Buxoro shahar 42-idum 5-“v” sinf o’quvchilari o’rtasida tashkillashtirilgan “Til bilimdonlari” intellektual tadbiri Bayonnomasi


Download 16.92 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi16.92 Kb.
#1341033
Bog'liq
bayonnoma


TASDIQLAYMAN
42-IDUM direktori:
____X.Nurillayeva
07.04.2023-yil

Buxoro shahar 42-IDUM 5-“v” sinf o’quvchilari o’rtasida
tashkillashtirilgan “Til bilimdonlari” intellektual tadbiri
Bayonnomasi

Intellektual tadbir o’tkazilgan sana: 07.04.2023.


Qatnashdilar: G.O.Imomova, Ona tili fani o’qituvchilari va boshqa pedagog xodimlar.
Kun tartibi:
1.O’quvchilarni nafaqat darslik bilan ishlash, balki mantiqiy fikrlashini o’stiruvchi intellektual o’yin tashkillashtirish.
Tadbirning borishi
Ona tilimizning eng ulug‘ qadriyati, milliyligi yuksak ma’naviyatimizning asosi ekanligini tushuntirish, shuningdek, o’quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning dunyoqarashi, so‘z boyligini kengaytirish, vatanparvarligi, ijtimoiy faolligi oshirish, kitobxonlik madaniyatini, savodxonligini takomillashtirish,qolaversa, o’quvchilarning til bilimlarini yanada mukammallashtirish maqsadida 5-“v” sinflar o’rtasida ona tili va adabiyot fani amaliyotchi-o’qituvchisi Sadulloyeva Nargiza tomonidan “Til bilimdonlari”intellektual turniri o’tkazildi. O’quvchilar soni 38 tani tashkil etgani bois o’quvchilar 4 guruhga ya’ni 9 tadan (ayrim guruhlarda 10 ta) bo’lib chiqildi va ularga “ Lochinlar”, “ Topqirlar”, “Bilimdonlar”, “Zukkolar” deya nom berildi.
Tashkilotchi o’qituvchi tomonidan qoidalar va o’yinning borishi tushuntirildi; 2 turga bo’linishi, 15 ta savol o’ynalishi, savollar 5-sinf ona tili darslikdan va qo’shimcha mantiqiy savollardan iborat ekanligi aytib o’tildi. Guruh sardorlari tayinlangandan so’ng o’yinga start berildi. O’yin qizg’in davom etdi. Turnir so’ngida “Lochinlar” jamoasi 8 ball, “Bilimdonlar” jamoasi 8 ball, “Zukkolar” jamoasi 11 ball va “Topqirlar” jamoasi 13 ball bilan bugungi “ Til bilimdonlari” intellektual tanlovi g’olibi bo’lishdi.

Qaror qilindi:
1.O’tkazilgan tadbir namunali deb topilsin.
2.Keyingi o’tkaziladigan tadbir va tanlovlar yanada yuqori saviyada tashkillashtirilsin.
Download 16.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling