Dasturlash I 8-hafta mavzu: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash


Download 321.53 Kb.
bet1/10
Sana02.01.2022
Hajmi321.53 Kb.
#194588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Topshiriq 8



DASTURLASH I
8-HAFTA


Mavzu: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash


Hafta

Mavzu

Mashg‘ulot turi

Soat

Mashg‘ulot mazmuni

8-haf-ta

Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash

8-Ma’ruza

2

Takrorlanish operatori, while – old-shartli va do-while –so‘ng shartli takrorlash operatorlari.

Lab_8.1

2

while – old-shartli takrorlash operatorlariga doir dasturlar tuzish.

Lab_8.2

2

do-while –so‘ng shartli takrorlash operatorlariga doir dasturlar tuzish.

Lab_8.3

2

do-while –so‘ng shartli takrorlash operatorlariga doir dasturlar tuzish.

8-Mustaqil ish

1

Topshiriqda berilgan savollarga javob yozish

1

Test savollariga javob berish

4

Dastur tuzishga doir topshiriqlarni bajarish


8-MA’RUZA

MAVZU: Takrorlanish operatori, while – old-shartli va do-while –so‘ng shartli takrorlash operatorlari

Reja:

    1. Mavzuga kirish;

    2. while – sikl operatori;

    3. do-while – sikl operatori.


Kalit so‘zlar:

  • algoritm

  • bo‘lish operatori

  • butun tur

  • C-stili

  • dizayn tizimi

  • haqiqiy nuqtali raqam

  • haqiqiy tur

  • identifikator

  • ifodalash

  • ifodani belgilash

  • ikkilik tur

  • increment kod va test

  • increment operator

  • KIN

  • ma’lumot turi

  • o‘zgarmas

  • o‘zgarmas kalit so‘z

  • o‘zgaruvchi

  • o‘zgaruvchi maydoni

  • o‘zgaruvchilarni e’lon qilish

  • oddiy tur

  • operandlar

  • operator

  • operatorni belgilash

  • operatorni taqsimlash

  • postdekrement

  • postinkrement

  • predekrement

  • preinkrement

  • psevdokod

  • qisqa tur

  • so‘zma-so‘z

  • talablar spesifikatsiyasi

  • tizim tahlili

  • toshish

  • toshmagan

  • UNIX davri

  • uzun tur

yashirin tur

8.1.Mavzuga kirish

Key Point.Sikldan dasturni bir necha marta takroran ishlashi uchun buyruq berishdan foydalanish mumkin.

Faraz qilaylik, dasturda “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasini 100 marta konsol oynaga chiqarish buyrug`ini berishimiz kerak. Buning uchun quyidagicha kodni yozish juda ham zerikarli va mashaqqatli:



Xo`sh, bu muammoning qanday yechimi mavjud?

C++ bir yoki bir nechta operatorlarni ko`p marta, ketma-ketlik tartibida bajaruvchi, sikl deb nomlangan mukammal konstruksiyani taqdim etadi. Bu konstruksiya yordamida kompyuterga dastur orqali yuqoridagi satrni 100 marta chiqarishga oddiy ko`rinishda buyruq berish mumkin:

inthisob = 0;

while (hisob< 100)

{

cout<< "C++ ga xush kelibsiz!\n";



hisob++;

}

Bu yerda hisob sikl tarkibida dastlab 0 qiymat bilan o`qilyapti. Shart qismi(hisob< 100)da uning 100 dan kichik ekanligi tekshiriladi. Agar bu shart rost (true) bo`lsa, siklning tana qismi hisoblanadi, ya’ni, konsol oynaga “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasi chiqariladi va hisob1 qiymatga oshiriladi. Bu jarayon siklning shart qismi (hisob< 100)yolg`on (false) qiymat qabul qilgunga qadar (hisob ning qiymati 100 dan oshib ketguncha) davom etadi.Bunday holatda sikl ishi to`xtatiladi va undan keyingi ko`rsatma satrlarining bajarilishiga o`tiladi.



Sikllar – blokdagi ko`rsatma satrlarining takroran ishlashini nazorat qiluvchi konstruksiyalar. C++ sikl operatorlarlarining uch xil turini taqdim etadi: while sikl operatori,dowhile sikl operatori, for sikl operatori.
8.2. while – sikl operatori

Key Point.while sikl operatori o`zining shart qismi rost qiymat qabul qilganda tana qismidagi ko`rsatmalarni bajaradi.

while sikl operatorining sintaksisi quyidagiicha:

while (sikl davom etish sharti)

{

// sikl tanasi



Ko`rsatmalar (s);

}

8.1(a)-rasmda while siklining blok-sxemasi berilgan. “Sikl tanasi” deb nomlanuvchi sikl bloki takrorlanuvchi ko`rsatma satrlaridan tashkil topgan. Sikl tanasining bir marta bajarilishi siklning iteratsiyasini (yoxud takrorlanishini) anglatadi. Har qanday sikl tana qismining bajarilishini nazorat qiluvchi siklning-davom-etish-sharti – mantiqiy ifodadan tashkil topadi.Bu mantiqiy ifoda har safar sikl tanasining hisoblanishi uchun ishga tushiriladi. Agar u true qiymat qabul qilsa, tana qismi bajariladi; Agar u false qiymat qabul qilsa, butun boshli sikl operatorining ishi to`xtatiladi va dastur o`sha vaqtdagisiklning tana qismini bajarlmaydi.



whilesikl operatori haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`lish uchun “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasining 100 marta ekranga chiqarilishini ko`rib chiqish yetarli. Uning blok-sxemasi 8.1(b)-rasmda keltirilgan.



8.1-rasm.while sikl operatori siklning-davom-etish-shartitrue qiymat qabul qilganda sikl tanasida ko`rsatilgan ko`rsatma satrlarini takroran bajaradi.


Download 321.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling