Dark Modern and Elegant Company Profile Presentation


Download 1.49 Mb.
Sana25.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1719626
Bog'liq
moliyadan (wecompress.com)


Mavzu: Pul bozorining iqtisodiy mohiyati.
Toshkent Moliya instituti
Bajardi: HBA-82 guruh talabasi
Djurayeva Saida
Pul bozori atamasi ushbu bozor uchun toʻliq mos kelmaydi.
Sababi, pul bozorida pul yoki valyuta oldi-sotdisi amalga oshirilmaydi. Pul bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanadi yaʼni ularning pulga aylanish jarayoni tez amalga oshadi.
Pul bozoridagi qimmatli qogʻozlarning uchta asosiy xususiyatlari mavjud. Bular quyidagilar4:
- ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi; - ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanadi; - ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha boʻladi.
Pul bozoridagi aksariyat qimmatli qogʻozlarning muddati 120 kundan kam boʻladi. Pul bozoridagi tranzaksiyalar aniq bir joy yoki binoda amalga oshirilmaydi. Asosan treyderlar ishtirokchilar oʻrtasidagi savdolarni elektron tarzda amalga oshiradilar.
Pul bozori instrumentlarining oldi-sotdi jarayoni ikkimlamchi bozorda birmuncha tezlashadi. Yuqorida taʼkidlangan xususiyatlariga koʻra, pul bozori instrumentlari birlamchi bozorga joylashtirilgandan soʻng, ularni sotish uchun kelajakda xaridorlarni topish unchalik qiyin boʻlmaydi. Pul bozorining yana bir xususiyati ushbu bozor ulgurji bozor hisoblanadi, yaʼni undagi aksariyat tranzaksiyalar yirik hajmda boʻlishi kuzatiladi. Ilgʻor xorij mamlakatlari tajribasidan kelib chiqadigan boʻlsak, real sektor korxonalari pul bozorining muhim ishtirokchilaridan hisoblanadi
Pul bozori asosan insvestorlarga yuqori darajadagi daromadlilik darajasini taklif etmasada, oʻzining yuqoridagi xususiyatlari sababli ham investorlar mablagʻlarini yoʻnaltiruvchi investitsiya obyekti sanaladi. Pul bozorida qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlar tuzilishi ushbu bozorning jozibadorligini taʼminlaydi
Pul bozori vujudga kelishiga toʻxtaladigan boʻlsak, 1970 yillarda AQSHda inflyatsiya darajasi oshganligi sababli, banklar taklif etadigan depozit stavkalari investorlarni qanoatlantirmagan, ushbu holatdan foydalangan brokerlik agentliklari depozit stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalari toʻlaydigan pul bozori instrumentlari reklama qilishni boshlagan. Bunga qarshi banklar depozit stavkalarini oshirish bilan javob qaytara olmagan, sababi ular toʻlashi mumkin boʻlgan foiz stavkalari Markaziy Bank tomonidan chegaralab qoʻyilgan. Ammo Markaziy Bank bu holat boʻyicha qonunchilik hujjatlarini tezda koʻrib chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritdi. Shundan soʻng yana depozitlarga nisbatan talab oshgan boʻlsada, pul bozori oʻz mavqeini saqlab qoldi.
The integrated technology solution that inspires trust.
Xalqaro amaliyotga koʻra, Moliya vazirliklarining asosiy vazifalaridan biri Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyosatini barqarorlashtirish hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun ular qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar hisobiga jalb qilingan mablagʻlar tegishli maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti kelganida esa davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.
Tijorat banklari hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning asosiy sabablaridan biri banklarga investitsion faoliyat uchun qoʻyilgan cheklovlar hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab 20 mamlkatlarda banklarga risklilik darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda korporativ obligatsiyalarni sotib olish taʼqiqlangan. Risklilik darajasi pastligi hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlganligi sababli davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar mavjud emas
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi, yaʼni ular oʻz qimmatli qogʻozlarini emissiya qilib, pul bozoriga joylashtirish orqali sotishi, shuningdek qoʻshimcha pul mablagʻlarini foyda koʻrish maqsadida pul bozori instrumentlariga investitsiya qilishlari ham mumkin. Ammo, pul bozori instrumentlariga investitsiya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda koʻrish emas, oʻz mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini ushlab turish hisoblanadi.
Xalqaro tajribaga koʻra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi: - davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari;
  • qayta sotib olinuvchi shartnomalar;
  • depozit sertifikatlari;

  • - tijorat qogʻozi;
  • bankir kafolati;

  • - yevrodollar.

Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli qogʻoz Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar uchun ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu oʻz navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. Gʻaznachilik ushbu qimmatli qogʻozlar uchun hech qanday foiz toʻlovini amalga oshirmaydi.
Pul bozorining iqtisodiy mohiyatini ochib beruvchi klaster
Pul bozori
Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli qogʻoz Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi.
Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar uchun ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu oʻz navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. Gʻaznachilik ushbu qimmatli qogʻozlar uchun hech qanday foiz toʻlovini amalga oshirmaydi. Ular oʻzining nominal narxidan past bahoda bozorga joylashtiriladi hamda soʻndirilish muddatida nominal narx boʻyicha soʻndiriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling