Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili tnem-2022


Download 11.23 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2023
Hajmi11.23 Kb.
#1079534
  1   2   3   4
Bog'liq
Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili tnem-20-fayllar.org


Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili tnem-2022

Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asari tahlili

TNEM-2022

Toshpo’latova Dinara

Chingiz Aytmatov (1928-2008)


  • Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada hisobchisi bo‘lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Asar janri va Muallifning ijodiy metodi

Janri: Roman

Metodi: fantastika va realizm

Asarning tematik tasnifi:

Adabiy-badiiy asar

Asarning mavzusi

Ushbu asarda siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi mehnatkash, kamtargina odam ham siyosat ta’siridan holi bo’lolmasligi Edigey Bo’ron misolida ishonarli tasvirlangan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o’zida kuch topa oladigan sabrli taqdiridan rozi chin insondir.Uning ezgu insoniy sifatlari qiyinchiliklarga qaramay marhum Kazangapning vasiyatini bajarishga kuch topganida, qanchalik g’azablanmasin, o’lik bor joyda janjallashmaslikka qudrati yetganida, bu Sobitjonning gap-so’zlariga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’rinadi.Asardagi voqealar Sario’zak cho’lida, Bo’ronli temir yo’l bekatida bo’lib o’tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temiryo’lchi bo’lib o’tkazgan Kazangapning vafotidan so’ng dafn etish taraddudlari tasviri bilan boshlanib, romanning nihoyasida dafn musibat ustiga musibat bilan tugaydi. Shu orada Kazangap bilan Edigey Bo’ronning hayoti, ularga chambarchas bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan holda Tinch okeani tepasida Sovet-Amerika “Paritet” kosmik kemasining parvozi bilan bog’liq hodisalar, Ona Bayit qabristoni, Nayman ona va uning baxtsiz farzandi Jo’lomon, maktab muallimi Abutolib Quttiboyev, uning sadoqatli rafiqasi Zarifa va farzandlarining boshiga tushgan falokatlar hikoya qilinadi.


Download 11.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling