Bajardi. To'rayev Diyorbek Falsafadan 5-mustaqil ish


Download 14.9 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.9 Kb.
#1580277
Bog'liq
falsafadan 5 mustaqil ish


Bajardi. To'rayev Diyorbek
Falsafadan 5-mustaqil ish
Reja :
1. Buyuk mutafakkirlar etika katergoriyalari haqida.
2 . Estetika tarbiyaning turlari va yo'nalishlari
3. Milliy manaviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qarashlar.

Bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq»,» Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nom bilan atab kelingan. Ovro`poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan, Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa -san'at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta yethika) deb ataganlar.

Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz.

Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bulib bu «xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.

Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Xitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.

Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;

-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;

- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;

- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;

- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.

San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan.

San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.

Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.

Insonning hayoti va turmushida, ayniqsa, yosh avlodning kamolot topishida, axloqiy voyaga yetishida oilaning o’rni va vazifasi beqiyosdir. Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi". Yutrboshimiz yana uqtirganidek: "Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eng qimmatli an’analar: halollik, rostgo’ylik, or - nomus, sharmu - xayo', mehru - oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan". Bas shunday ekan, oila va nikoh nima, ularning mohiyati, maqsadi va ahamiyatini bilish har bir fuqaro, har bir bo’lajak mutaxassis, yosh avloddan tortib keksa kishilargacha bilishi zarur va muhimdir.



Xo’sh, oila va nikoh nima? Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga bo’ysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola - chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan.


"Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Adabiyotlarda oilaning turli ta’riflari mavjud. Shundan eng mukammali quyidagidir: Oila - kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, bola tug’ish), iqtisodiy (mulkiy munosabatlar, uy - ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni davlat yo’li bilan qayd etish), ma’naviy (er - xotin, ota - ona va bolalar o’rtasidagi mehr - muhabbat tuyg’usi va boshqa) munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi"1. Professor A. Ortiqovning ma’ruza matnlarida, yosh olima F.Primovannng oila haqida quyidagi Yanada mukammalroq ta’rifi keltirilgan: "Oila jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida, uning davomiyligini ta’minlovchi tabiiy - biologik, ijtimoiy ehtiyojlarning qonuniyati asosida shakllanib, takomillashgan kishilarning ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"2. Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik bahsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular ota - ona sifatida farzandlaru qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling