Texnologiyalari unversiteti “Kompyuter tizimlari”
Download 1.06 Mb.
|
Amaliyot Hisobot4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: “Kompyuter tizimlari” katta o’qituvchi Iskandarova F.
- Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNVERSITETI “Kompyuter tizimlari” kafedrasi 211-19 KIo’ guruh talabasi Ismoilov Temurbekning ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish bo`yichaHISOBOTI Qabul qildi: “Kompyuter tizimlari” katta o’qituvchi Iskandarova F.Toshkent 2023 MundarijaKirish 4 BOB. KORXONA TEXNIK XAVFSIZLIGI, TALABLARI, STRUKTURASI VA ISH REJIMI 6 Texnik xavfsizligi 6 BOB. AMALIYOT O’TASH MUDDATI DAVOMIDA FOYDALANILGAN DASTURIY TA’MINOTLAR 10 SQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash 10 Ubuntu Operatsion tizimi bilan ishlash ko’nikmalarni hosil qilish 13 Global kompyuter tarmog‘i vazifalari 18 BOB. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida ishlab chiqilgan masalalar. 23 Visual Studio Code muhitida masalalar bilan ishlash 23 Veb dasturlashda Audentifikatsiya masalasi 24 Xulosa 26 Foydalanilgan adabiyotlar 27 KirishXXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot kommunikatsiyalari asri” deya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Kompyuter madaniyatining kirib kelishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi, malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi ko‘rinishi yuzaga keldi. Jamiyat hayotiga axborot texnologiyalarning keng darajada kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mazkur o‘zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta'siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir sohasida axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborot texnologiyasining asosiy belgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo‘linishini e'tirof etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib berdi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida o'quv kompyuter sinflarini tashkil qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Hammasi milliy telekommunikatsiya tizimida o'quv-ta’lim, ilmiy, yoshlar hamda bolalar muassasalari va tashkilotlari uchun mo'ljallangan axborot materiallarini birlashtiruvchi yagona axborot-resurs maydonchaga ega bo'lgan jamoat ta’lim axborot tarmog'ini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, axborot tizimlarini, telekommunikatsiya va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish asosiy maqsadlardan biridir. O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmoniga muvofiq O'zbekiston vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari tomonidan ta’lim va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sohasidaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xizmatlarini rivojlantirish borasida aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi. Axborotlashtirish bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi. Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling