l.

30. Xoja Ko‘hak mozori. Ushbu mozor Ko‘xak daryosining yaqinida, Shovdor tumanidadir. Ko‘hak tepasi ustida bo‘lgani uchun Ko‘hak ota atalgandir.

31. Xoja Cho‘pon ota mozori. Ko‘hak tepasida, tevarak atrofda undan balandroq tepa yo‘k. Derlarkim, [u] hazrat Sayyid otaning xalifalaridan bo‘lib, ushbu Ko‘hak tepasida cho‘ponlik qilar ekan. Ba’zilar Cho‘pon otaning mozori Xorazmda bo‘lib, ushbu Ko‘hak tepasi ustidagi mozor uning qadamjoyidir, deydilar. To‘trisi shulkim, Xorazmdagi Cho‘pon ota bilan ushbu Cho‘pon ota boshqa-boshqa kishilardir. Ushbu mozor ustidagi yuksak imoratni Amir Temur ko‘ragon soldirgan.

32. Bobo Nazar ota mozori. Ko‘hak tepasining shimoliy etagida. Dare [Zarafshon] tomonida. U xudo yo‘liga berilganlardan ekan.

33. Xoja choruqno‘sh mozori. Xoja choruk kishlog‘ida, burs deb ataladigan archa daraxtining tagidadir. Tarjimayi holi belgilik emas.

34. So‘fi donishmand mozori. Shovdor tumanida, Koratepa qishlog‘idadir. Mozorning toshida oti yozilgan. Uning tarjimai holi to‘g‘risida olim shayx tomonidan yozilgan. «Lamahot» kitobida tugal ma’lumot bor.

35. Iftixor shayx mozori. Shovdor tumanida, Zormon qishlog‘ida, u turk shayxlaridan ekan. Ba’zilar bu yerni uning qadam joyi deb bilib, jasadi Navbog‘ degan joyda, chinor daraxti ostida ko‘milgan, deydilar. Lekin avvalgi so‘z mashhurdir. Yana Tangri yaxshi biladi.

36. Imom ota mozori. Anhor tumanida, ushbu otdan (Imom otadan) mashhur bo‘lgan o‘rindir. Uning tarjimai holi belgilik emas. Sog‘onasi uzuncha tepaga o‘xshaydi.

37. Hidoyatxoja majzub mozori. Imom ota mozori yonida, uning kunchiqar tomonida, balandlikdadir. U 1244 [1828-29]da o‘lgan. Ushbu kitobni yozuvchi u bilan ko‘rishib, duo olgan edi.

38. Hazrat xoja Navbog‘ mozori. Anhor tumanida, shu nom bilan atalgan o‘rinda, tepaning ustida. Xoja Navbog‘ eski shayxlardandir. Mozori g‘oyatda fayzli va porloq nurlidir.

39. Hazrat mavlono Xojagi Kosoniy mozori. Dahbedlik Maxdumi A’zam deb mashhur bo‘lgan mavlono xojagiyning asl yurti Farg‘ona viloyatiga va Andijonga qarashli Kosoy kentidadir. U o‘sha yerdan ko‘chib [Samarqand muzofotiga qarashli], Dahbed qishlog‘iga kelib o‘rnashdi. Bu kishi qutb ul-abror xoja Ubaydulloh Ahroriing muridi bo‘lgan hazrat mavlono Muhammad Qozining muridi edi. Hazrat Maxdumi A’zam janoblarining maqomot, holat va karomatlari shundaykim, bu nodonning kalami uni taqrir va tahrir qilishga ojizlik qiladi. U kishining maqomotlari haqida mashhur kitob bo‘lib, unda ham u zotning holatla-ri qisqa yozilgan. 949 yilda 21 muxarram oyi dushanba kuni tush chog‘ida [1542 yili 6 may] «Irjai roziyatan marziya»210 xitobini eshitib, «Inno lillohi va inno Ilayhi rajiun» bilan javob berdi [ya’ni] vafot etdi. O‘ligini tiriklik chog‘ida o‘zi ko‘pincha quvonib o‘tiradigan murut daraxtining ostiga ko‘mdilar. «Qutbi olam raft, voy» so‘zi o‘limining tarixidir. Samarqand shahri bilan Dahbed orasi bir tosh [8 chaqirimlik] yo‘ldir. Samarqand shahrining ichidagi Sherdor va Tillokoriy madrasasi va jome’larning egasi Yalanto‘shbiy otaliq dahbedliklar silsilasiga doxil bo‘lib, uning o‘g‘li shayx Hoshimning muridi edi. Shuning uchun 1028 [1618-19] yilda Maxdumi A’zam mozorining janub tomonida keng va yuksak bir xonaqoh soldirdikim, [u bino] asil va sharafli zotlarning maqomi va barcha xosu omning borib turadigan mavze’i edi, [va uni] tabarruk bilib, ziyorat qilar edilar. Yalangto‘sh bahodirning qabri Maxdumi A’zamning oyog‘i ostida, sufa ostida, mozor devorining ichidadir. Ammo ul hazrat mozorining atrofidagi ihota qilingan imorat va darvozasiga solingan ravoq binosi Muhammad Nodir devonbegi orlot tomonidan bino qilingan va, shuningdek Dahbedning xiyoboni va tutzori ham o‘sha Muhammad Nodir devonbegi tarafidan barpo etilgan. Hazrat Maxdumi A’zamning sharofatli ota-bobolari tariqatining ijodkori, zamon qutbi hazrat Musoxonning, ul kishiga [Tangrining] rahmati bo‘lsin, qabri ham o‘z bobosi hazrat Maxdumi A’zam mozorining supasi o‘rtasidadir. Samarqand va uning atrofida bo‘lgan buzg‘unchilik va vayronagarchilik vaqtida hazrat Musoxon Hindiston mamlakatiga ketib, unda hazrat Miyon Muhammad Obid sohibga murid bo‘lib, hazrat Miyon ajdodlarining alfi soniy tariqatini yangiladi va sharif bobolariniig silsilasini davom etdirdi. Devorning tashqarisi, sharq tarafiga yaqin janubiy burjida hazrat Xalifa Muhammad Amin «Piri Dahbediy» nomi bilan mashhur [kishi]ning mozori kichik bir supadir. Bu kishi hazrat Musoxonning, unga Tangrining rahmati bo‘lsin, murididir. Buxoro podshosi, mo‘minlar amiri janob sayyid Amir Haydar bahodir u kishiga qo‘l bergan muridlari bo‘lgan. Hazrat xalifa [Muhammad Amin] g‘oyatda aziz va tabarruk kishi bo‘lgan. Bu halqador qullari [ya’ni mual-lif] hazrat Xalifa Muhammad muborak yuzini ko‘rish sharafiga musharraf bo‘lib, u kishi jamolining nurlaridan tajalli olgandir.

Bayt:


Xohi ki nuri didai ahli jahon shavi,

Boyad g‘ubori domani dahbediyon shavi.

Pire ba chillagohi lahad oramida ast,

Gardi ba girdi marqadi pokash javon shavi.

Mazmuni:

Jahon ahli ko‘zining nuri bo‘lishni istasang,

Dahbediylar etagining g‘ubori bo‘lgin.

Lahad chillaxonasida orom olib yotgan pirning,

Pok mozori atrofidan aylansang yosharasan.

U kishining maqomat va holotlari mufassal yozilgan «Silsilayi dahbediya» nomli asar bu debochaning roqimi tarafidan yozilgandir. Ul kishining kimligini shu asardan bilsa bo‘ladi.

40. Xalifa Saddiq, unga Tangrining rahmati bo‘lsin, mozori. [U] Musoxoja xalifalaridan, qabri Dahbed qishlog‘ining shimol chekkasida, bog‘lar orasidadir.

41. Hazrat imom Ali Sug‘diy mozori. Ofarinkent tumaniga qarashli Kumushkent qishlog‘ida. U Hasan ibn Shayx Muhammad Sug‘diyning o‘g‘lidir. Uning zamonasida Kumushkent qishlog‘i Sug‘di xurd deb atalar ekan. Uning silsilasi Xoja Ahmad Yassaviyga tutash. Aytishlaricha, u kishi Abi Hasan al Karxiy Bag‘dodiyning shogirdi bo‘lgan. Ilm tahsilini Bag‘dodda qilgan. Imom, xalifaning o‘g‘li bilan birga Abi Hasan majlisida hozir bo‘lgan. Abi Hasan har ikkoviga qur’a tashlashni buyuradi. «Qur’a kimni nomiga chiqsa, o‘sha birinchi bo‘lib saboq oladi» deydi. Qur’a imom nomiga chiqdi. Hanifaning o‘g‘li ko‘p mablag‘ berib, birinchi navbatni berishni so‘rasa ham, imom ko‘nmay, birinchi navbatda saboq oddi. «Siyari Kabir»ga oliy sharh yozdi. Buxoroda qozi edi. Umri tugab vafot etdi. Yuqorida ko‘rsatilgan maqomga dafn etdilar. Hazrat Yamin bobo, Mavdud Shayx, Shayx Ali muridi hamda Yamin boboning muridi Shayx Ali har uchovining qabrlari ham Hazrati Imom mozoridadir. Bu uchala azizlar turk mashoyixlaridan bo‘lib, silsilalari Hazrat Shayx Ahmad Yassaviyga borib yetadi. Hazrat Ahmad Yassaviyning mozori Turkiston qal’asining ichida, Yassidadir.

42. Hazrat Muxlisxon mozori. Ofarinkent tumonida, Sovg‘onchi degan joydadir. U Qosim shayx Azizon xalifalaridan bo‘lib, uning silsilasi ham hazrat Xoja Ahmad Yassaviyga yetishadi. Uning zikri «Lamahot» kitobidadir.

43. Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy mozori. Sug‘di kalon tumanida, Xartang degan o‘rindadir. Shu mozorning sababidan hozirda o‘sha qishloq «Xoja Ismoiliy» nomi bilan mashhurdir. Imom Muhammadning mozori ustida, uning shimoli-sharqiy tarafida unga yaqin bir o‘rinda bir masjid yaqinidadir. Samarqand shahridan Xartang qishlog‘igacha ikki tosh [16 chaqirim]lik yo‘l. Imom Muhammad («Sahehi Buxoriy») kitobining muallifidir. Bu kitob ming olti yuz hadisning jame’dir. 256 [870 yili 30 sentabr]da ramazon hayitinnng kechasi xuftan namozidan keyin o‘ldi. Og‘iz ochar kuni tush namozidan so‘ng yuqorida aytilmish o‘rinda ko‘mildi. Uning qabridan ancha muddatgacha mushkdan ham xushbo‘yroq [is] kelib turdi, keyin yo‘qolib ketdi. Naql qilishlaricha, Buxoroda turgan vaqtda «ikki yosh bola bir onani emsa, o‘rtalarida emizaklik sobit bo‘la-di», deb fatvo bergan. Buxoro imomlari bunga e’tiroz bildirib, uni Buxorodan surgun qilganlar. Samarqandga kelgandan keyin, Samarqand ulamolari ham unga qarshi turdilar. Nochor Xartang kelib turdi. Shu yerda Haqq rahmatiga vosil bo‘ldi.

Tajribada ko‘rilganki, kimki «Sahehi Buxoriy» kitobini boshiga qo‘yib, shahar va mahallalarni aylanib chiqsa, albatta o‘sha shahar va mahalla ahlini ofatlardan saqlab qoladi. Ilgarilari ham har qachon Samarqand shahriga biror ofat kelsa, shahar xoslari yig‘ilib duo qilsalar duolari ijobat bo‘lib, u balo musulmonlar boshidan daf’ bo‘lardi. Kimki u knshining tabarruk mozorini ziyorat qilsa, g‘arb mamlakatlarda uni mutabarrak tutardilar. Tangriga hamd bo‘lsin, bu harflar roqimi sharmsor yuziii u kishi ostonalariga surtib va mozorlarining ro‘baro‘sidagi hujrada bo‘lib niyozmandlik qilg‘onman, u kishiga rahmat va joyi jannatdan bo‘lsin.

44. Hazrati Nug‘oy ota mozori. Shu nom bilan ataladigan o‘rinda, Sug‘di kalon tumanida, hazrati Xoja Ismoil Buxoriy mozorining yaqinida baland bir tepa ustidadir. U Nug‘oy ulusidan bo‘lib, bu yerga kelib o‘lgan va shunda ko‘milgan. Olim shayx Azizon xalifalaridan edi.

45. Olim shayx Azizonning fayz osor mozori Kabud tumani deb ataladigan Sheroz tumaniga qarashli Aliobod degan o‘rindadir. Olim Shayx Azizon Darvish Shayx Azizonning o‘g‘li bo‘lgan Mo‘min Azizonning o‘g‘lidir. Ona tomondan bobosi Toshkent viloyatiga qarashli Quyluk degan o‘rinda bo‘lgan mavlono Hofiz Quyluqiydir. Olim shayx Azizon 972 [1564-65]da tug‘ulgandir. Uning piri Pirim Shayx Azizondir. U kishi karminalik hazrat Kosim Shayx Azizonning muridi. Kosim Shayx Azizon bo‘lsa hazrat shayx Xudoydod Azizonning [muridi] bo‘lgan mavlono Ali Azizonning xalifasidir. Bularning silsilalari tariqat sultoni hazrat Xoja Axmad Yassaviyga ulanadi. Haarat Olim Shayx Azizon Imomquli Bahodurxon davrida Samarqandda a’lam edi va u zamonasi imom-larining imomi edi. U mirzo Ulug‘bek madrasasining janubi-g‘arbiy tarafida oliy xonaqoh bino qilgan. Hozirda u xonaqoh qolmagandir. Yoshlari saksonga borib qolgay edi. U jahriyayi sultoniya sulolasi bayon qilingan «Lamahot» kitobining musannifi edi va yana shi’a mazhabining raddiga «Dar raddi mazhabi shi’a» nomli risola tartib berib, u risolada choryorlar ulug‘ligini kuchli dalillari bilan isbot qilgai. [Uning] vafoti hij-iy 1041 [1631-32] yilida sodir bo‘lib, «faxr ul-islom» so‘zi vafotiiing ta’rixidir. U kishining asrida Aliobod mavze’i obod shaharcha edi va hazrat eshon u yerga jome’ masjidi, xonaqoh va Madrasa bino qilgan edilar. U binolarning asari hozirda ham bor.

46. Hazrat Mo‘min Shayx Azizon mozori. Darvish Shayx Azizonning o‘g‘li bo‘lgan Mo‘min Shayx Azizonning‘ mozori ham Aliobodda, katta arig‘ning janub tomonidadir.

47. Pirim Shayx Azizon mozori. Aliobod yaqinida, Saydi ohu degan o‘rinda. Samarqand shahridan Aliobodgacha uch tosh [24 chakirim] chamasi yo‘l. Alioboddan Saydi ohugacha bir toshcha yo‘l. Pirim Shayx Azizonning o‘limi 1006 [1597-98]dadir. «Raft xatmi g‘avs» so‘zi vafotining ta’rix moddasi bo‘lib, «raft» so‘zidagi «to» harfi chiqarib tashlanadi, [chunki] «xatmi g‘avs» shunga ishoratdir. U kishining ahvoloti «Lamahot» kitobida mufassal bayon qilingani sababli bu yerda maqsadimiz u kishining yotgan yerlarini ko‘rsatish bilan kifoyalandik.

48. Hazrat Azizon Shayx Xudoydod mozori. Sheroz tumanida, G‘azira degan o‘rindadir. U Shayx Xodimning muridi bo‘lgan, [u esa] Shayx Jamol ud-dinning muridi edi. Shayx Xodimning qabri Samarqand shahrining toshidadirkim, yuqorida ko‘rsatildi. U dahbedlik Maxdumi A’zamning zamondoshlaridan edi. U kishi valoyat martabasida g‘oyatda yuqori edilar, balki tug‘asi «Uvaysiy» ekanligi mozoriga ziyorat qilinganda qabri sochgan nurdan bilinadi. Azizon Shayx Xudoydodning o‘limi 939 [1532-33]dadir. «Biraft qutbi olam» vafotining ta’rixidir220.

Janob sayyidlar panohi, hushyorlik ila to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi Abd ul-Hayxoja sudur u kishining aziz avlodidandir. Hijriy 1232/1816-17 yili Abd ul-Hayxoja sudur hazrat [Azizon shayx Xudoydod]ning mozorlari ustiga oliy xonaqoh bino qildirdi. Hozirda u yerda jum’a va iyd namozlari o‘qiladir. Ulug‘ bobolarning mozoriga mutavalilik va G‘azira shaharchasining hukumati Abd ul-Hay xojaga tegishlidir. Samarqanddan G‘azira shaharchasiga ikki tosh [16 chaqirim]lik yo‘l. Hazrat [Xudoydod Azizon] Shayx mozorining ziyorati qalblarga nur bag‘ishlaydi. Bu satrlar roqimi u kishining mozori ziyoratiga borib barakot topdi... Hijriy 1270 yili xayri safar oyining so‘nggi kunlari [1853 noyabr oyining oxirlari] yana u kishining mozori ziyoratiga musharraf bo‘ldi...

XOTIMA


Ushbu viloyat eliga odob o‘rgatish va ushbu kitobga munosib ba’zi ma’lumot Mozorlarning o‘rinlari ko‘rsatilganda, Samarqand shahri bilan ba’zi mahalla va qishloqlarning uzoqliklari aytib o‘tildi. Endi o‘zga shaharlar bilan Samarqand orasida bo‘lgan olisliklarni bu qisqa kitobda yozishni munosib ko‘rdik. Bilmak kerakkim, Samarqanddan Buxorogacha 28 tosh, Toshkentgacha 30 tosh, Turkistongacha 60 tosh, Balxgacha ham 60 tosh, Makkagacha 860 tosh, Astrobodgacha 280 tosh, Yamangacha 1000 tosh, O‘trorgacha 75 tosh, Qashqargacha 125 tosh, Xitoygacha 260 tosh, Chin viloyatigacha 300 tosh, Xorazmgacha 88 toshdir. Har bir tosh (farsax-farsang) 12 ming gaz, har bir gaz 24 barmoq. har bir barmoq 6 arpa donasicha va bir arpa donasi ot quyrug‘i qilining yettitasichadir.
Download 306.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling