Бухоро давлат университети Бошланғич таълим асослари кафедрасининг навбатан ташқари ўқув-усулий йиғлиши баённомаси кўчирмаси


Download 40 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi40 Kb.
#1364652
Bog'liq
Ergasheva ochiq dars bayonnomasi




Buxoro davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasining navbatan tashqari yig‘ilishi bayonnomasidan
KO‘CHIRMA

Buxoro shahri 2022 yil 19 aprel


Qatnashdilar: M.Yo.Ro‘zieva ( kafedra mudiri, yig‘ilish raisi),
dotsent G.R.Akramova, o‘qituvchilar H.Rahmatov,N.Sayfullaeva, Djuraeva S,Axrorov.I, A.Qosimov,N.Turdieva S.R.Akramova (kotib)


K U N T A R T I B I:

1.BuxDU Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) yo’nalishi 2-bosqich magistranti Ergasheva Tuyg’unoyning “Umumiy pedagogika” fanidan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo‘nalishi 14-1,2BTU-19 guruhlarida “Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali Ibn Sinoning ta’limy – axloqiy qarashlari” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti muhokamasi.


E SH I T I L D I:
M.Yo.Ro‘zieva (yig‘ilish raisi). – Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Bugun biz Ergasheva Tuyg’unoyning ochiq darsini kuzatdik. Kuzatilgan dars bo‘yicha fikr bildirish navbatini sizlarga beraman.
Turdieva.N– 2-bosqich magistranti Ergasheva Tuyg’unoyning “Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali Ibn Sinoning ta’limy – axloqiy qarashlari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsi ilmiy ma’lumot va tushunchalarga boy darsdir. Slaydlar va ma’ruza matni videoproektor orqali namoyish etildi. Turli savollar bilan talabalar diqqati darsga jalb etildi. “Bumerang” va “Nilufar guli” guruh a’zolariga topshiriq va vazifalar berildi. Ta’lim jarayonida notiq va talabalar sub’ekt shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatdilar.
G.R.Akramova ( p.f.n.dotsent ) – Salomlashildi, navbatchilar axboroti tinglandi, bayram bilan talabalarni o‘qituvchi tomonidan tabrik so‘zi aytildi. Talabalarga fanga oid o‘quv adabiyotlari bilan tanishtirib o‘tildi. O‘tilgan mavzu so‘raldi. O‘tilgan mavzu yuzasidan “Bumerang” va “Nilufar guli” guruhlariga kartoteka tarqatildi. Dars jarayonida ko‘rgazmali qurollardan o‘z o‘rnida foydalanib, mavzuning muammolarini echish uchun zamin tayyorladi. Dars noan’anaviy shaklda tashkil etildi. O‘qituvchi mavzuni mazmunli, tushunarli tilda tinglovchilarga tushuntirdi. Yangi mavzuni mustahkamlashda testlardan foydalandi bu yanada dars samaradorligini oshirdi. Videoproekt, slayd va kompyuterdan unumli foydalandi. Ekspertlar dars oxirida guruhlar to‘plagan ballni e’lon qilishdi. G‘olib bo‘lgan guruh rag‘batlantirildi.
Djuraeva.S (o‘qituvchi).– “Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali Ibn Sinoning ta’limy – axloqiy qarashlari” mavzusida o‘tkazilgan dars men uchun ibratli dars sanaladi. Dars jarayonida o‘qituvchi T.Sh.Ergashevadan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi. Mavzu mohiyati keng va atroflicha yoritildi. Savol-javob, bahs-munozaralar ta’lim jarayonida talabalarni faol bo‘lishga undadi. Dars jarayonida ikkala guruh tomonidan uchta mamlakat ta’lim tizimi haqida fikr bildirildi o‘qituvchi boshqarib xulosa qilindi. Talabalar tomonidan mavzu mohiyatini ochib beruvchi juda chiroyli mazmunli ko‘rgazma qurollar tayyorlab kelingan. Bu darsni kuzatuvchi o‘qituvchilarga katta taasurot qoldirdi.O‘tkazilgan dars o‘z maqsadiga erishdi.


QAROR QILINDI:

1. Ergasheva Tuyg’unoyning “Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali Ibn Sinoning ta’limy – axloqiy qarashlari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq ma’ruza mashg‘uloti haqida bergan axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ergasheva Tuyg’unoyning “Abu Rayxon Beruniy hamda Abu Ali Ibn Sinoning ta’limy – axloqiy qarashlari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq ma’ruza mashg‘uloti “yaxshi” o‘tilganligi alohida qayd etilsin.


Yig‘ilish raisi : M.Yo.Ro‘zieva


Kotib: S.R.Akramova
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling