Buyruq istak maylining pragmatic hususiyatlari


Download 95 Kb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi95 Kb.
#1112024
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars-ishlanmasi1


Buyruq-istak maylining qo’shimcha (pragmatik) ma’nolari.

Gapning muhim,asosiy belgilaridan biri predikativlikdir. Har-bir gapning real bog’liq haqida biror xabar bayon qilishi, munosabat ifodalashi gap mundarijasining voqelik bilan bog’liq ekanligini, aloqadorligini ko’rsatadi Gap mundarijasining voqelikka bo’lgan munosabati modallik, zamon va shahs kategoryalari orqali ifodalanadi. Bu gramatik vositalar predikativlikni yuzaga chiqarishda bevosita ishtirok etganligi sababli bular predikativ birliklar hisoblanadi. Ushbu birliklar morfologiyada so’zning biror qismi, yani shakl sifatida o’z ifodasini topadi.


Lekin tilga hozirgi sistem yondashuv bo’yicha ma’nodan shaklga tomon tahlil asosida yuzaga keladigan fikrdan ko’rinadi, turli gramatik shakllar garamatik xususiyatga ega bo’lishdan tashqari, gapning mazmunini butunligicha o’zgartirib yuborishi yoki birgina shakl orqali bir qancha nozik ma’nolarni ifodalay olishi holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. Bu esa predikativ birliklarning nutq vaziyatiga bog’liq holda ifodalangan ma’no jihatlarini ko’rib chiqishimizni talab qiladi.
Bu jihatdan, fe’lladagi mayl kategoriyasi alohida ahamiyatga ega. Chunki mayl bevosita inson tafakkuriga bog’liq jarayon bo’lganligi uchun rang-barang bo’yoqlarda tovlanishi mumkin.
Ma’lumki, mayl ish-harakatining voqelikka munosabatini ifodalovchi kategoriya hisoblanib, fe’ldan anglashilgan ish-harakatining bajarilish hususiyatini, imkonini ya’ni real voqelikka, sharoitga bog’lanishini ifodalaydi.
Shu jihatini hisobga olgan holda, buyruq-istak maylining nutq vaziyati talabi bilan ifodalangan pragmatik ma’nolarni quyidagicha tasniflash mumkin:


I. Ijobiy emotsionallik ifodalovchi pragmatik ma’nolar.



  1. Ta’kidlash, uqtirish semasi.

Yodingda bo’lsin: buyuk kashfiyotlar – vaholanki buyuk izchillik mevasidir.
(O’. Usmonov. “Girdob”95-b)

  1. Qiziqish, so’rash semasi.

Yo’l bo’lsin, qayoqqa?
(M.Shayxzoda. “Mirzo Ulug’bek”, 44-b)

  1. Maslahat, iltimos semasi.

Bugungi dunyo ishlarini, qo’ya turib baxsga berilmaylik.
(T.M. “Chorrahada qolgan odamlar”, 45-b)

  1. Erka’lash semasi.

Onang aylansin sendan, qizim.
(O’. Hoshimov. “Ikki eshik orasi”)

  1. Undash semasi.

….. Manguberdi bo’lib, Ulug’bek bo’lib, toki ulg’aysin lashkariy so’zlar.
(N.Ostonov.)

  1. Duo-alqash semasi.

…. Asqarali, choydan …. Umring uzun bo’lsin, oshnam …
(T.M. “Chorrahada qolgan odamlar”, 94-b)

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling