Cv nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko’rinishi qanaqa bo’ladi? grantlar uz


Download 457.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.02.2023
Hajmi457.09 Kb.
#1146480
Bog'liq
grantlar.uz-CV nima qanday qayerda tayyorlayman Korinishi qanaqa boladi



1/5
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko’rinishi
qanaqa bo’ladi?
grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/
Blog
BO'LIM
Hujjat namunalari
O'QILGAN
5024 marta
CHOP ETILGAN
04.01.2021
CV – o’zingiz va hayot faoliyatingizni qisqa qilib, jadval ko’rinishida jamlaydigan hujjat. CV
ish va o’qish uchun mosligingizni tekshirish uchun so’raladi. Ish beruvchi yoki siz hujjat
topshirgan universitet qaysi yo’nalishda o’qigansiz, qancha ishlagansiz, nima ishlarda
tajribangiz borligini siz bergan CV’dan o’zi ko’rib olaveradi. CV’ni qanday sohaga va ishga
(o’qishga) tayyorlasangiz, ish joylari, vazifalar, qo’lingizdan keladigan ishlarning o’sha ish
yoki o’qishga aloqador qismiga ko’proq urg’u beriladi. Bu hujjat sizni tanishtirishi va
reklama qilishi kerak.


2/5
CV’ga nimalar kiritiladi?
Ism-sharif
Kontakt ma’lumotlari va manzil
Hozirgi va shu vaqtgacha rasman o’qigan va ishlagan joylaringiz
Qaysi tillarni qanday darajada bilishingiz
Kompyuterda biladigan dasturlaringiz va umuman qo’lingizgan keladigan boshqa
ishlar
CV qanday dasturga topshirilishiga qarab yuqoridagi ro’yxatdagi ba’zi ma’lumotlar
berilmasligi yoki boshqalari qo’shilishi mumkin. 
Tuzilishi
Har xil CV formatlari bor, lekin eng ko’p yerga “o’tadigani” – EuroPass CV. Sizga “CV olib
keling” deyishdimi, qo’rqmay EuroPass CV olib boring. Agar boshqacha formatdagi CV
kerak bo’lsa, o’zlari aytishadi. EuroPass CV faqat ingliz tilida qilinadi.
Qanday yoziladi?
Europass CV tayyorlash juda oson, chunki uni internetdagi saytda o’zingiz qilasiz. Saytga
kirib, so’ragan ma’lumotlarini shunchaki yozib chiqsangiz, saytning o’zi sizga chiroyli
shaklga solib, dizaynigacha qilib beradi. Yuklab olaverasiz. Agar o’zgartirish kerak bo’lib
qolsa, o’sha saytda tayyorlangan CV’larnu saytga solib, ustidan to’ldirish yoki qisqartirish
mumkin. EuroPass CV yaratiladigan saytga bu yerda kirish mumkin. Kompyuterda
ochsangiz, yaxshiroq ishlaydi.
Qancha vaqt oladi?
Agar saytdan foydalanishni yaxshilab tushunib olsangiz, bitta CV tayyorlashga 1 soat
vaqt ketishi mumkin. Lekin 1 soatda tugatish uchun CV’ning qaysi bo’limiga nima
yoziladi, nima yozilsa foydali bo’ladi, saytda nima qayerda joylashgan juda yaxshi
tushunib olish kerak bo’ladi. Bo’lmasa uzoq vaqt ketadi.
CV qilib beradigan xizmatlar ham bor
Faqat bir necha marta ishingiz tushadigan CV’ni tayyorlashni o’rganishga vaqt yoki
xohishingiz bo’lmasa, tez va sifatli CV qilib beruvchi tajribali mutaxassislar ham bor.
Ba’zan o’zingiz yaxshi farqiga bormagan narsani boshidan o’rgangandan ko’ra, kimgadir
qildirib, boshqa muhim ishlaringizga vaqt ajratish kerak bo’ladi. EuropPass CV tayyorlash
taxminan 60-70 ming so’mdan boshlanadi. O’qish va ish joylaringiz ko’p bo’lsa, CV’ga
yozib chiqish, har birini izohlashga ko’proq vaqt ketadi. Narx ham shunga yarasha oshadi.
Ko’rinishi


3/5


4/5
Europass CV namunalarini bu yerda tiniqroq ko’rishingiz mumkin.
CV’ni mutaxassisga tayyorlatish uchun bog
ʻlaning: @Hamidziyo.
Chet el grantlariga topshirilgan hujjatlar bilan tanishish uchun @grantlar_namuna
kanaliga qo
ʻshiling.
Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring


5/5
Copyright © 2018 Grantlar.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.

Download 457.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling