Texnologiyalari unversiteti “Kompyuter tizimlari”
Global kompyuter tarmog‘i vazifalari
Download 1.06 Mb.
|
Amaliyot Hisobot4
Global kompyuter tarmog‘i vazifalari.Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda ko’p afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, xar bir bo‘lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‘z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan o‘zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion sistemasida ishlaydi. Hozirda ko‘p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud. Lokal kompyuter tarmog‘i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Global tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir. Global tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir. EHM ning global tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Masalan kollejda kompyuter global tarmog‘i orqali ulangan. Global tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Global tarmoqlari har qanday tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Global tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas, 10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa 20 km. Ko‘p hollarda o‘zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko‘rsatayotgan Lokal kompyuter tarmog‘i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, hatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog‘langandir. Har qanday hisoblash tarmog‘ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling