4- mashg‘ulot. Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari


Download 26.15 Kb.
bet1/2
Sana12.02.2023
Hajmi26.15 Kb.
#1191057
  1   2
Bog'liq
4-seminar


4- mashg‘ulot. Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari.


  1. Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari va tavsiflarini Venn diagrammasida kо‘rib chiqish.

  2. Tadqiqot obyekti va predmetining asosiy belgilari va tavsiflari “Aqliy hujum” metodidan foydalanish о‘rganish.

  3. Tadqiqot obyekti va predmetining asosiy belgilari va tavsiflari.


Mashg‘ulotning borishi:
1-topshiriq Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari va tavsiflarini
VENN diagrammasi”da bajarish
Venn diagrammasi- 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qо‘yish uchun qо‘llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi.
Tinglovchilar:
1) kichik gurhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarida rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga oid fikrlarini oydinlashtirib olib, tо‘ldiradilar;
2) juftliklarga birlashadilar, о‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va tо‘ldiradilar;
3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bо‘lgan fikrlar rо‘yxatini tuzadi;
4) ish natijalarining taqdimoti.
Ilmiy tadqiqotning asosiy belgilari va tavsiflarini “VENN diagrammasi”da tо‘ldiring


2-topshiriq: Tadqiqot obyekti va predmetining muhim belgilari va tavsiflari “Aqliy hujum” metodidan foydalanish о‘rganish.
Metodning maqsadi: biror muammo bо‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tо‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri о‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga kо‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bо‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod tо‘g‘ri va ijobiy qо‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga о‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bо‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar о‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish kо‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qо‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qо‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qо‘yilganda - yangi mavzuga о‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. О‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qо‘yilganda - mavzudan sо‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
Aqliy hujum” metodini qо‘llashdagi asosiy qoidalar:

  • Bildirilgan fikr - g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  • Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto tо‘g‘ri bо‘lmasa ham inobatga olinadi.





  • Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bо‘yicha о‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini sо‘raladi;

  • ta’lim oluvchilar savol bо‘yicha о‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  • ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) tо‘planadi;

  • fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bо‘yicha guruhlanadi;

  • yuqorida qо‘yilgan savolga aniq va tо‘g‘ri javob tanlab olinadi.

Aqliy hujum” metodining afzalliklari:


Muammoli savol beriladi. Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi. Fikr va g‘oyalar guruhlanadi. Aniq va tо‘g‘ri javob tanlab olinadi:
 natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr- g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;
 ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
 fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boradi;
 ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib kо‘rish imkoniyati mavjud;
 ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.

Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:


 ta’lim beruvchi tomonidan savolni tо‘g‘ri qо‘ya olmaslik;
 ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Munosabat: bolalarga yorqin emotsional munosabat­lar, tasvirlangan voqealar va qaxramonlarga faol kо‘maklashish xamda ular xaqida qayg‘urish xosdir. Bolalar kitob, she’r va xalq qо‘shiqlari bilan takroran uchrashishga intiladilar. Ular dono fikr, xazil, qo­fiyadosh sо‘zlardan zavqlanadilar va ularni esda saqlab qolishni xamda о‘z nutqida qо‘llashni xoxlaydilar.

Download 26.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling