Bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1264117


1. Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va 
uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho 
qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi. 
Oʻzbekistonda aksiyalar, Markaziy depozitariy, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — hozirda Moliya 
vazirligi tarkibidagi department, shuningdek, openinfo.uz — korporativ axborot yagona portali va 
maʼlumot oshkoraligini taʼminlovchi boshqa vositalar yordamida muomalaga kiritiladi. 
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada 
ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi 
aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari 
mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan 
foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. 
Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 
1) mulkiy huquq. 
2) nomulkiy huquq. 
Aksiyalarni roʻyxatga olish boʻyicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar 
investorni quyidagi xususiyatlari boʻyicha jalb qiladi: 
1. Ovoz berish. 
2. Kapitalni oʻsishi. 
3. Qoʻshimcha imtiyozlar. 
4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. 
5. Mulkka egalik qilish huquqi. 
2. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish 
Buxgalteriya hisobining 12-«Moliyaviy investitsiyalami hisobga
olish» milliy andozasining 15-moddasiga ko‘ra uzoq muddatli
moliyaviy qo ‘yilmalar (investitsiyalar) quyidagi baholarda hisobga
olinadi: 


— xarid qiymati bo‘yicha; 
-- qayta baholash hisobga olgan qiymat bo'yicha; 
— xarid qiymati va bozor qiymatining um um iy investitsiyalar
usuli bo‘yicha aniqlangan eng kam bahosi b o ‘yicha. 
Uzoq m uddatli moliyaviy investitsiyalam i qayta baholash
uch u n qayta baholashning am alga oshirish davriyligini, shu
ju m lad an , uzoq m uddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash
zaru r. 
M a’lumki, moliyaviy investitsiyalar tarkibida aksiyalar asosiy
o ‘rinni egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar muomalasida uning nominal
va sotib olish tushunchalari mavjud. 
Aksiyalarning nominal qiymati deganda ularga yozib qo ‘yilgan
qiymat tushuniladi, sotib olish bahosi esa ulaming birlamchi va
ikkilamchi bozorlarida belgilanadi. 
3. 
Agar bank o‘z aksiyalarini ularni qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olsa, 
u holda bankning o‘z kapitali aksiyani sotib olish qiymatiga kamayadi. Bunda quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-
passiv)” yoki 
30324 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-
passiv)”; 
Kt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki 
mijoz hisobvarag‘i. 
Agar bank o‘z aksiyalarini keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olsa, u holda 
aksiyalar 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari” hisobvarag‘iga nominal 
qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: 
Dt 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”; 
Kt 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-
hisobvaraq”. 
Sotib olingan bankning o‘z aksiyalari keyinchalik ikkilamchi bozorda qayta sotilganda, 
quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 
a) sotib olish bahosiga nisbatan qimmat bahoda sotilganda: 
Dt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — aksiyani sotish 
qiymatiga; 
Kt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30324 — “Aksiyadorlardan qayta 
sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga; 
Kt 30603 — “Qo‘shilgan kapital” balans hisobvarag‘ining “Qayta sotib olingan o‘z aksiyalari bo‘yicha qo‘shilgan kapital” shaxsiy 
hisobvarag‘i — qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi ijobiy farq summasiga; 
b) sotib olish bahosiga nisbatan arzon bahoda sotilganda: 
Dt 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i — aksiyani sotish 
qiymatiga; 
Dt 30603 — “Qo‘shilgan kapital” — aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq summasiga, kredit qoldig‘i doirasida
Kt 30321 — “Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)” yoki 30324 — “Aksiyadorlardan qayta 
sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)” — aksiyani sotib olish qiymatiga. 


30603 — “Qo‘shilgan kapital” hisobvarag‘ining “O‘z aksiyalarini sotib olishdan olingan qo‘shilgan kapital” alohida shaxsiy 
hisobvarag‘ining qoldig‘i nolga teng bo‘lsa, aksiyani qayta sotish va sotib olish o‘rtasidagi salbiy farq 31206 — “Sof 
foyda (zarar) (aktiv-passiv)” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
v) bir vaqtning o‘zida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-
hisobvaraq”; 
Kt 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari”. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling