Buxoro davlat unversiteti Tarix va yuridik fukulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 5-2 mig’-20 guruh talabasi Mirjalol Akhmadovning malakaviy amaliyot yuzasidan sentyabr oyida amalga oshirgan ishlari bo’yicha


Download 15.42 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.42 Kb.
#1619839
Bog'liq
Sentabr oyi hisoboti


Buxoro davlat unversiteti Tarix va yuridik fukulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 5-2 MIG’-20 guruh talabasi Mirjalol Akhmadovning malakaviy amaliyot yuzasidan
sentyabr oyida amalga oshirgan ishlari bo’yicha

HISOBOT
Men Akhmadov Mirjalol 2022-yil 16-sentabrdan 15-oktabrga qadar Jondor tumani «12-umumta’lim muassasasi»ning faoliyatini o’rganib chiqdim.
Malakaviy amaliyotning birinchi kuni “Yuristpridensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan malakaviy amaliyotni o’tash bo’yicha 2022-yil 15-sentabrda tashkil etilgan konferensiya bilan boshlandi. Mazkur konferensiyada kafedra-professor o’qituvchilari U.B.Sobirov, N.Z.Hayotov, X.R.Nafiddinova va boshqalar ishtirok etib, 2022-2023- o’quv yili davrida Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishida joriy etilgan 4+2 dasturi asosida o’qishni tashkil qilish munosabati bilan yil davomida xaftaning har juma va shanba kunlari malakaviy amaliyot o’tashimiz kerakligi belgilandi. Bundan tashqari malakaviy amaliyot maqsadi, uning vazifalari, malakaviy amaliyotni tashkil etishning asosiy tamoyillari xususida ma’lumot berib o’tdilar. Shundan so’ng bizga malakaviy amaliyot rahabari etib A.Qurambaev belgilandilar.
Shundan so’ng guruhimizning 10 nafar a’zolari va amaliyot rahbarimiz A.Qurambaev bilan birgalikda amaliyot telegram guruhini tashkil etdik. Ushbu telegram guruh orqali har kungi reja, vazifalar, so’rovnoma va topshiriqlarni bajardik. Amaliyot rahabarimiz A.Qurambaev bizga malakaviy amaliyot o’tishdagi majburiyatlar, malakaviy amaliyotning natijaviy yakunlari va amaliyotni baholash shartlari bilan tanishtirib o’tdilar.
Amaliyotim davrida men malakaviy amaliyotim uslubshunosi A.Qurambaev bilan muntazam ish olib bordim. Jondor tumani «12-umumta’lim muassasasi»ning faoliyati, ichki-tartib qoidalari, nizomlari bilan tanishib, o’rganib chiqdim.

23-sentabrda soat 08:30da 12-sonli umumta’lim maktabda malakaviy amaliyotni boshladim. Tarix o`qituvchisi Asadov F. Maktabda o’qituvchining hujjatlar tartibini va ketma-ketligini tushuntirib berdilar hamda bu hujjatlar tartibini o’rganib chiqdim.


24-sentabr kuni Tarix o`qituvchisi Asadov F. dars jarayonini tashkillashtirish tartibini o`rgatdilar.
30-sentabr kuni dars o’tish jarayonini kuzatdim va xulosalar chiqardim.
7-oktabr kuni maktab direktori Ulug’ov. X “ Ta’lim to’g’risidagi” qonunni o’rganib chiqishni tavsiya etdilar.
8-oktabr kuni Tarix o`qituvchisi Asadov.F bilan 8-sinf o’quvchilariga “Davlat va huquq asoslari” fanini o’tdik.

Amaliyotchi talaba: Akhmadov M.

Uslubshunos: Qurambaev A.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling