«Buxgalteriya hisobi va audit» fakulteti «Jismoniy madaniyat va sport faoliyati»


Download 0.86 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1561029
  1   2   3
Bog'liq
Очик дарс Ташпулатов


«Buxgalteriya hisobi va audit» fakulteti fakulteti
«Jismoniy madaniyat va sport faoliyati» kafedrasi mudiri dotsent Tashpulatov Farxad Alisherovich tomonidan XBA-20 guruhida «Jismoniy madaniyat va sport» fanidan o‘tkazilgan “Ochiq dars”
BAYoNNOMASI


2023-yil 20-aprel Toshkent shahri


Qatnashdilar: Kafedra mudiri­­­ F.Tashpulatov, dotsentlar A.Muxametov, F.Karimov katta o‘qituvchilar Z. Nazarov, B.Abbosov, G‘.Q.Shermatov, assitentlar, U.Jabborov, Z.Xamraeva “TIQXMMI” MTU “Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti M.Norqobilov, va XBA-20 guruh talabalari.
Kun tartibi:

  1. Kafedra dotsenti Tashpulatov Farxad Alisherovich tomonidan

XBA-20 guruhida “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan Sport turi: Stol tennis texnikasi va taktikasi o‘rganish mavzusida o‘tkazilgan Ochiq dars natijalarini o‘rganish haqida.

Ushbu masala yuzasidan kafedra dotsenti F.Karimov so‘zga chiqdi va bugungi kunda ta’lim sifati eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turganligi, talabalarni sifatli va samarali o‘qitishning muhim ahamiyatli vazifa ekanligi bu borada mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi PF-5847-sonli Farmonining ulkan vazifalarni amalga oshirish borasidagi tutgan o‘rni haqida gapirib o‘tdi.




  1. Eshitildi:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot Universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti M.Norqobilov so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi:
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, bugun kafedrada faoliyat olib borayotgan pedagog-kadrlardan biri bo‘lgan dotsent Tashpulatov Farxad Alisherovichning “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan Sport turi: Ctol tennis, texnikasi va taktikasi o‘rgatish mavzusidagi amaliy mashg‘ulotini kuzatib, aytish joizki, pedagog-kadrning malakasi va salohiyati, bilimi yetarli darajada. Uning mavzusi amaliy mashg‘ulot darsiga mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘zi tomonidan olib boradigan mashg‘ulotning kalendar rejasiga mosligi, darsning texnologik xaritasi va sillabusini birlamchi xujjat asosida komissiya a’zolariga taqdim etdi. Shundan so‘ng talabalarga mavzuni qanday yetkazishni taqdimot qildi. Mavzuning avvaldan tayyorlangan rejasiga muvofiq mashg‘ulot bo‘yicha texnik taktik usullarni ko‘rsatib berdi. Mashg‘ulotdan so‘ng dotsent Tashpulatov Farxod Alisherovichga komissiya a’zolari tomonidan savollar berildi, savollarga to‘liq javob olindi. Talabalar o‘tilgan mavzu yuzasidan aniq tasavvurga ega bo‘ldilar. Komissiya a’zolari tomonidan olib borilgan amaliy mashg‘ulot yaxshi deb qabul qilindi.
Mashg‘ulotdan so‘ng kafedra dotsenti A.Muxametov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Amaliy mashg‘ulot olib boruvchi dotsent Tashpulatov Farxod Alisherovichning amaliy mashg‘uloti yaxshi baholandi va u bilan kelgusi faoliyatlarida yanada ko‘proq ustoz-shogird tizimi asosida faoliyat olib borish zarurligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, quyidagi tartibda
QAROR QILINDI:

1. Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya a’zolarining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Dotsent Tashpulatov Farxod Alisherovich tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan tashkil etilgan ochiq dars “yaxshi” deb baholansin.
3. Navbatdagi “Ochiq dars” mashg‘ulotlarida kafedra pedagog-kadrlarining faoliyatini yuqori darajada tashkil etish masalasiga yuqori tashkiliy saviyada yondashilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmamda qoldiraman.

Buxgalteriya hisobi va audit



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling