C/C++ tilidagi dastur tarkibi


Download 51.62 Kb.
Sana25.08.2020
Hajmi51.62 Kb.
#127648
Bog'liq
C tilida dastur tarkibi

C/C++ tilidagi dastur tarkibi


Информатика кафедраси доценти А.Джайлавов

2011 йил

C/C++ tilidagi dastur quyidagi tarkibdan tashkil topadi: 1. Direktivalar – instruksiya degan ma’noni bildiradi va quyidagi ko’rinishda yoziladi: # include Bu filelar alohida INCLUDE papkada saqlanadi h – head «bosh file» ma’nosini bildiradi Izoh: 1.Dasturning tuzilishiga qarab kerakli direktiva ishlatiladi. 2. Qator ohiriga ; belgisi qo’yilmaydi. Quyidagi direktivalar mavjud:

# include - C tilida kiritish/chiqarish. # include - C++ tilida kiritish / chiqarish # include - standart funksiyalar uchun # include - kiritish/chiqarishni nazorat qilish # include - qator tipli o’zgaruvchilar bilan ishlash # include - standart kutubxona filelarini chaqirish # include - kompyuterning soatidan foydalanish # include - C++ tilining grafik imkoniyatlaridan foydalanish va h.k.

2. Makroslar – ko’p marta qiymat yoki ifoda berishni tashkil etish. Uning ko’rinishi quyidagicha: # define makro_qiymat Masalan: # define pi 3.1415 # define s(x) x*x*x Izoh: qator ohiriga ; belgisi qo’yilmaydi.

3. Global o’zgaruvchilarni e’lon qilish. Asosiy funcsiya ichida e’lon qilingan o’zgaruvchilar lokal, funcsiyadan tashqarida e’lon qilingan o’zgaruvchilar esa global o’zgaruvchilar deyiladi.Global o’zgaruvchi butun dastur davomida ishlaydi, lokal o’zgaruvchilar esa faqat bir blokning ichida ma’noga ega bo’ladi. Global o’zgaruvchilarning nomlari lokal o’zgaruvchilarning nomlari bilan bir hil bo’lishi mumkin.

4. Asosiy funksiya – main ( ) Bu funksiyaning dasturda bo’lishi shart. main – asosiy degan ma’noni bildiradi. Odatda har qanday funksiyaga qiymat qaytariladi va shu sababli funksiyaning tipi ko’rsatilishi kerak. main( ) funksiyasi OS tomonidan chaqiriladi, shuning uchun bu funksiyaga qiymat qaytarish shart emas. Shu sababli main ( ) funksiyasining tipini void deb ko’rsatish mumkin. Bunda return so’zi shart bo’lmay qoladi. Masalan: void main ( )

5. Dasturning asosiy qismi yoziladi. Dastur { figurali qavsdan boshlanadi va shu belgi bilan tugaydi. Agar dastur ichida murakkab operatorlar qatnashayotgan bo’lsa, ular ham alohida { } ichiga olinadi. C/C++ tilida dastur asosan kichik harflarda yoziladi. Har bir qator oxiriga ; (nuqtali vergul) belgisi qo’yiladi.

Masalan: 1-variant: # include void main ( ) { cout << “Biz dastur tuzishni o’rganamiz”<< endl; } 2-variant: # include int main ( ) { cout << “Biz dastur tuzishni o’rganamiz”<< endl; return 0; }

Dastur tarkibida izohlar ham yozish mumkin. Agar ko’p qatorli izoh kerak bo’lsa, ularni /*…..*/ belgisi ichiga olinadi. Agar bir qatorli izoh bo’lsa, uni // belgisi ichiga olinadi. Masalan: # include /* bu direktiva C++ tilida kiritish/chiqarish oqimlarini boshqaradi*/ void main ( ) // bu asosiy funksiya


Download 51.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling