Chirchiq davlat pedagogika universiteti tarix yo’nalishi 20/3 guruh talabasi jo’rayev firdavsning umumiy pedagogikadan


Download 326.08 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi326.08 Kb.
#1158805

IQTISODIYOT (tarmoqlari va sohalari bo’yicha) ( sirtqi) ta’lim YO’NALISHI 1-2-iQ-2OTm-22- GURUH TALABASI bozorov bekaliNING IQTISODIY XAVFSIZLIK fanidan


MUSTAQIL ISHI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
Mavzu: “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari.
Reja:
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi
  • “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi
  • Iqtisodiy xavsizlikning tarkibiy elementlari

Milliy iqtisodiyotimizni turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu jumladan korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish va ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, chora – tadbirlar samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti-mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.
“Iqtisodiy xavfsizlik o‘rganadigan obyektlarga quyidagilar kiradi:
tabiiy boyliklar;
inson resurslari, mehnatga 7 layoqatli aholi;
ishlab chiqarish fondlari;
ko‘chmas mulk;
moliyaviy resurslar;
xo‘jalik tizimlari; mintaqalar;
oila; inson.
Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat:
funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari;
soliq xizmatlari;
bojxona xizmatlari;
banklar;
birjalar;
sug’urta kompaniyalari;
qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo’mita va komissiyalari;
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko’rsatuvchilar;
iste’molchilar jamiyatlari.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi – davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:
milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;
- iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini ko‘rsatib berish;
O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan tahdidlarni hisoblash va tahlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi:
yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi;
aholining turmush darajasi va sifati;
inflyatsiya darajasi;
ishsizlik darajasi;
iqtisodiyot tarkibi;
davlat qarzi;
jamiyatning mulkiy tabaqalanishi;
iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi;
ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati;
raqobatbardoshlik;
importga bog’langanlik;
xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi;
oltin valyuta zahiralari.
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Mana shu mezon va ko’rsatkichlar asosida iqtisodiy tizimning amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara doirasida yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini barqaror taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi.
Download 326.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling