Bsb bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar
Download 18.67 Kb.
|
ona tili BSB-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayonni diqqat bilan tinglang.Unda ilgari surilgan g‘oyalarni yozma ko‘rinishda izohlang. JAMI: 25 b
- Ijodiy bayon baholash mezonlari
- Bayon matni bo‘yicha berilgan topshiriqlar ( Baholash mezoni: jami-25 ball) I topshiriq
9-sinf ona tili fanidan II chorak BSB-2 Ijodiy bayon BSB bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar: Ijodiy bayon matnini tushunadi; Ijodiy bayon matnidagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunadi, matnni tahlil qiladi va unda ifodalangan ma’lumotlarning ishonchliligiga baho beradi. Muallif maqsadini tushunadi. Ijodiy bayon matnida ishlatilgan uslubiy me’yorlarning (nutqning boyligi,nutqning jo’yaliligi,nutqning ifodaliligi kabi shakllari.) bayondagi vazifasini tushuna oladi. Gaplarni sintaktik tahlil qila oladi. Bayonni diqqat bilan tinglang.Unda ilgari surilgan g‘oyalarni yozma ko‘rinishda izohlang. JAMI: 25 b
Bayon matni bo‘yicha berilgan topshiriqlar ( Baholash mezoni: jami-25 ball) I topshiriq. Berilgan gapni sintaktik (gap bo‘laklari bo‘yicha) tahlil qiling. ( Baholash mezoni: 5 ball) 5 ball- hamma gap bo‘laklarini tegishli belgi bilan to‘g‘ri belgilagan bo‘lsa; 4 ball- gap bo‘laklariga ajratishda 1ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 3 ball- gap bo‘laklariga ajratishda 2 ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 2 ball- gap bo‘laklariga ajratishda 3 ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 1 ball- gap bo‘laklariga ajratishda 4 ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; II topshiriq. Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 5 ta ergashgan qo‘shma gap yozing va qolipini chizing. ( Jami -5 ball, har bir to‘g‘ri javobga 1 ball) 5 ball- Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 5 ta ergashgan qo‘shma gap tuzib ,qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 4 ball- Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 4 ta ergashgan qo‘shma gap tuzib ,qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 3 ball- Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 3 ta ergashgan qo‘shma gap tuzib ,qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 2 ball- Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 2 ta ergashgan qo‘shma gap tuzib ,qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 1 ball- Matn mazmuni asosida ergashtiruvchi bog‘lovchili 1 ta ergashgan qo‘shma gap tuzib,qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; III topshiriq. Matn mazmuni asosida ko‘makchili qurilmalar yordamida 2 ta ergashgan qo‘shma gap yozing va qolipini chizing. ( Jami -5 ball ,har bir to‘g‘ri javobga 2.5 ball) 5 ball- Matn mazmuni asosida ko‘makchili qurilmalar yordamida 2 ta ergashgan qo‘shma gap yozgan va qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 2.5 ball- Matn mazmuni asosida ko‘makchili qurilmalar yordamida 1 ta ergashgan qo‘shma gap yozgan va qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; IV topshiriq. Matn mazmuniga mos ega va kesim ergash gapli qo‘shma gap yozing va qolipini chizing. ( Jami -5 ball ,har bir to‘g‘ri javobga 2.5 ball) 5 ball- Matn mazmuniga mos ega va kesim ergash gapli 2ta qo‘shma gap yozgan va qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; 2.5 ball- -Matn mazmuniga mos ega va kesim ergash gapli 1 ta qo‘shma gap yozgan va qolipini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa; V topshiriq. Matndan olgan fikringiz bo‘yicha to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap yozing, bosh gap va ergash gapni alohida ajratib ko‘rsating. ( Jami -5 ball ,har bir to‘g‘ri javobga 2.5 ball) 5 ball -Matn mazmuniga mos to‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli 2 ta qo‘shma gap yozsa; 2.5 ball-Matn mazmuniga mos to‘ldiruvchi yoki aniqlovchi ergash gapli 1 ta qo‘shma gap yozsa; (Jami: 25 ball) Download 18.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling