“Boshqaruv vakolatlari va turkari” Usmonov Firdavs


Download 63.13 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1117070
Bog'liq
Boshqaruv vakolatlari va turkari

“Boshqaruv vakolatlari va turkari”

Usmonov Firdavs (21.115-guruh)

Boshqaruv shakli — konstitutsiyaviy — xuquqiy ins. , davlat xokimiyatini tashkil etish usullari majmui. Oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish tartibini hamda ularda aholi ishtiroki darajasini oʻz ichiga oladi. Boshqaruv shakllari hokimiyat bir shaxs tomonidan yoki saylab quyiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga qarab jiddiy farq qiladi. Birinchi holatda boshqaruvning monarxiya shakli, ikkinchi holatda esa respublika shakli namoyon boʻladi.

Boshqaruvning monarxiya shaklida, amaldagi qonunlarga muvofiq, monarx, respublika Boshqaruv shaklida esa, saylab quyiladigan davlat organi davlat xokimiyatining subʼekti hisoblanadi. Monarxiyalar va respublikalarning xilma xil turlari mavjud. Ular davlatlarning tiplariga, shuningdek ularning yuzaga kelishi va faoliyat koʻrsatish shart sharoitiga koʻp jixatdan bogʻliq. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi bosqichida monarxiyaning ikki turi: dualistik va parlamentar monarxiyalar farqlanadi.

Dualistik monarxiyaning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, unda davlat xokimiyati monarx b-n parlament oʻrtasida rasmiy — yuridik tarzda taqsimlanadi. Ijro etuvchi xokimiyat bevosita monarx qoʻlida, qonun chiqaruvchi xokimiyat esa parlament ixtiyorida boʻladi. Ammo parlament amalda monarxga boʻysunadi.

Parlamentar monarxiya shu b-n farq qiladiki, monarxning maqomi davlat xokimiyatini amalga oshirishning barcha sohalarida rasman va amalda cheklab quyiladi. Qonun chiqaruvchi xokimiyat toʻla parlamentga, ijro etuvchi xokimiyat esa xukumatga tegishli boʻladi. Hukumat oʻz faoliyati uchun parlament oldida javobgar boʻladi. Hukumatni shakllantirishda monarxning ishtiroki ramziydir.

Boshqarish jarayonidagi funksiyalarning turli-tumanligi, muhim va nomuhimligi vakolatlarning ham shularga mos ravishda turlicha bo’lishini taqazo etdi : -Farmoyishli vakolat; -Idoraviy vakolatlar; -Bir yo’nalishdagi vakolatlar; -Funksional vakolatlar; -Tavsiyali vakolatlar; -Muvofiqlashtiruvchi vakolatlar; -Hisob va nazorat qilish bo’yicha vakolatlar; -Murosaga keltiruvchi vakolatlar;

Boshqaruv vakolatlari va ularning turlari. Farmoyishli vakolatning mohiyati shundan iboratki, bu vakolatga ega bo’lgan shaxs kimga taalluqli bo’lsa o’shalarning ijro etishi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilishga haqlidir. Bu -vakolatlar ikki turga bo’linadi: -chiziqli vakolatlar; -funksional vakolatlar.

Chiziqli vakolat turlarining eng asosiysi bo’lib, tashkilotlarning ierarxik tuzilishining paydo bo’lishi bilaniq vujudga kelgan. U yakka hokimlik tarzda rahbarlik qilishga, ya’ni qonun doirasida: -buyruq va farmoyishlar berishga; -barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishga asoslangan.

Funksional vakolatlar, odatda bilvosita aloqa sharoitida amalga oshiriladi. Bunda vakolatlar ma’lum doirada cheklangan bo’ladi. Chunki har bir boshqaruv bo’g’inidagi rahbarga muayyan funksiyalar biriqtirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi. Idoraviy vakolatlarni korxonalardagi funksiyalarning murakkablashib, ubilan bog’liq bo’lgan boshqarish jarayonining qiyinlashib borishi vujudga keladi.

Etibor uchun rahmat !


Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling