O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti talabasi bozorov bekzodning kurs ishi mavzu: Oʻrta osiyoning IX -xii asrlar tarixiy geografiyasi


Download 149.5 Kb.
bet1/9
Sana15.02.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1200276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bekzod course work


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI TALABASI BOZOROV BEKZODNING
KURS ISHI
Mavzu: OʻRTA OSIYONING IX -XII ASRLAR TARIXIY GEOGRAFIYASI

Bajardi:“Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha ta’lim yo’nalishi talabasi BOZOROV BEKZOD


Ilmiy rahbar: “TARIX” kafedrasi o’qituvchisi, JUMAYEV ABDUMO’MIN


DENOV 2023
M U N D A R I J A
KIRISH……………………………………………………….………3-4
ASOSIY QISM………………………………………………..…………

  1. O’rta Osiyoning IX-XII asrlardagi davlatlari tarixiy geografiyasi……...…………………………………………………5-9

  2. O`rta Osiyo geografiyasi haqidagi bilimlar manbai………….10-14

  3. IX asrning oxirgi choragida Movoraunnahr.…………………15-20

  4. IX-XII asrlarda adabiyot, me’morchilik va din ravnaqi. O’rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar …………......…...21-30

XULOSA……………………………………………………..……31-32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………...……...33


KIRISH
Tarixdan ayonki ijtimoiy taraqqiyot doimo bir yo'sinda ravon bo'lmagan. Odamzodumumiy rivojlanish bilan birga qanchadan - qancha to'siqlarni, tanazzul va tangliklarniboshidan kechirgan. So'ng ularni bartaraf etib, o'z moddiy va madaniy darajasini qayta tiklaganva yangi taraqqiyot sari astoydil intilgan. Fanda bunday yirik, salmoqli yuksalishni tiklash,uyg'onish, renessans ham deb ataydilar. Xususan, G'arbiy Yevropada bunday renessans XV-XVIIasrlarda deyarlik 700 yillik xurofotdan so'ng yuz bergan.Markaziy Osiyoda ilk uyg'onish davri IX-XII asrlarga to'g'ri keladi va u o'zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko'lami oqibatlari, jahon sivilizatsiyasiga ta'siri ham bo'lakchabo'lgan. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo'lgan o'ta murakkab siyosiyvaziyatning rivoji ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchlita'sir etdi.Ma'lumki, Movarunnahr istilo qilinib, xalifalikka qo'shib olingach, zabt etilgan o'zgamamlakatlar qatorida, bu o'lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosiham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning davlat tili edi. Shuningdek, Arab xalifaligidadavlat tili fan tili ham edi. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan.
IX-XII asrlarda Movarounnahr aholisi o'rtasida nisbatan tinchlik,osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjixatlik vujudga keldi. Natijada o'lkada moddiy ishlabchiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi. Shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq,hunarmandchilik o'sdi, aholi faolligi barqarorlashdi. San'at ayniqsa, devoriy tasvir ravnaqiyangi bosqichga ko'tarilgan edi.Xaykaltaroshlik, badiiy yog'och o'ymakorlik, ganchkorlik,taraqqiy etdi.Musiqachilar, bastakorlar ko'payib bordi, naychilar, o'yinchi-raqqoslar,surnaychilarning oilaviy chiqishlari bo'lib turar edi.Bu davrlarda diniy e'tiqodlar o'zaro murosada bo'lganligi aholining hayotida va mamlakatosoyishtaligida muhim o'rin tutgan. Shu bilan birga tabiiy fanlarga, atrof-muhitni anglash,mavjudotni kengroq bilishga intilish kuchayadi. Xususan o'sha paytlarda So'g'd taqvimlarituzilganligi, hozirgi To'rtko'l hududida esa rasadxona bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor.Demak, O'rta Osiyoda qadimdan sivilizatsiya asoslari, moddiy va ma'naviy madaniyatningchuqur ildizlari mavjud bo'lgan.



Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling