Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 2-kurs 2-guruh talabasi yoqubjonov abdusattorning mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot fanidan tayyarlagan referati


Download 24.07 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi24.07 Kb.
#1593474
TuriReferat
Bog'liq
makro




TOSHKENT MOLIYA INSITITUTI ANDIJON FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI 2-KURS

2-GURUH TALABASI YOQUBJONOV ABDUSATTORNING
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT FANIDAN
TAYYARLAGAN REFERATI

ANDIJON-2023


MAVZU: Balanslashgan byudjet multiklyatri.

Reja:

1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati, usullari va vositalari.
2.Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari.
3.Diskret va nodiskret byudjet–soliq siyosati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari


Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy—moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.
Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijorosini ta‘minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:
1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.

2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarni bajarish uchun davlatni zarur bo’lgan moliyaviy manbalar, mablag’lar bilan ta‘minlash.


3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlikni bartaraf etish, ishsizlarni ish bilan ta‘minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.


4. Aholi turmush darajasini zaruriy me‘yorda saqlab turish imkonini izlash va ta‘minlash.


Soliqlardan kompleks foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga, xo’jaliklar va aholini tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadrsizlanish jarayonini (inflyatsiyasini) jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadrsizlanishiga qarshi choralar ko’rish kam sarflab, topilgan daromadaarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga oshiriladi.
Soliqlar davlat faoliyatlarining moliyaviy manbai bo’lganligi tufayli soliq siyosatini ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanish tarixini chuqur o’rganishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutaxassislari o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.
Shunday ekan, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to’liq hayotga tatbiq qilishning tashkilotchilik va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosatini faol yuritish bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tish va uning munosabatlarini har tomnlama rivojlantirishning muhim omilidir.
Hozirgi davri soliq siyosatining asosini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va jahon amaliyotida tan olingan iqtisodiy taraqqiyotning besh tamoyili tashkil etadi. Ana shu tamoyillarga tayangan holda respublikamizda soliq sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan soliq siyosatining ikki yo’nalishi mavjud bo’lib, ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy mustaqilligi, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda soliqlarni undirishny tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, eksportbop, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan hodda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.

2. Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma -xil yondashish zarurdir. Nochor, kam ta‘minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.


Soliq siyosatini amalga oshirishda uning strategiyasi va taktikasining asoslangan bo’lishiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Soliq strategiyasi uzoq yillarga mo’ljallangan, soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora - tadbirlarning majmuasini ko’rsatuvchi uzoq yillik rejadir.
Soliq taktikasi esa soliq strategiyasining har bir ma‘lum davr (yil, chorak) da amalga oshirilshi lozim bo’lgan aniq tadbiriy choralar ko’rsatiladigan qisqa mudldtli rejadir. Taktika strategiyadan kelib chiqishi lozim.
O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish yo’llari.

O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish yo’llari.


1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati, usullari va vositalari.
Moliya siyosati davlatning o`zaro bog’liq bo`lgan ikki faoliyati bilan byudjetni o`zini tartibga solish, ya`ni byudjet siyosati va soliq solish hamda davlat xarajatlarini muvofiklashtirib iqtisodiyotga ta`sir etish siyosatidan (fiskal yoki soliq byudjet siyosati) iborat.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantiruvchi fiskal siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. YA`ni, davlat qisqa muddatda iqtsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.
Byudjet - soliq siyosati – ish faolligi darajasini tartibga solish, turli xil ijtimoiy vazifalarni bajarish maqsadida soliqlarni olish va davlat byudjeti mablag’larini sarf qilish uchun hukumat imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Byudjet - soliq siyosatining asosiy vositalari – davlat xarajatlari va soliqlar hisoblanadi. Batafsil ko`rib chiqadigan bo`lsak, ular quyidagilar:
• soliq stavkasini o`zgartirish,
• soliq solish bazasini o`zgartirish,
• soliqlar turini o`zgartirish,
• soliqlar sonini o`zgartirish,
• davlat xarajatlari hajmini o`zgartirish,
• davlat xarajatlari yo`nalishini o`zgartirish.
Bu siyosatni mamlakatning qonun chiqaruvchi organi ishlab chiqadi. U soliq solishni va davlat byudjeti mablag’larini sarflashni nazorat qiladi.
Byudjetni boshqarish samaradorligi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
daromadlarning yig’ilishi va byudjet majburiyatlarining bajarilish darajasi;
defitsit hajmi va byudjet qarzlarining o`sish sur`ati;
davlat qarziga xizmat qilish uchun ajratilgan moliya mablag’larining hajmi;
yalpi mahsulotning monetizatsiya darajasi; (pul massasining YAMMga nisbati);
valyuta zahiralari hajmi va dinamikasi;
YAMM va bandlik dinamikasi.
Davlat byudjetni shakllantirishda quyidagi kontseptsiyalar mavjud:
Byudjet har yili balanslashtirilishi lozim degan g’oya. YAqin paytlargacha moliya siyosatining maqsadi hisoblanar edi. Ammo bunda fiskal siyosatning samarasi pasayib ketadi. Masalan ishsizlik, krizis surunkali bo`lganda aholi daromadlari kamayadi, byudjet kirimlari kamaymasligi uchun esa soliqni ko`paytirishga to`g’ri keladi. Bu esa yalpi talabni yanada pasaytiradi.
Davlat byujeti har yili emas, balki iqtisodiy tsikl davrida balanslashtirish lozim degan g’oyaga asoslanadi bunda tanazzulga qarshi kurash chorasi deb hukumat soliqlarini pasaytiradi. Xarajatlarni va byudjet defitsitini oshiradi, ko`tarilish davrida soliqlarni ko`taradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi, byudjetni ijobiy sal’do bilan chiqaradi, bu tanazzul davridagi defitsitni qoplaydi. Ammo krizis uzoqroq, ko`tarilishi muddat jihatdan kamroq bo`lsa, defitsit qoplanmasligi mumkin.
Byudjet emas, iqtisodiyot balanslashtirilishi kerak, degan qoida moliyani asosiy vazifasi deb qabul qilingan. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik davrida byudjet ijobiy va barqaror sal’doga ega bo`lishi mumkin, degan fikr ilgari suriladi. Iqtisodiy o`sish sharoitida avtomatik tarzda soliq ko`payadi va kamomad o`z-o`zidan yo`qoladi.

2-reja. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari.


Qisqa muddatli davrda byudjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet mul’tiplikatorlari samarasi ta`siri ostida bo`ladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEqΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o`sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o`sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo`yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o`sadi.
Oldingi mavzuda ko`rganimiz singari, xarajatlardagi ozroq o`zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo`lgan, o`zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo`ladi (1-chizma).
ΔY=ΔE x (1/(1-b))= ΔE x m
Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari mul’tiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar sistemasini echish orqali topish mumkin:
Y=C+I+G
C=a+bY
Bu erda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
Soliqqa tortish hisobga olinganda iste`mol funktsiyasi o`zgaradi va C=a+b(1-t)Y ko`rinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo`yib echsak, quyidagi natijani olamiz:
1
Y= --------------- (a+I+G)
1-b ( 1-t)
Bu erda: 1 / (1-b(1-t) – yopiq iqtisodiyotda xarajatlar mul’tiplikatori;
t – chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Bu erda: ΔT – to`lanadigan soliqlar miqdorining o`sishi;
ΔY – daromadlarning o`sishi.
Progressiv soliq tizimi mul’tiplikator samarasini yumshatadi va ishlab chiqarish hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar mul’tiplikatori soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi soliq mul’tiplikatoridan ancha kichikroq miqdorga ega, chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan chiqadi va mal’tiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda ham ko`zga tashlanadi. SHuningdek ochiq iqtisodiyotda oshgan daromadlarning bir qismi importga yo`naltirilishi oqibatida muomaladan chiqib ketishi tufayli mul’tiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikator va muvozanatli ishlab chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:
Y=C+I+G+Xn
C=a+b(1-t) x Y
Xn=g+m’Y
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo`yib, echsak quyidagi echimga ega bo`lamiz:
1
Y= ------------------- (a+I+G+g)
1(1-b(1-t)+m’
Bu erda: 1 / 1(1-b(1-t)+m’ ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar mul’tiplikatori.
Muvozanatli daromadlar darajasiga soliqlarni kamaytinish ham mul’tiplikativ ta`sir ko`rsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak, tasarrufdagi daromad darajasi ΔT ga oshadi. Iste`mol xarajatlari mos tarzda ΔTx b (bu erda b-iste`molga chegaraviy moyillik) miqdorga oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga siljitadi, milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga oshiradi.
Soliq mul’tiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta o`zgarishi oqibatida iste`molning bir necha bor o`zgarishiga boqliq.
T↓(ΔT)[ Yd↑ (ΔYd= -ΔT) [C↑ (ΔC=b(-ΔT)) [E↑ (ΔE=b(-ΔT)) [ Y↑ (ΔY=b(-ΔT) [C↑ (ΔC=b(b(-ΔT)) [E↑ (ΔE=b2(-ΔT)) [Y↑ (ΔY=b2(-ΔT)) [
[C↑ (ΔC=b(b2(-ΔT))) va h.k.
Demak, soliq mul’tiplikatorini quyidagicha tasvirlash mumkin:
ΔY - b
----------- = -------
ΔT 1- b
Agar davlat byujetiga barcha soliq tushumlari joriy daromad–Y dinamikasiga bog’liq deb hisoblasak soliq funktsiyasi T = tY – ko`rinishni oladi. Bu holatda iste`mol funktsiyasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S=a+b(Y-tY)= a+b(1-t) Y,
Soliq mul’tiplikatori esa quyidagi ko`rinishni oladi:
-b
mt = -----------
1-b(1-t)
Bu erda: mt – yopiq iqtisodiyot uchun soliq mul’tiplikatori.
To`liq soliq funktsiyasi T=Ta+tY ko`rinishga ega.
Ta – avtonom soliqlar (masalan, mulkka, erga soliqlar).
To`liq soliq funktsiyasini e`tiborga olsak, iste`mol funktsiyasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S=a+b[Y-(Ta+tY)]
Iste`mol funktsiyasining ushbu shaklini hamda sof eksport funktsiyasini hisobga olib ochiq iqtisodiyot uchun soliq mul’tiplikatorini hisoblasak u
-b
mt = ------------------ ko`rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’
Demak, soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi natijasida YAIM hajmining bundan necha marta ko`p miqdorga o`zgarishi iste`molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog’liq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikatori va soliq mul’tiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo`ladi:
1 b
Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Aytaylik, hukumat o`z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o`zida bir xil miqdorda o`zgarishi natijasida daromadlarning jami o`zgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng bo`ladi:
1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul’tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.
Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri (soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol’ o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi.
3. Diskret va nodiskret byudjet–soliq siyosati
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur`atlari va to`lov balansi holatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O`z navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA`ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo`riqishning paydo bo`lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o`zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta`minlash jarayonlarining har biri o`rtasida ma`lum vaqt o`tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o`rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi.
Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to`lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta`sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to`liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha yuqori bo`lsa T chizig’i shuncha tik bo`ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik bo`lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to`lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda t qanchalik katta bo`lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning ta`minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi.
O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM hajmini , uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin.
To`liq bandlikni ta`minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya`ni to`liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko`pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. YA`ni, soliq to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste`mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo`yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati o`tgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baholar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Soliq tushumlarini ko`paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o`tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi. Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo`yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o`stirishni rag’batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o`z ta`sirini o`shtkazayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo`ladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o`z vaqtida boshlangan, chuqur o`ylangan va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ishlar natijasida keyingi yillarda eksport sohasida katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
Investitsiyalar hajmining qisqarishiga yo`l qo`ymaslik iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi shartlaridan biridir.
Byudjet - soliq siyosatining amalga oshirish usullariga turli xil karashlar mavjud.
Keyns yo`nalishi tarafdorlari samarali yalpi talab yaratishga iqtisodiy rivojlanish stimuli deb, unga katta e`tiborni qaratadilar. Ular soliqlarni kamaytirish yalpi talabni o`stirishning asosiy omili, demakki, real ishlab chiqarish hajmini o`stirish omili deb hisoblaydilar. SHu bilan birga qisqa muddatda byudjetga tushumlar kamayadi, oqibatda byudjet defitsitligi tashkil topadi yoki uni ko`payishiga olib kelishini ham e`tirof etadilar.
«Taklif iqtisodiyoti» tarafdorlari soliq darajalarining pasayishi yalpi taklifni ko`paytiruvchi omil deb qaraydilar. Soliq og’irligining kamayishi daromadlar o`sishiga olib keladi:
• aholi daromadi, jamg’arma o`sishiga olib keladi;
• biznesni daromadi ko`payishiga, demakki investitsiyalarning foydaliligining o`sishiga olib keladi.
SHunday qilib, soliqlarning kamayishi milliy ishlab chiqarish va daromad o`sishiga olib keladi. Oqibatda soliq tushumini kamaytirmaydi, aksincha soliq solish bazasini o`sishi tufayli byudjetga tushumni ko`paytiradi.
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to`lov balansi holatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O`z navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo`riqishning paydo bo`lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o`zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o`rtasida ma’lum vaqt o`tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat - davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o`rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to`lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to`liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A
2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.
3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.
4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.
5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.
6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.
7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.
8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.
9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:
10. «O’qituvchi»,1994
11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.
12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.
13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.
14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.
15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.
16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari
Download 24.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling