Burg’ilash stanoklari va portlatish- portlashda toğ jinslari


Download 50 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi50 Kb.
#1244381
  1   2   3
Bog'liq
Burg’ilash va portlatish- portlashda to jinslari maydalanish da



Burg’ilash stanoklari va portlatish- portlashda toğ jinslari

I. Kirish


2. Ochiq kon ishlarida burg’ulash va portlashish ishlari.
3. Kon jinslarining burg’ulanuvchanligi.
4. Xulosa

Kirish
XX asr o’rtalariga kelib butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari kengayib borogan. O’zbekiston Respublikasida konlarni ochiq usulda qazib olish 1947-yildan boshlangan. Hozirgi vaqtda ko’mir, metal konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi, qurilish materiallarining barcha turlari ochiq usulda qazib olinadi. Ochiq kon ishlarini qisqa vaqtda rivojlanib yuqori unumdorlikka erishishida kon transport uskunalari texnologiyalari natijasida sodir bo’lmoqda. Ochiq kon ishlarini yanada rivojlantirib, samarali olib borishda burg’ulash va portlatish ishlarini o’rni katta. Portlatish olib borishda portlovchi modda sifatida asosan granulitlar, igdanitlar, kukunsimon portlovchi moddalar ishlatiladi.


Burg’ulash ishlariga yo’nalish berib borishda marksheyderlik xizmatining ham o’rni alohida ahamiyatga ega. Marksheyderlar burg’ulash smenalariga burg’ulash ishlari bo’yicha xaritalar taqdim etishadi. Va burg’ulash ishlari zamonaviy dastgohlar yordamida amalga oshiriladi. Burg’ulash uchun qo’llaniladigan stanoklar 3 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga, karonkali, sharoshka dolotali, bolg’ali va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga, olovli burg’ulash stanoklari kiradi. Uchinchi guruhga aralash ta’sir ko’rsatishni ta’minlaydigan stanoklar kiradi. Hozirgi kunda SBSH-320, SBSH-250, SBSH-200, SBU-100 GA-50 rusumli burg’ulash stanoklari keng qo’llanilmoqda. Konchilik sanoatining barcha tarmoqlarida foydali qazilmani ochiq usulda qazib olishda yuqorida keltirilgan stanoklar keng qo’llanilmoqda. Temir ruda va rangli metallurgiya sanoati karyerlarida burg’ilanayotgan skvajinalarning 80%, ko’mir razrezlarida esa 60% sharoshkali burg’ilash stanoklari bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Baliqlitog’ konida ohaktosh, burg’ulash va portlatish usulida ochiq holda qazib olinadi. Tajribali muxandislar va zamonaviy kon texnikalari bilan qurollangan bu konda qazish ishlari juda yaxshi yo’lga qo’yilib o’z samarasini bermoqda.


Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling