Buxoro axbori yoxud "buxoronoma" gazetasining rivojlanish
Download 411.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo‘Raboyev Azizbek Axmadjon o‘g‘li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‟zlar
SO„NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 219 BUXORO AXBORI YOXUD “BUXORONOMA” GAZETASINING RIVOJLANISH TARIXI Jo„Raboyev Azizbek Axmadjon o„g„li Buxoro davlat universiteti, Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo„yicha) mutaxassisligi bo'yicha 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davrida hozirgi “Buxoronoma” gazetasining rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi ahvoli xususida fikrlar bayon etilgan. Kalit so‟zlar: Matbuot, maorif va madaniyat, sintografiya, zamonaviy tipografiya. Keyingi yillarda Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash uchun ochiq maydon yaratildi. Bunday imkoniyatdan foydalanish yoʻlidagi turli gʻovlar: maʼmuriy, norasmiy cheklovlar deyarli olib tashlandi. Jamiyatda har kim oʻz fikrini bemalol bildirishi, murojaat va eʼtirozlari, taklif hamda shikoyatlarini erkin ifoda etishi uchun zarur huquqiy baza yaratildi va u takomillashtirilmoqda. Fuqarolar, jurnalistlar, blogerlarga katta minbarlar berildi. Bular internet, undagi ijtimoiy tarmoqlar, portallar, gazeta-jurnallar, TV va radio, xullas, axborot yetkazishning barcha vositasini, onlayn va oflayn, anʼanaviy va noanʼanaviy instrumentlarni qamrab oldi. Shunga yarasha insonning soʻz va axborot olish erkinligi, jurnalistik faoliyat erkinligi kafolatlari tubdan mustahkamlandi, bunday huquqlarga daxl yoki qarshilik qilganlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari kuchaytirildi. Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash borasida “Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so„z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati, idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o„rnatish bo„yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini bugun yana bir bor ta‟kidlamoqchiman” 98 , - deydi davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev. 1920-yil 30-oktabrda Butun Rossiya Ijroiya qo„mitasi Turk - komissiyasi RSFSR xalq kamissarlari sovetining qo„shma majlisida Buxoro respublikasidagi maorif masalasi muhokama qilindi. Unda Buxoro respublikasi hududida sovet maktablarini tashkil qilish, ularga bolalarni jalb qilish, o„qituvchi kadirlar tayorlash, savodsizlik maktablarini ochish masalalari ko„rib chiqildi. 1921-yilning o„rtalarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi qaramog„ida bo„lgan viloyat va tumanlarda shu jumladan, Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida ham maorif bo„limlari tashkil etildi. BXSR hukumati boshlig„i Fayzulla Xo„jayev (1896-1938-yillar) yosh respublikaning matbuot organiga asos solish, bo„lajak gazetani haqiqiy xalq minbariga aylantirish uchun tegishli 98 https://qalampir.uz/uz/news/shavkat-mirziyeev-suz-va-matbuot-erkinligi-ortga-k-aytmasligini-aytdi-25150 Download 411.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling