Botanika” fanining ishchi o‘quv dasturi


Download 93.78 Kb.
bet1/6
Sana30.11.2020
Hajmi93.78 Kb.
#156298
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2016-2017 ANATOMIYA ISHCHI DASTUR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

Ro`yxatga olindi: “TASDIQLAYMAN”

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

№______________ ______ ___________________

2017 yil __________ “___” ______________ 2017 yil




BOTANIKA” FANINING



ISHCHI O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi: 5110400 – Biologiya o‘qitish metodikasi


Farg‘ona -2017

Fanning ishchi o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:

Akbarova M. - FarDU, «Biologiya» kafedrasi o`qituvchisi

Taqrizchilar:

Hamidov G`. - FarDU «Ekologiya» kafedrasi professori, b.f.d.


Mahmudov V. - FarDU «Biologiya» kafedrasi dotsenti, b.f.n.

Fanning ishchi o`quv dasturi “Biologiya” kafedrasining 2017-yil 28-avgustdagi 1-son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri ___________ Shermatov M.

Fanning ishchi o`quv dasturi “Tabiiy fanlar” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2017 yildagi -sonli bayonnoma).


Fakultet kengashi raisi ___________Mamajonov Sh.


Kelishildi: O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i__________ Bakirov T.



Kirish

Ushbu dastur Botanika faniga mansub bo‘lib, o‘simlik hujayra va to‘qimalarining tuzilishi, vazifalari, vegetetiv va generativ organlarning tuzilishi, ularning o‘simlik hayotidagi ahamiyati shuningdek, o‘simliklar olamining xilma xilligi, tarqalishi va kelib chiqishi, qarindoshligi asosida sistemaga solish, asosiy oila turkum va turlarini ifodalash, o‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklarning organlari, to‘qimalari va hujayralarining funksiyasi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlarni o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi.



O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – Talabalarga o‘simliklar haqida yaxlit tushunchalar berish, o‘simliklar hujayra va to‘qimalarining tuzilishi, vazifalari, ularning tasnifi haqidagi qonuniyatlarni o‘rgatish, ichki va tashqi tuzilishi, yashash sharoitlari, vegetativ va generativ organlarining tuzilishi, ko‘payishi haqidagi bilimlarni berish, shuningdek o‘simliklar dunyosining xilma-xilligi, ularni tavsiflash, ma’lum sistemaga solish, filogenetik sistemalar haqida ilmiy tushunchalar berish. Tuban va yuksak o‘simliklarning keng tarqalgan bo‘lim, sinf va oila vakillari, ularning tarqalishi, tabiatdagi va inson xayotidagi ahamiyati haqida ilmiy ma’lumotlar berish, o‘simliklarning tashqi muhit ta’siriga moslashuvi, turli xil sharoitlarda o‘simlikning hayotiy faoliyatini, moddalar almashinuvining qonuniyatlari va ularda kechadigan fiziologik jarayonlarni o‘rgatish.

Fanning vazifasi –talabalarga o‘rta va o‘rta maxsus maktablarda o‘simliklar haqida olgan bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish, bir tizimga solish, taksonomik birliklar, filogenetik sistemalar va boshqa shunga o‘xshash o‘simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish; o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish tarixini, fotosintez, mineral oziqlanish, nafas olish va boshqa shunga o‘xshash o‘simliklar haqidagi tasavvurlarni ilmiy asosda kengaytirish; o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish tarixini, botanika, o‘simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi tarixini bosqichma-bosqich bayon etish; talabalarni biologiya, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va o‘rmonchilikda keng miqyosda qo‘llaniladigan tadqiqotlarning amaliy va eksperimentar metodlari bilan tanishtirish; talabalarga tabiat qonunlarining birligi, o‘simlik organizmlariga nisbatan fizikaviy va kimyoviy qonunlarni tadbiq etilishini tushinishiga yordam berish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

“Botanika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • O‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalar tasnifi, vegetativ organlarining ichki va tashqi tuzilishlari, generativ organlarning tuzilishi,o‘simliklarning jinssiz, jinsiy va vegetativ ko‘payishlari,tuban va yuksak o‘simliklar sistematikasi, ularning asosiy sistematik guruhlari, oila, turkum va turlarini farqlay bilishi, o‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, o‘simlik hujayrasining fiziologiyasi, o‘simliklarda suv almashinuvi, fotosintez, oziqlanish, nafas olish, o‘sish va rivojlanish kabi tushunchalarnibilishi kerak;

  • Talabalar “Botanika” fanida O‘zbekiston xududida keng tarqalgan o‘simliklarning sistematik belgilariga asosan olgan nazariy va amaliy bilimlarga asoslangan hamda bo‘lim, sinf, oila, turkum va turlarning o‘ziga hos xususiyati tarqalishi va tabiatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati kabi xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash, turli xil sharoitlarda o‘simlikning hayotiy faoliyatini, moddalar almashinuvining qonun va qonuniyatlarini o‘ziga hos xususiyati tarqalishi va tabiatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati kabi xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash kerakko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • Talabalar olingan bilimlar asosida o‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalari, vegetativ va generativ organlari, sistematik guruhlarini ilmiy asosda taxlil qilish, amaliyotda qo‘llay bilish, o‘simliklarda kechadigan turli fiziologik jarayonlarni o‘rganish kabi masalalarni ilmiy asosda taxlil qilish, amaliyotda qo‘llay bilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning ta’limdagi o‘rni

O‘simliklar dunyosi xilma-xil bo‘lib, tabiatda va inson hayotida alohida o‘rin egallaydi. O‘simliklar tarkibidagi biologik aktiv moddalarning xalq xo‘jaligida,oziq-ovqat sanoatida, xom - ashyo sifatida ishlatilishini bilgan holda sanoat ishlab chiqarishda foydalanish. O‘simliklar oziqlanishining qonuniyatlari va ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi muxim axamiyatga egadir.O‘simliklarning havo va tuproq orqali oziqlanishi, ularning o‘sish va rivojlanishi tashqi muxit ta’siriga chidamliliga bilan bog‘liq qonuniyatlar bilan tanishish qishloq xo‘jaligida yangi navlarni yaratishga xizmat qiladi.

Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlar, hamda elektron darsliklardan, elektron slaydlardan, elektron jadvallardan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

O’quv shakli kunduzgi

O’qitish kursi 1

Semestr 1-2

Umumiy sоat 271

Ma’ruza 80

Laboratoyriya mashg’ulоti86



Mustaqil ish 105


«Botanika (o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)» fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari mavzularining soatlar bo‘yicha taqsimoti jadvali

(I bosqich BO`M yo`nalishri uchun)

t/r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Laboratoriya mashg‘uloti

Mustaqil ta’lim



O‘simliklar dunyosi va uning xilma-xilligi.




2




4



O‘simlik hujayrasi uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi.




2

6

4



O’simlik hujayrasi uning bo’linish usullari. Amitoz, mitoz, meyoz bo’linishining biologik ahamiyati.




2

2

4



Vakuola va hujayra shirasi, uning ximiyaviy tarkibi va hujayra hayotidagi vazifasi.




2

4

4



Hujayra qobig`i va uning tuzilishi. Hujayra ontogenezi.




2

2

4



To‘qimalar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi.Hosil qiluvchito’qimaning tuzilishi, vazifalari va turlari.




2

2

2



Assimilyatsion, jamg`aruvchi va aerenxima, so’ruvchi to’qimalarning tuzilishi, ularning vazifalari va turlari.




2

2

2



Qoplovchi to‘qimalar, ularning turlari.




2

2

2



Mexanik to’qimalar va ularga umumiy tavsifi. Ularning tuzilishi va vazifalari.




2

2

2



O‘tkazuvchi to‘qimalar.




2

2

2



Gulli o’simliklar urug`larining tuzilishi. Bir urug’pallali va ikki urug’pallali o’simliklar urug`lari tuzilishidagi farqlar.




2

2

4



Urug`larni unishi. Maysalarning tuzilishi, o’sishi va rivojlanishi.




2

2

4



Ildiz va uning vazifasi, tiplari va tuzilishi.




2

2

2



Ildizning birlamchi va ikkilamchi ichki tuzilishi.




2

2

2



Shakli o‘zgargan ildizlar, ularning inson va o‘simlik hayotidagi ahamiyati.




2

2

2



Novda va kurtak haqida umumiy tushuncha.




2

2

2



Novdaning tiplari. Poyada barglarning joylashuvi.




2

2

2



Bargning morfologik tuzilishi, tiplari va asosiy vazifasi. Geterofilliya va anizofilliya hodisalari.




2

2

4



Barglarning anatomik tuzilishi. Barglarning to’kilish sabablari.




2

2

2



Poyaning tuzilishi. Stelyar nazariyasi.




2

2

2



Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi.




2

2

2



Novdalar o‘sishi va shoxlanishi.




2

2

2



Shakli o‘zgargan novdalar va ularning tuzilishi.




2

2

3



O’simliklarning qayta tiklanishi va ko’payishi, ko’payish tiplari. Vegetativ ko’payish va uning biologik ahamiyati.




2

4

4



O‘simliklarda sporalar yordamida ko‘payish.




2

2

2



Yuksak o‘simliklarning urug‘lar yordamida ko‘payishi.




2

2

2



Gul, uning tuzilishi, xillari va vazifasi.




2

2

4



To‘pgullar, ularning asosiy morfologik belgilariga ko‘ra tiplarga bo‘linishi.




2

2

2



Androtsey haqida umumiy tushuncha. Changchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.




2

2

2



Mikrosporogenez va erkak gametofit




2

2

2



Ginetseyning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Gulda tugunchalarning joylashishi.




2

2

2



Megosporogenez va urg’ochi gametofit




2

2

2



Gullash va changlanish.




2

2

2



Gulli o‘simliklarda urug‘lanish.




2

2

2



Mevalar, ularning tuzilishi va xilma-xilligi, tasnifi.




2

2

4



Urug` va mevalarning tarqalishini o’ziga xos moslanishlari. Meva urug’larning ahamiyati.




2

2

4



O‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishlari.




2

2

2



O‘simliklarning ekologik guruhlari.




2

2

2



Mavsumiy o‘zgarishlar O‘simliklar hayotining davomiyligi.




2




2



Gulli o‘simliklar ontogenezi.




2

2

2




Jami




80

86

105


Asosiy qism

Fanining o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma - ketligi

“Botanika” fani fizika, kimyo, qishloq xo‘jaligining biologik asoslari, genetika va evolyusion ta’limot, mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.


Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Botanika (anatomiya va morfologiya) kursi bo‘yicha ma’ruza mavzulari


  1. O‘simliklar dunyosi va uning xilma-xilligi. O‘simliklar dunyosi va uning xilma-xilligi. Botanika fani va uning vazifalari, bo‘limlari, tarixi. Yashil o‘simliklarning tabiatdagi va inson xayotidagi ahamiyati. Botanika fanining rivojlanishida O‘zbekiston olimlarining xizmati.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:

Muammoli ma`ruza, blits-savol, munozara, “BBB”o‘z-o‘zini nazorat.



Adabiyotlar: Asosiy: 1,2,3,4,5.

Qo`shimcha: 1,2,3.

Internet saytlari: 1,2,3,4,5,6,7,8,9.
2. O‘simlik hujayrasi uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi. O‘simlik hujayrasining umumiy tavsifi. O‘simlik hujayrasini hayvon hujayrasidan farq qiluvchi asosiy belgilari. Sitoplazma. Sitoplazmaning fizik va kimyoviy xususiyatlari. Sitoplazma harakati. Hujayra organellalari. Plastidalarning o‘simliklar hayotidagi o‘rni, tuzilishi, xillari va vazifalari. Plastida pigmentlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:

Muammoli ma`ruza, blits-savol, munozara, “BBB”o‘z-o‘zini nazorat.



Download 93.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling