Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati


Download 5.66 Mb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1701971
  1   2   3
Bog'liq
Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati

Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati

mikraiqtisodiyot

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, Narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday Narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning Narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, raqobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.


Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni bajaradi. 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —Narx vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning Narxiga koʻpaytirish opkali hisoblanadi. .2)ragʻbatlantirish vazifasi — Narx ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab Narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, Narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi. .3)raqobat vositasi vazifasi — Narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar Narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi. .4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — Narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar Narxining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, Narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling