Buyuk Ipak yoʻli


Download 37.69 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi37.69 Kb.
#1560770
  1   2
Bog'liq
Buyuk Ipak yoʻli


Buyuk Ipak yoʻli qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻlidir. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan..
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan ErongaMesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk Ipak yoʻli atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.
Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli“ atamasi qabul qilingan.
Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr Makedonskiy) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolomeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107—114-yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli 2 kat (kiyem) ga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubiy va Afgʻonistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan qadimiy viloyat) dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri xarobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shimoliy tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoldagisi boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. Ikkinchisi, janubdagisi esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qadimiy poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shimoli-gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻlining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra PoykendMarv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasiSosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Kavkazorti va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻlining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.
1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (HindistonXitoyOʻzbekistonShri LankaYaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Maye, BMT va YuNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda (qarang Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)). Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi. Samarqand qog`ozining mashhurligi yetti iqlimga ma`lum bo`lgan. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yo`lining eng qaynoq yo`liga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda ko`plab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po`stinlar, mo`ynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va boshqa O`rta Osiyo shaharlarida toy-toy boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo`natilardi. Savdogarlar bir yo`l bilan Genza ko`liga borardi. Ikkinchi yo`l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon orqali genuyaliklar, venesiyaliklar, pizaliklarning kemalariga tushib Yevropaga yetardi.
Amir Temurning Oltin O`rda xoni To`xtamish ustidan qozongan zafarlari tufayli Buyuk ipak yo`li shimoliy tarmoqlarining janubiy bosh yo`lga qo`shib yuborilishi orqasida Movarounnahr va Xuroson shaharlarining xalqaro karvon savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402 yilda mashhur Anqara jangida Turkiya ustidan qozonilgan ajoyib g`alabadan so`ng Amir Temur davlati bilan G`arbiy Yevropa davlatlari o`rtasida turli xil aloqalar, yaqinliklar yangi pallaga kirdiki. Bunda ayniqsa, xalqaro savdo aloqalari, shubhasiz, birinchi darajali ahamiyat kasb etdi. Xullas, Amir Temur va uning avlodlari zamonidan davlatlar o`rtasida savdo-tijorat aloqalari yangi hududiy kengliklar kasb etib bordiki, bu bir tomondan, yurtimizning iqtisodiy-madaniy, ma`naviy yuksalishini ta`minlagan bo`lsa, ikkinchidan, uning xorijiy ellar, xalqlar bilan yaqinlashuvi, hamkorligi kuchli turtki berdi. Bu esa Buyuk ipak yo`li shuhratining yanada ortishiga olib keldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlaganidek «Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug`rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi».

Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi (yana qarang: Buyuk ipak yoʻli sayyohlik yoʻnalishlari)."


Buyuk ipak yo‘li” nomi o‘sha davrlarda G‘arb mamlakatlari uchun qimmatbaho bo‘lgan mahsulot – ipak bilan bog‘liq. Ipak qurti pillasidan ipak tayyorlash texnologiyasi taxminan besh ming yil oldin zamonaviy Xitoy hududida kashf etilgan deb hisoblanadi. Asta-sekin ipakchilik sirlari o‘zlashtirilib borildi va eramizning III asridayoq ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham Farg‘ona vodiysi hududida ipak ishlab chiqarila boshlandi. Shimoliy yoʻl Tarim daryosi boʻylab Tyan-Shan togʻlari orqali, Fargʻona vodiysiga burilib, Oʻrta Osiyo daryolari oralig‘idan Volganing quyi oqimiga, yunon koloniyalariga oʻtgan. Yo‘l-yo‘lakay karvonlar shaharlarda yoki eng go‘zal vohalarda to‘xtab, o‘z mollarini sotardilar. Shu tariqa, yangi shaharlar paydo bo‘ldi, eskilari esa o‘sib, yanada kattalashdi. Oʻzbekiston hududida savdo va hunarmandchilik shaharlari: Andijon, Qoʻqon, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va Xiva gullab-yashnagan.
Ipak yo‘li” atamasi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. 1877-yilda baron Ferdinand fon Rixtgofen birinchilardan bo‘lib savdo yo‘li xaritasini batafsil o‘rganib, unga shunday nom berdi. Taxminan milodiy I asrda Buyuk Ipak yoʻli oʻz taraqqiyotining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Savdo yoʻli sharqda Xitoyning Loyan shahridan boshlanib, Xitoyning koʻplab shaharlari va Oʻrta Osiyodan oʻtib, Italiyada, Rimda tugagan. Yo‘l uchta yo‘nalish va ko‘plab tarmoqlardan iborat bo‘lgan. Asosiy yo‘nalishlar Shimoliy, Markaziy va Janubiy yo‘llar edi.
Buyuk ipak yo`li Sharqu G`arbni bog`lovchi, turli mamlakatlarning savdo-sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo`lgandan, bu yo`nalishda joylashgan davlatlar undan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga yohud bu borada o`z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib, Buyuk ipak yo`li ustidan o`z nazoratlarini o`rnatganlar. Masalan, mil.av. VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari, mil.av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil.av. II-I asrlarda Rim Parfiya davlatlari o`rtasida bu borada qattiq raqobat ketdi. Yohud arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo`lning Eron va Sug`diyona hududlaridan o`tgan qismida Eron va Sug`d savdogarlari yetakchilik rolini o`ynaganlar. Arab halifaligi kuchayib, ko`plab hududlarni qo`lga kiritgach, bu yo`l arab savdogarlari tasarrufiga o`tadi. Chingiziylar davrida Buyuk ipak yo`lining tasarrufida butunlay ularning qo`l ostida bo`lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur davriga kelib uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk ipak yo`li sarhadlari yangidan kengayib, katta miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi. Vatanimiz sarhadlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishining Buyuk ipak yo`li bilan bevosita bog`liqlik jihatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Yunon-Rim olimlari Gerodot, Ktesiy, Arrian ma`lumotlariga, Eron mixxat yozuvlariga asoslanib fikr yuritadigan bo`lsak, mil.av. IV asrda O`rta Osiyo hududlarida sug`orma dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik, chorvachilik, tog`-kon ishlari ancha rivoj topgan.O`rta Osiyo la`li Xorazmning qimmatbaho feruza ma`dani, Sug`d oltini ko`plab miqdorda qazib olinib, ishlov berilib, xorijiy ellarga ham chiqarilgan. Jumladan, O`rta Osiyo la`liga (lazuriti) Eron, Hindiston, Misr, Mesopatamiya va Xitoy singari mamlakatlarda qiziqish va talab g`oyatda katta bo`lgan. Mil.av. II asr boshlarida Davan va Qang` davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyan safaridan so`ng Xitoy bilan O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi diplomatik va sado-sotiq aloqalari yangi bosqichga ko`tariladi. Elchining bu yurtda ko`rgan-kechirganlari. Ayniqsa, uzumchilik, vino-tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o`rtadagi aloqalarga keng yo`l ochgan. Xitoy O`rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, la`liga xaridor bo`lsa, ayni chog`da Xitoydan ko`proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlar keltirila boshlagan. Shuningdek, Yaponiyadan gurunch, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, mushk anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog`da o`zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo`jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak yo`lida savdo karvon­la­ri­ning tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini ta`minlash borasida ham doimiy chora-talbirlar ko`rib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo`lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxo­na­lar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabotu-sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, Mirzacho`l. Malik cho`li sarhadlarida o`tmish arxitekturasining noyob namunalari sanalgan shunday me`moriy obidalar xarobalari ko`plab uchraydi. Ayniqsa, Somoniylar, Qoraxoniylar va G`aznaviylar sulolalari hukm surgan, Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. O`sha davrda Mag`ribu Mashriqqa ma`lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Marv, Shosh, Balx, Isfijob, Termiz singari shaharlarda o`nlab xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida bo`lgan, turli mamlakat tujjorlari ularda tunu-kun turfa rang mollarini sotganlar yohud mol ayirbosh qilganlar.
Buyuk ipak yo`lining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya`ni Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o`rnatdi. Uning o`zi tuzuklarida: «Dunyoning yarmini oldim, salatnatimning u chetida bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tillo ko`tarib o`tadigan bo`lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom o`rnatdim», deb aytgan so`zlari bejiz emasdir. Katta salohiyat egasi bo`lgan Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog`lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun choralar bilan o`stirishga alohida etibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari xar doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug` Amir savdo yo`llarini qo`riqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Tuzuklarda: «...yana buyurdimki, yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasin­lar­ki, yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo`ysinlar. Yo`l ustida birortasining narsasi yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javob berish ularning zimmasida bo`lsin.» deb bejiz ta`kidlab o`tmagan.
Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. Savdo karvonlaridan mollarning hajmi. Miqdoriga qarab boj to`lovlari undirilgan. Bu davrda poytaxt Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi.Uning keng ko`chalari bo`ylab maxsus qurilgan muhtasham karvonsaroylar, savdo bozorlari, rastalarda tunu-kun savdo ishlari to`xtamagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar o`z mollarini xaridorlarga sotganlar yohud o`zlariga kerakli mollarni xarid qilganlar. Amir Temurning Oltin O`rda xoni To`xtamish ustidan qozongan zafarlari tufayli Buyuk ipak yo`li shimoliy tarmoqlarining janubiy bosh yo`lga qo`shib yuborilishi orqasida Movarounnahr va Xuroson shaharlarining xalqaro karvon savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402 yilda mashhur Anqara jangida Turkiya ustidan qozonilgan ajoyib g`alabadan so`ng Amir Temur davlati bilan G`arbiy Yevropa davlatlari o`rtasida turli xil aloqalar, yaqinliklar yangi pallaga kirdiki. Bunda ayniqsa, xalqaro savdo aloqalari, shubhasiz, birinchi darajali ahamiyat kasb etdi. Xullas, Amir Temur va uning avlodlari zamonidan davlatlar o`rtasida savdo-tijorat aloqalari yangi hududiy kengliklar kasb etib bordiki, bu bir tomondan, yurtimizning iqtisodiy-madaniy, ma`naviy yuksalishini ta`minlagan bo`lsa, ikkinchidan, uning xorijiy ellar, xalqlar bilan yaqinlashuvi, hamkorligi kuchli turtki berdi. Bu esa Buyuk ipak yo`li shuhratining yanada ortishiga olib keldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlaganidek «Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug`rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi».
Shu tariqa Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo`lining dovrug`i beqiyos katta bo`lganligi, u mamlakatlarning umumiy yuksalishiga, bir-birlari bilan yaqindan bog`lanishlarga jiddiy ijobiy ta`mir o`tkazganligiga shohid bo`lamiz.
3 rejaBuyuk ipak yo`li XVI asrdan etiboran o`z ahamiyati va rolini yo`qotib, tushkunlik sari yuz tutdi. Bu hollarni qanday sabablar bilan izohlash mumkin. tabiiyki, bu jarayon o`z-o`zidan, bir lahzada to`satdan sodir bo`lgani yo`q, albatta. Bizning nazarimizda, Buyuk ipak yo`li ahamiyatining so`nib, pasayib borishi bir qator ob`yektiv va sub`yektiv sabablar orqasida, tarixiy jarayonlarning murakkab, ziddiyatli kechishi davomida yuz berganligi shubhasiz.
Birinchidan, Amir Temur va Temuriylar sulolasining pirovard oqibatda chuqur inqirozga yo`liqishi va tarix sahnasiga boshqa hukmron sulolalarning, chunonchi, Shayboniyxonlar, Ashtarxoniylar sulolasining chiqishi hamda ularning boshqaruv usulining g`oyatda murakkab kechganligi, markaziy hokimiyatning kuchsizlanib mamlakat hududlarining tarqoq holatda uchrashi, o`z qobig`iga o`ralishi va hokazo hollar bu hududning tashqi dunyodan tobora ajralishiga bois bo`ldi.
Ikkinchidan, Turkistondagi xonliklar, amir-beklar, sultonlar o`rtasida hokimiyat talashib olib borilgan o`zaro jangu-jadallar, doimiy qon to`kishlar natijasida o`lka tobora iqtisodiy bo`hronlarga duch kela bordi, siyosiy beqarorlik avj oldi. Mamlakat tashqi davlatlar bilan aloqalar bog`lash, iqtisodiy, savdo-sotiq bobida hamkorlik qilish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi.
Uchinchidan, ilg`or Yevropa olimlari, sayyohlari tomonidan XV-XVI asrlardan e`tiboran boshlangan buyuk geografik kashfiyotlar, bularning natijasida jahonning turli qutblari tomon yangi, qulay suv yo`llarining ochilishi, shu jumladan, Hindiston, Xitoy va boshqa sharqiy-janubiy mamlakatlarga tomon shunday yo`llarning kashf etilishi, bular Buyuk ipak yo`li shuhratining pasayishi va so`nib borishga olib keldi.
O`zbekistonning milliy istiqlolga erishuvchi va o`z mustaqil davlatchiligi ega bo`lishi uning oldiga keng istiqbol ufqlarini ochib berdi. Mustaqillik tufayli O`zbekiston yangidan yuz ochib jahon afkor ommasining nigohiga tushdi. Ayni chog`da u BMTning teng huquqli a`zosi sifatida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar bilan o`zaro foydali, manfaatli asoslarda hamkorlik qilish, aloqalar bog`lashga muvaffaq bo`ldi. O`zbekistonning dunyo uchun ochiqligi, butun dunyoda keng ildiz otgan demokratik tamoyillarni o`zining ichki va tashqi siyosatiga asos qilib olganligi-bular uning jahon mamlakatlari bilan yaqinlashuviga, ular bilan hamkorlik aloqalarining har jihatdan mustahkamla­shiga ishonchli kafolot bo`lib xizmat qilmoqda.Ayniqsa, ubnda Buyuk ipak yo`li an`analarini yangidan tiklash borasida hozirda jahon miqyosida olib borila­yotgan davlatlararo harakatda O`zbekistonning alohida tashabbus ko`rsatayotganli­gi boisi ham mana shundandir. Zero, qadimdan Sharq bilan G`arbni bir-biriga bog`lagan, xalqaro savdoning qaynoq, tutash nuqtasi hisoblangan O`zbekiston hududi va uning qadimiy shaharlari bugun ham mustaqil davlatimizning keng xorijiy davlatlar bilan bog`lovchi muhim vosita rolini o`ynamog`i ayni muddaodir. «Qadim zamonlarda Sharq bilan G`arbni bog`lab turgan Buyuk ipak yo`li,-deb ta`kidlaydi yurtboshimiz,-O`zbekiston hududi orqali o`tgan. Bu yerda savdo yo`llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo`llar shu yerda kesishadi».
O`zbekiston rahbari Islom Karimovning 1999 yil aprel oyida AQSH ga qilgan rasmiy safari chog`ida Amerika tomonining O`zbekiston bilan har tomonlama iqtisodiy, madaniy, savdo-sotiq aloqalar bog`lashga, xususan Buyuk ipak yo`li faoliyatini tiklashga faol ko`maklashishga tayyor ekanligini bildirganligi muhim ahamiyatga egadir.
Shuningdek, YUNESKO rahbariyati bilan hamkorlikda «Ipak yo`li-muloqot yo`li» mavzusida o`tkazilayotgan amaliy tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekistonning so`nggi paytlardagi faol xatti-harakatlari Sharq va G`arbga hamda Janubga bevosita chiqish uchun qulay yo`llarga ega bo`lish, o`z mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va davlatlararo keng muloqotlarga erishiga qaratilgan. Bu borada Tajan-Saraxs-Mashhad temir yo`li birinchi navbatining qurilishi muhim ahamiyatga egadir. 2000 yilda Pekin-Istambul yo`nalishida harakatlanish imkoniyati tug`ildi. Hozirda Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashg`ar, shuningdek, Buxoro-Saraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandahor-Karochi avtomobil yo`llarini qurish va qayta ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu bizni muzlamay­di­gan qulay Hind okeaniga chiqishimizga imkoniyat tug`diradi. Bu esa EKO-mamlakatlariga olib boradigan yo`lni uch barobarga qisqartiradi. Xullas, O`zbekiston o`z milliy manfaatlari ustivorligidan kelib chiqib dunyoga chiqishga xalqaro bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar mollar ishlab chiqarishga hamda G`arb bilan Sharq o`rtasida azaldan davom etib kelgan muhim vositachilik-ko`priklik rolini o`ynashga faol intilmoqda. Ushbu olijanob maqsadlar yo`lida aktiv izlanishlar olib borilmoqda. Bu O`zbekistonning xalqaro maydondagi poizisiyasini yanada mustahkamlab, uning nufuzi va obro`sining ko`tarilib borishiga xizmat qiladi.
Amir Temur vafotidan so’ng saltanatda boshlangan siesiy boshbodoqlik va uni bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi, «Buyuk ipak yo’li»ga e’tiborning pasayishi oqibatida G’arbiy Evropa davlatlari bilan Temurning o’rnatgan bevosita savdo va elchilik aloqalari asta-sekin susayib, keyinchalik esa butunlay barham topdi. Bu, shubhasiz, Markaziy Osiyoning G’arbiy Evropa va unda shakllanaetgan jahon bozoridan ajralib, Markaziy Osieliklarning dunyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqietidan chetda qolishining boshlanishi edi. Amir Temur vafoti bilan vorislar o’rtasida toju-taxt talashuvi 13 boshlandi. Oqibatda Xurosonda SHohrux Mirzo; Balx, G’azni. Qandahorda Pirmuhammad; G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o’g’illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi bulib mutlaq bo’lib oladilar. «Buyuk ipak yo’li»ning shimoliy yo’nalishida joylashgan viloyatlar Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram Amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O’ra-Tepa bilan Farg’onani Amir Xudoydod egallab oladi, Xorazmni esa Oltin O’rdaning nufuzi amirlaridan Idiku O’zbek bosib oladi. SHunday qilib, muhim savdo yo’lida joylashgan deyarli barcha hududlarda hukmdorlar o’z tartiblarini o’rnatishga kirishdilar. Amir Temur avlodari o’rtasidagi hokimiyat uchun qattiq kurash naqd besh yilga cho’ziladi va, shubhasiz, mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir etib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo’lgan edi. Temuriyzodalar oliy hokimiyat uchun, noiblar o’z viloyatlarida mustaqil bo’lib olish uchun kurashdilar. SHoxruh boshlagan harakat mamlakat fuqarosining ko’pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. SHu boisdan, SHoxruh Temur hukmronligi o’rnatilgan viloyatlarni o’z qo’l ostiga olishga hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga muttasil harakat qiladi. SHoxruhning o’limi temuriylar o’rtasida o’zaro urushlarni yana avj oldirib yuboradi. Uning o’g’li Ulug’bek hukmronlik qilgan davrni ham siesiy beqarorlik, taxt uchun kurashlar bilan ta’riflash mumkin. Temuriyzodalar o’zaro kurash bilan band bo’lib, «Ipak yo’li»ga e’tibor bermay qo’ydilar. Masalan, Abdulatif ham «Buyuk ipak yo’li»dan boj olishni to’xtatdi, garchi Ulug’bek bunga katta e’tibor bergan edi. Natijada «Buyuk ipak yo’li»da karvonlar yurishi kamaydi, chunki ularning havfsizligini ta’minlaydigan kuchlar barham topdi. XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Movarounnahr hududi bir necha mustaqil mulklarga bo’linib ketdi. Ular iqtisodiy jihatdan bir-birlari 14 bilan mustahkam bog’liq edilar, lekin ayrim viloyatlarning hokimlari o’rtasidagi uzluksiz to’qnashuvlar aholining o’zaro xo’jalik aloqalariga halaqit berar edi. Ayrim hukmdorlar o’z qo’shnilarining erlarini bosib olish hisobiga o’z erlarini kengaytirish payida bo’lib, yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqqanda, talab olingan mol-mulklar bilan cheklanishar edi. XV asrning oxirlarida feodallarning bir-birlariga qarshi chiqishlari ancha keskinlashdi. Samarqand va Buxoro jo’shqin ichki savdo va boshqa davlatlar bilan savdo markazlar hamda savdo karvonlarining yo’llari tutashgan shaharlardan edilar. CHo’l aholisi va yirik shaharlardan yiroqdagi tumanlar bilan ayirboshlash savdosi mavjud edi. Qozoq sultonlariga asirga tushgan mashhur odamlar evaziga tovon to’lash uchun o’zbek xoni SHayboniy farmoyishiga binoan bir necha tuyaga yuk bo’ladigan narbas gazlamasi tayerlab qo’yilgan edi. Karvon yo’llari Markaziy Osie shaharlarini hozirgi Afg’oniston, Hindiston, Eron markazlari bilan Sirdare eqasidagi shaharlar Qozog’iston cho’lidan ko’chmanchilar va Sibir bilan bog’lar edi. SHu yillarda Xitoy bilan savdo aloqalari ancha susaydi. Xitoy bilan Markaziy Osie o’rtasidagi karvon yo’llarida joylashgan viloyatlarda siyosiy beqarorlik buning asosiy sababi bo’ldi. Mamlakatdagi va qo’shni viloyatlardagi feodal mojarolarning kuchayishi chet elliklarning bosqinlar karvon yo’llari havfsizligini ta’minlash imkoniyatidan mahrum qildi. Natijada qo’shni davlatlar bilan savdodiplomatik munosabatlar ham buzildi. Savdo yo’llarining janubga ko’chishi va dengiz savdosining kuchayishi Markaziy Osiyo shaharlarining tashqi savdo aloqalariga jiddiy zarba bo’ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Hindistondan va hatto ancha shimoldagi viloyatlardan mollarning ko’pgina turlari dengiz yo’lidan yuborila boshladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:



Download 37.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling