Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Charosxon Raxmatovaning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 118.77 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi118.77 Kb.
#1465720
  1   2   3
Bog'liq
yosh davri inqirozlari

Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22S guruh talabasi Charosxon Raxmatovaning

UMUMIY PSIXOLOGIYA fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Yosh davrlar inqirozlari SHaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi hamda o‘ziga xosligida ko‘rish mumkin. Ma’lumki Yosh o‘sishi bilan bola faqat miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Demak bolaning biologik jihatdan o‘sishi uning psixikasida ham o‘sish va o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ammo biologik o‘sish bilan psixik o‘zgarishlar har doim ham mutanosiblikka ega bo‘lavermaydi. CHunki psixik o‘sish bir tomondan individuallik xarakteriga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ma’lum ijtimoiy va psixik shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.

Bolada sodir bo‘ladigan psixik o‘sish, o‘zgarish real hayotda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan bolada hali etarlicha tajribaning etishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish xususiyatlarini to‘liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi. Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‘sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.

Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o‘rtasida to‘siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta’sirida u yoki bu tomonga o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‘l qo‘yishi mumkin ta’lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‘g‘ri keladi. SHu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi.


Download 118.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling