Bulutli xisoblash tizimlarining paas xizmatlarida foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash algaritimlari radjabova Madina Shavkatovna


Download 52.5 Kb.
bet1/3
Sana17.10.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1705507
  1   2   3
Bog'liq
Radjabova Madina Shavkatovna maqola


BULUTLI XISOBLASH TIZIMLARINING PaaS XIZMATLARIDA FOYDALANUVCHILARNI AUTENTIFIKATSIYALASH ALGARITIMLARI
Radjabova Madina Shavkatovna
(Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti
Axborot xavfsizligi yo’nalishi” yo’nalishi magistranti)
Ushbu maqolada bulutli hisoblash tizimlarining Paas xizmatlari va ularning bugunki hayotimizdagi o’rni va autentifikatsiyalash asoslari haqida ma`lumot berilgan.
Kalit so`zlar: bulutli texnologiyalarining PaaS xizmatlari, texnologiyaning xususiyatlari, xavfsizlik va maxfiylik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi tuzildi. Konsepsiya doirasidagi mazmuni O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta’lim vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv jaroyonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirish, global Internet tarmog‘i, multimediya tizimlaridan foydalanish va masofaviy o‘qitishning zamonaviy shakllarini qo‘llash bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikma, malaka va kompitentsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.


1990 yillarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash tizimi bir muncha keng tarqalgan edi. Bu yo‘nalish texnik vosita prossesorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalahish va hisoblash quvvatlarini ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyatiga ega edi. Grid texnologiya bilan “bulut” texnologiya ko‘pgina o‘xshashliklarga ega, lekin uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega bo‘lganligi bois, bulutli hisoblash modeli istiqbolli texnollogiya deb tan olindi.
Bulutli texnologiyadan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qo‘llash turli imkoniyatlarga ega hamda, infra tuzilish, xizmat ko‘rsatish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin.

Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling