Brendlar brendlar


Download 1.68 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1637949
Bog'liq
BRENDLAR

BRENDLAR

BRENDLAR

Reja: 1.”Burberry” brendining tarixi. 2.”Burberry” kompaniyasining faoliyati. 3.Taklif qilinayotgan mahsulot turlari.

Burberry (“Berberi”). Burberry brendiga 1856-yilda Tomas Berberi tomonidan asos solingan. Go’zal aktrisalar ushbu brend liboslariga tez-tez buyurtma beradilar. Burberry brendini mashhur qilgan yana bir jihat – uning “katak” ko’rinishidagi mahsulotlaridir. Aynan shu sababli ham Burberry Britaniyaning ramziga aylandi.

1856 yilda 21 yoshli Tomas Berberri Xampshir shahrida kiyimlar bo'yicha kichik do'konni ochdi va 1870 yilga kelib bu do'kon butun imperiyaga aylandi.1880 yilda Berberri mustahkam suv o'tkazmaydigan matodan gabardinni ixtiro qildi. 1891 yilda Tomas va uning o'g'li Londonda do'kon ochdilar.

1895 yilda Tomas Berberri «trenchkot»ni yaratdi, bu unga mashhurlik va boylik keltirdi, chunki bu mato Birinchi Jahon Urushida Buyuk Britaniya zobitlarining formasiga aylandi. 1901 yilda ilk marotaba - lotin tilida "olg'a" ma'nosini bildiradigan «Prorsum» so'zi bitilgan bayroq tutgan qurol yaroqli ritsar timsoli paydo bo'ldi. 1920 yilda - Burberry trenchida katakli astar - savdo belgisi ro'yxatga olindi. 1955 yilda Burberry Qirolicha Yelizaveta II Oliy janoblarining Ordeniga sazovor bo'ldi. 1989 yilda Burberry Uels Prinsi Oliy Janoblarining ikkinchi ordeniga sazovor bo'ldi. 2001 yilda Kristofer Beyli Burberry kompaniyasining rahbari bo'ldi. Kompaniyaning kreativ direktori bo'la turib, u barcha: Burberry Prorsum, Burberry London vaThomas Burberry tizimlari uchun javob beradi. Burberry - bu hamisha aniq chiziqlar, klassik uslub, an'anaviy qizil, qora, sarg'ish ranglardir. Burberry kiyimi - doimo o'zining soddaligi bilan ajoyibdir.

Burberry brendining “kataksimon” soyabonlari.

“Burberry” brendining namunalari.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling