Buxoro kumush tangasi (Buxoro tangasi) Buxoro xonligi va Buxoro amirligida


Download 103.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2023
Hajmi103.1 Kb.
#1176469
Bog'liq
Buxoro kumush tangasi - Vikipediya



Buxoro kumush
tangasi
Buxoro kumush tangasi (Buxoro tangasi)
— Buxoro xonligi va Buxoro amirligida
zarb etilgan kumush tangalar; [[Buxoro
Xalq Sovet Respublikasining pul birligi.
Tanga dastlab Muhammad Shayboniy
nomi bilan zarb qilina boshlagan.
Shayboniylar dastlab tangalarining
ogʻirligini 1 misqol, ya’ni 4,8 g miqsorida


zarb qilgan boʻlsa, 17-asrga kelib 4,4 g ga
tushib qoldi.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan
davrdan boshlab kumush tangalar a’lo
sifatli sof kumushdan zarb qilingan.
Mangʻitlar sulolasi tangalarida Joniylar
tangalariga nisbatan yozuvlar oz boʻlgan.
Kumush tangalarning oʻng tomonida
tanga zarb qilingan shaharning nomi,
ya’ni „Buxoroi Sharif zarbi“ va raqamlar
bilan sana koʻrsatilgan, ters tomonida
hukmdorning nomi va yana sana
koʻrsatilgan. Mangʻitlarda hukmdor
nomini tangaga berish yoʻllari turlicha
boʻlgan. Birinchi mangʻit hukmdor


Muhammad Rahimxon oʻz nomidan
tanga zarb etgan. Lekin Amir Shohmurod
oldin Abulgʻozixon nomi bilan, keyinchalik
otasi Doniyolbiy nomi bilan tangalar
chiqargan. Amir Shohmurod va uning
vorisi Amir Haydar goh buvasi, goh otasi,
goho otabuvasi, keyinchalik oʻzi nomidan
ham tangalar zarb qilgan. Uning
oʻgʻliHusayn atigi 75 kun hukmronlik
qilgan boʻlsa ham oʻz nomi bilan kumush
tangalar zarb qilishga ulgurgan. Keyingi
barcha mangʻit amirlari faqat avlod-
ajdodlarining xotirasi uchun tanga zarb
qilganlar. Mangʻitlarning kumush
tangalari a’lo sifatli sof kumushdan
ishlangan; ularning ogʻirligi kamaygan va
diametri kichraygan.


Ernazarov T., Kochnev B., Tangalar
oʻtmish darakchilari, T., 1977.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Buxoro_kumush_tangasi&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 17:58 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Buxoro_kumush_tangasi&oldi
d=2835900" dan olindi

Download 103.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling