Dam olish daqiqasi


Download 57.5 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1722512
  1   2
Bog'liq
Dam olish daqiqasi


Dam olish daqiqasi


Dam olish daqiqasi-eng muhim dars qismlaridan biridir.Bu bolaning sog’lom o’sishida va faollashishida katta yordam beradi. Dam olish hamda qiziqarli daqiqalar harakatlar orqali bajariladi.Quyida berilgan she’rlar o’qituvchilar uchun asqotadi degan umiddaman.
1. Qo‘llarimiz ishlatamiz,
Oldi tomon ko‘rsatamiz,
Orqa tomon cho‘zamiz,
Quvnab qarsak chalamiz.
2. Bobomiz mir Alisher
Besh dostonni yaratgan.
O‘zbek xalqin dunyoga
Ko‘z-ko‘z qilib taratgan.
3. Baliq kabi suzamiz,
Shamol kabi esamizesamiz0Biz bilag‘on bolamiz,
Qushdek parvoz etamiz.
4.Yozib charchar qo‘limiz,
O‘qib tolar ko‘zimiz.
Boshimiz qo‘yib asta,
Dam olamiz ohista.
5. Ayiq yurar lapanglab,
Quyon yuradi sakrab.
Ayiqning uyi katta,
Quyonniki kichkina.
6. Hoy olma, olma, olma,
Meni ovora qilma.
Biroz egil, bo‘y cho‘zay,
Olmalaringdan uzay.
7. Pingvin xola pazanda,
Piyoz, sabzi qozonda.
Peshin palov pishsin deb,
Ish boshlagan azonda.
8. Sumalakjon, sumalak,
Buncha shirin bo‘lmasang.
Qariyalar kovlaydi,
Senga mehr tilaydi.
9. Mushugim nomi baroq,
Oyoqlari oq paypoq.
Karavotda yotadi,
Rossa xurrak otadi.
10. Barmoqqa barmoq tuk-tuk,
Barmoqqa barmoq tuk-tuk.
Endi mana bunday chapak chalamiz –
Qo‘llarimiz chiroyli.
Endi mana bunday aylanamiz –
Oyog‘imiz chiroyli.
Endi bunday do‘pillatamiz.
(Ushbu dam olish daqiqasining so‘zlari qo‘shiq qilib aytiladi)
11. Oyog‘miz taq-taq-taq,
Qo‘llarimiz chapak-chapak,
Boshimiz charak-charak.
Qo‘limizni ko‘tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo‘lib
Joyimizda o‘tirdik.
12. Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qornida
Sabzisini quyoncha.
13. Ko‘kda qanotin qoqqan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Bahor faslin chorlagan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Osmonlarda sayragan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
Yaxshilikni tilagan,
Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
14. To‘p, to‘p, to‘p, to‘p,
Futbolchilar tepar to‘p.
Darvozabon xo‘p shoshar,
Ishqibozlar qarashar.
Ana, ana, gol bo‘ldi,
Hisob bir-u nol bo‘ldi.
15.Kulrang g’ozlar uchdilar,
Ko’lmakchaga qo’ndilar.
U yon-bu yon qarashib
Yana uchib ketdilar.1,2,3…..
16.Davangirday ayiqman,
Lapanglagan qayiqman.
Asalni xush ko’raman,
Sog’inib tush ko’raman.
17.Yomg’ir yog’aloq yam-yashil o’tloq,
Endi ekinlar chiqarar quloq.
Yashnasin dala,ochilsin lola,
Tog’lar qo’ynida bizning shalola.
18.Shamol deydi esaman,
Daryo deydi oqaman.
Daraxt deydi o’saman,
Yomg’ir deydi yog’aman.
19.Tog’larning cho’qqisiga
Qor bo’lib yog’ilgandim.
Bahorda erib ketdim,
Yugurdim-chaqqon edim.
20.Daraxt tagin yumshatamiz,
Daraxtga suv quyamiz.
Daraxtim o’sib ketdi,
Bo’yi osmonga yetdi.
21.Hands up
Nands down
Bend on hip.
1,2,3 hop!
1,2,3 stop!
22.Sport tinchlikka posbon,
Futbol esa qanotdir.
Unga muxlis keng jahon,
Zavqidan dillar shoddir.
23.Futbol bilan dunyoga
Tanilgan ne ellar bor
Yurt sharafin oqlagan
O’t yurakli she’rlar bor.
24.Yozdik-yozdik,ko’p yozdik,
Qo’llarimiz charchadi.
Endi birga turamiz,
Qo’lda chapak chalamiz.
Oyoqlarni do’pillatib,
Barmoqlarni ochib-yopib,
So’ngra tez o’tiramiz,
Davomini yozamiz.
25.Bahor kelsa bog’imda,
Chopib-chopib o’ynaymiz.
Gulga qo’nsa kapalak
Tutmoq uchun quvlaymiz.
26.Anvar,Ali,Aziza,
Asqar,Akbar,Adiba,
Boshlanar mendan o’zi,
Yozilmas a’lo so’zi,
Unli tovushman nutqda
Harf bo’ldim yozuvda.
27.Olma-olma
Bog’da olma
Xomlariga
Tegma,olma.
Kuz kelganda
Pishdi olma,
Yerga tap-tap
Tushdi olma.
28.Sa’va,sa’va
Uchdi sa’va.
Keng osmonni
Quchdi sa’va
Uchib,uchib
Keldi sa’va
O’ng qo’limga
Qo’ndi sa’va.
29.Toza bo’lsin deb badan
Sovun,cho’tka ol birdan
Dangasaday ko’rinma,
Yuvinishda erinma.
Yozda,qishda,ayozda
Toblanib turish soz-da.
30.G’ozlarim g’oq-g’oq der,
Ko’ylagimiz oq-oq der.
Bizni yaxshi boq-boq der,
So’ng bo’lamiz o’rtoq der.
31.Bodring der “diring-diring”,
Polizga kirib turing.
Polizga kirgan chog’da,
Palagim bosmay yuring.
32.Men Lolaman,Lolaman,
Ozoda qiz bolaman,
Erta bilan turaman.
Yuz qo’limni yuvaman.
33.Jajjigina o’rdakcha,
Makonidir ko’lmakcha.
Mag’rur yurar bundayin,
Qanot yozar bundayin.
Bosh silkitar bunday
Do’stlari bor bir talay.
34.Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqasi tushib qoldi,
O’tirdi yig’lamoqqa.
35.Uloqcham hoy uloqcham,
Sakraydi dukur-dukur.
Tuyoqchalari bilan
Yer tepar dupur-dupur.
36.1,2,3…
Qush bo’lib uch.
Qanoting yoyib,
Samolarni quch.

1. Do‘stlar, davramizga keling,


Raqsga tushaylik,
Raqsga tushaylik.
Bahoroyga jo‘r bo‘lib,
Raqsga tushaylik,
Raqsga tushaylik.
Gul hovuzning bo‘yida
Qo‘shiq kuylaylik,
Qo‘shiq kuylaylik.
Vatanimiz qo‘ynida
Quvnab yayraylik,
Quvnab yayraylik.
Qo‘llarini o‘ng tomonga, chap tomonga qilib, “raqsga tushadilar”. Ikki nafardan qo‘l ushlashib aylanadilar. O‘tirib “hovuz suvini qo‘llari bilan qalqitadilar. O‘rinlaridan turib, qo‘llarini ko‘tarib raqsga tushgandek harakat qiladilar.

2. Bog‘da pishibdi olma,


Shoxlari egilibdi.
Mevasin ko‘tarolmay,
Bellari bukilibdi.
Shamol g‘ir-g‘ir esganda,
Mevalari to‘kilibdi.
Bolajonlar o‘tganda,
Yeb, rosa to‘yishibdi.
Qo‘llarini tepaga qilib, pishib turgan olmani ko‘rsatgandek qiladilar, pastga egiladilar, dastlabki holatga keladilar. Qo‘llarini shamolda qimirlayorgan daraxt shoxlaridek o‘ngga va chapga qiladilar, bellarini bukadilar. Olmalar uzib yeyayotgan bolalardek qo‘llarini tepaga, og‘izlariga va cho‘ntaklariga qarab harakatlantiradilar.

3. Qarg‘a qag‘-qag‘ etadi,


Tumshuqlarin cho‘zadi.
Qanotlarin patillatib,
Qor yog‘ishin kutadi.
Qanotlarini silkitayotgan qarg‘adek qo‘llarini harakatlantiradilar, ikki qo‘llarini cho‘zib, oldinga bir qadam qo‘yadilar va orqaga qaytadilar. Qo‘llarini tepaga qilib, qor yog‘ishini “ko‘rsatadilar”.

4. Tap-tap etar koptogim,


Menga o‘rtoq koptogim.
Ursam uni arazlab,
Qochib ketar koptogim.
Kelgin, xafa bo‘lmagin,
Yarashaylik, koptogim,
Sira qochib ketmagin,
Do‘stligimiz buzmagin.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling