Bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish
1. Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi. Oʻzbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — hozirda Moliya vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz — korporativ axborot yagona portali va maʼlumot oshkoraligini taʼminlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi. Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 1) mulkiy huquq. 2) nomulkiy huquq. Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi: 1. Ovoz berish. 2. Kapitalni oʻsishi. 3. Qoʻshimcha imtiyozlar. 4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. 5. Mulkka egalik qilish huquqi. 2. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish Buxgalteriya hisobining 12-«Moliyaviy investitsiyalami hisobga olish» milliy andozasining 15-moddasiga ko‘ra uzoq muddatli moliyaviy qo ‘yilmalar (investitsiyalar) quyidagi baholarda hisobga olinadi: — xarid qiymati bo‘yicha; -- qayta baholash hisobga olgan qiymat bo'yicha; — xarid qiymati va bozor qiymatining um um iy investitsiyalar usuli bo‘yicha aniqlangan eng kam bahosi b o ‘yicha. Uzoq m uddatli moliyaviy investitsiyalam i qayta baholash uch u n qayta baholashning am alga oshirish davriyligini, shu ju m lad an , uzoq m uddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zaru r. M a’lumki, moliyaviy investitsiyalar tarkibida aksiyalar asosiy o ‘rinni egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar muomalasida uning nominal va sotib olish tushunchalari mavjud. Aksiyalarning nominal qiymati deganda ularga yozib qo ‘yilgan qiymat tushuniladi, sotib olish bahosi esa ulaming birlamchi va ikkilamchi bozorlarida belgilanadi. 3. Agar bank o‘z aksiyalarini ularni qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olsa, u holda bankning o‘z kapitali aksiyani sotib olish qiymatiga kamayadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr- passiv)” yoki 30324 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr- passiv)”; Kt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i. Agar bank o‘z aksiyalarini keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olsa, u holda aksiyalar 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari” hisobvarag‘iga nominal qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Dt 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”; Kt 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr- hisobvaraq”. Sotib olingan bankning o‘z aksiyalari keyinchalik ikkilamchi bozorda qayta sotilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) sotib olish bahosiga nisbatan qimmat bahoda sotilganda: Dt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — aksiyani sotish qiymatiga; Kt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30324 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga; Kt 30603 — “Qo‘shilgan kapital” balans hisobvarag‘ining “Qayta sotib olingan o‘z aksiyalari bo‘yicha qo‘shilgan kapital” shaxsiy hisobvarag‘i — qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga; b) sotib olish bahosiga nisbatan arzon bahoda sotilganda: Dt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — aksiyani sotish qiymatiga; Dt 30603 — “Qo‘shilgan kapital” — aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq summasiga, kredit qoldig‘i doirasida; Kt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30324 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga. 30603 — “Qo‘shilgan kapital” hisobvarag‘ining “O‘z aksiyalarini sotib olishdan olingan qo‘shilgan kapital” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining qoldig‘i nolga teng bo‘lsa, aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. v) bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr- hisobvaraq”; Kt 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling