Chang cho’ktirish kameralarining asosiy kamchiliklari nimalardan iborat?
CHang cho’ktirish kameralarining asosiy kamchiliklari nimalardan iborat?
CHang cho’ktirish kameralarining turlaridan kat’iy nazar (gorizontal chang
cho’ktirish kamerasi, ko’p polkali, to’siqli va sim pardali chang cho’ktirish
kameralari), ular kamchiliklaridan holi emas.
1.Bunday tozalash qurilmalari oddiy tuzilishga ega bo’lsalarda, korxonalarda
urnatilganda ular katta joylarni egallaydi.
2.Ular changli havo tarkibidan ulchamlari 100 mkm dan yuqori bo’lgan qattiq
chang zarrachalarini ishlab qolishga muljallangan bo’lib, changli havoni tozalashda
birinchi boskichda ishlatiladi. Ya’ni, chang cho’ktirish kameralari yordamida
kichik chang zarrachalarini changli havo tarkibidan ajratib olib bo’lmaydi.
3.CHang cho’ktirish kameralari yordamida changli havoni 60-80% ga tozalash
mumkin, ya’ni yuqori tozalash darajasiga erishish kiyin.
4.CHang cho’ktirish kameralarining ishlash samaradorligi (changli havoni tozalash
darajasi), chang zarrachalarining ulchamiga va changli havo oqimining tezligiga
bog’liqdir.
5.CHang cho’ktirish kameralari yordamida changli havoni yuqori darajada tozalash
uchun changli havoning tezligi 0,5-0,8 m/s dan oshmasligi kerak.
Siklonning lugaviy ma’nosi nima va uning ixtirochisi kim?
«Siklon» - yunon so’zidan olingan bo’lib, «aylanma harakat» demakdir. Siklon
1886 yilda nemis ixtirochisi M.S.Mard tomonidan yaratilgan.
Siklon changli havoni qattiq chang zarrachalardan markazdan kochma kuchlar
ta’sirida tozalaydigan qurilmadir. Siklon ham chang cho’ktirish kameralaridek
quruq chang ushlagichlar guruhiga kiradi.
Siklonning asosiy qismlari va ishlash printsipini tushuntirng?
Siklon silindrik va konussimon qismlaridan iborat bo’lib unga changli havo
oqimi tangentsial yunalishda 20-25 m/s tezliki bilan kiradi.
CHangli havo oqimidagi qattiq chang zarrachalari siklonning ichki devoriga urilib,
pastga karab spialsimon aylanma harakatini davom ettiradi. CHang zarrachalari
devorga urilganda, o’z ginetik energiyalarining bir qismini devorga beradi.
Natijada ularning tezligi pasayib ogirlik kuchlari ta’sirida pastga tushadi. CHangli
havo oqimining spiralsimon aylanma harakatlanishi markazdan kochma kuchlar
ta’sirida paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |