Davlat Ramzlari muqaddas timsollar


Download 76.24 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1391005
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8- DMTT Davlat ramzlari ochiq mashg\'ulot



Qorovulbozor tuman 8-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Davlat Ramzlari muqaddas timsollar” mavzusida tayyorlov guruhida o’tkazilgan ochiq mashg’ulot
Tarbiyachi Boyiyeva Orzigul - Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgandan keyin oʻz Davlat Ramzlariga ega boʻlishni boshlagan, shu jumladan Bayroq , Gerb va Madhiya Oʻzbek milliy qadriytlari va davlatchilik tarixidan kelib chiqib qabul qilingan. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
DAVLAT GERBI
“ O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
«Gerb» so’zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot: «Gerb» so’zi nemischa «erbo» so’zidan olingan bo’lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho’zilgan ulkan sarhadda hukm surgan O’g’uzxon davrida ham turkcha «tamg’a» so’zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, O’g’uzxon o’z mol-mulkini o’g’illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo’lib in’om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o’zlarining xonlik tamg’alariga ega edi.


1-tarbiyalanuvchi - Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tarovatli vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasvirlangan. Bu serquyosh yurtimizga, undagi obod manzillarga ishora. Baland tog‘lar oralab oqayotgan daryolar – mangulik timsoli bo‘lsa, gerbning so‘l tomonidagi bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizq-ro‘zi butunligidan, o‘ng tomonidagi qiyg‘os ochilgan g‘o‘za ifodalangan chambar yurtimiz odamlarining oppoq orzulari, ezgu niyatlaridan dalolatdir. Gerbning yuqori qismida elu yurtimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida joylashgan yarim oy va yulduz xalqimizning dinu diyonatiga xos muborak timsollardir.

Download 76.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling