C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari Key point


Download 38.54 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi38.54 Kb.
#1229376
Bog'liq
5.C dasturini ishlab chiqish bosqichlari


C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari
Key point. C++ dasturini ishlab chiqish jarayoni dastur kodini yozish, kompilyatsiya qilish, bog‘lash va dasturni ishga tushirish bosqichlaridan iborat.
C++ dasturining kompilyatsiyasi va ishga tushirilishi. C++da yaratilgan dastur kompilyatsiya qilinganidan so‘ng uni ishga tushirish mumkin. Ushbu jarayon 1.11-rasmda ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi. Agar dasturning kompilyatsiya jarayonida xatoliklar yuz bersa dastur kodidagi xatolik yuz bergan qismiga tuzatishlar kiritiladi va qaytadan kompilyatsiya qilinadi. Agar xatoliklar dasturni ishga tushirish jarayonida sodir bo‘lsa, yoki noto‘g‘ri natija chiqarsa, u holda uni qaytadan tuzatish, kompilyatsiya qilish va ishga tushirish kerak bo‘ladi.
C++ kompilyator komandasi uchta masalalar ketma-ketligini amalga oshiradi: boshlang‘ich jarayon (preprotsess), kompilyatsiya va bog‘lash. Shundan kelib chiqqan holda, C++ kompilyatori ham o‘zaro farqlanuvchi uchta dasturiy qismlardan tashkil topgan: boshlang‘ich jarayonni amalga oshiruvchi (preprotsessor), kompilyator va bog‘lovchi. Tushunarli bo‘lishi uchun uchala dasturiy qismlar bitta qilinib “C++ kompilyatori” deb ataladi.
Preprotsessor. Boshlang‘ich jarayonni amalga oshiruvchi – bu kompilyatorga yuborilishdan oldingi manbaa faylini qayta ishlovchi dastur. U direktivalarni ishga tushiradi. Direktivalar esa “#” - belgisi orqali ishga tushiriladi. Misol uchun, 1.1-ro‘yxatning birinchi satrida joylashgan “#include” direktivasi kompilyatorni kutubxonani yuklab olishga chaqiradi. Preprotsessor dastur kodi va kompilyator o‘rtasidagi oraliq faylni hosil qiladi.
Ob’yekt fayl. Kompilyator ishlab chiqilgan oraliq faylni mashina kodidan iborat faylga o‘giradi. O‘z navbatida mashina kodi fayli ob’yekt fayl deb ataladi. Chigalliklarning oldini olish maqsadida C++ ob’yektlari bilan ushbu ibora matnda qo‘llanilmaydi.
Bog‘lovchi. Bog‘lovchi bajariluvchi fayl oynasiga mashina kodi fayli bilan mos kutuxona faylini bog‘lab beradi. Windows operatsion tizimida mashina kodi fayli xotira diskiga “.obj” kengaytmasi bilan, bajariluvchi fayl esa, “.exe” kengaytmasi bilan yoziladi. Unix operatsion tizimida esa, mashina kodi fayli xotira diskiga “.o” kengaytmasi bilan yozilsa, bajariluvchi fayl fayl kengaytmasiga ega bo‘lmaydi.
.cpp” manbaa fayli. C++ manbaa fayli mos ravishda “.cpp” - kengaytmasiga ega. Ba’zi kompilyatorlar boshqacha fayl kengaytmalari (.c, .cp)ni qabul qilishi mumkin, ammo dasturlashda C++ kompilyatorlari uchun .cpp kengaytmasi ko‘rinishda kiritish kerak.


IDE (Integrated development environment – Birlashtirilgan yaratish muhiti (BYM)). C++ dasturini buyruqlar oynasi (command window) yoki BYM orqali yaratish mumkin. C++da dastur kodini yozish, kompilyatsiya qilish, bajariluvchi faylni hosil qilish va onlayn yordam amallari bitta foydalanuvchi interfeysi – BYMda birlashtirilgan. Hozirda ommabob BYMlarga misol sifatida Microsoft Visual C++, Dev-C++, Eclipse va NetBeanslarni keltirish mumkin.
Download 38.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling