Texnologiyalari unversiteti “Kompyuter tizimlari”


Tarmoqning texnik vositalari


Download 1.06 Mb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1582779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliyot Hisobot4

Tarmoqning texnik vositalari.


Firmaning turli bo‘limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‘lgan turli xil LHT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bo‘lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkiletish uchun ba’zida keraklidir. Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo‘lgan intilish LHT ni yuqoriroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin. Tarmoqlarni bir biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi. Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoqmasofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir. Ko‘priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqlar o’rtasidagi grafikni rostlaydi. Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o‘zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‘lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo‘lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi. Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi.
Ko‘priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‘ida bu odatta, dastur ta’minotli va qo‘shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM dir.
Global tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Global tarmoqning fayl-serveriga qo‘yiladigan talablar. Novell Net Ware LHT ning asosiy bo‘g‘ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‘lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga bog‘liqdir. Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim. Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak. Globl tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16 Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi.Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.

  1. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling