Bozor iqtisodiyoti sharoitida “mehnatni tashkil etish va normalash” faning zarurligi
Download 0.64 Mb.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Bozor iqtisodiyoti sharoitida “mehnatni tashkil etish va normalash” faning zarurligi403-guruh talabasi Xakimova Saodat Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqdisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig’indisidan tashkil topadi. Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan bolsa, bir-biri bilan bogliq ikki muhim vazifani hal qilishning obektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan ozaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bolsa, ikkinchisi birgalikda yoki ozaro boglangai faoliyat qatnashchilari ortasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng manoda olganda) mehnat subektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan taminlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq tolash kabi masalalarini organish bilan bogliqdir. «Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo -«tartibga keltiraman» sozidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik ichida ozaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning birlashgan faoliyati tushuniladi. Shunga kora, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni ornatish va takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi. Biroq, bunday tarif haddan tashqari umumiy bolganligi uchun uni mukammal deb bolmaydi. «Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bolish tarixiga toxtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan bolib, u iqtisodiyotda muhim orin tutadi. Ammo, F. Teylor kozda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qoygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni togri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qollanilgan bolib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qollash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qollanilmayapti. Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy korsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi ozaro bogliqlik yuzaga keladi. Ozaro bogliqlik va tasir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, manaviy-psixologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi Xodimlar faoliyatini tashkiliy taminlash elementlar har biri alohida ahamiyatga ega. 1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta oylab korilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish alohida uchastkalar, xodimlar ortasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qoyish, ular faoliyatining ozaro boglanishi va sinxronizatsiyasini taminlash imkonini beradi. 2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan taminlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, yani aniq ish turini bajarishda qollaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. 3. Mehnatni meyorlash. Mehnat meyorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taminlab bolmaydi. Mehnatni meyorlash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taminlashning turli variantlarini baholash vositasi bolib xizmat qiladi. 4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni malum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qollash obekti boladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi bogini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. 5. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini manaviy va moddiy jihatdan taminlashning ajralmas qismi boladi. Mehnat sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta tasir korsatadigan muhim omildir. 6. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning yagona muammosi doirasida korib chiqadilar. 7. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yondashishni tubdan ozgartiradi. 8. Mehnatni ragbatlantirish. Mehnatni moddiy va manaviy ragbatlantirish tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. 9. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat munosabatlari» atamasi ilmiy istemolga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda. E’tiboringiz uchun raxmat!!!Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling