Davlat test markazi repetitsion test topshiruvchilar uchun test topshiriqlari
Download 340.79 Kb.
|
DTM-5 Blok
- Bu sahifa navigatsiya:
- ABITURIYENT DIQQATIGA!
- MAJBURIY FANLAR ONA TILI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI DAVLAT TEST MARKAZI REPETITSION TEST TOPSHIRUVCHILAR UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI KITOBI 1-30 topshiriqlar Majburiy fanlar 31-60 topshiriqlar Biologiya 61-90 topshiriqlar Kimyo
MAJBURIY FANLAR ONA TILI 1. Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni toping. A) dilozor, alomot B) muattar, mussafo C) maraka, tabiyat D) xayol, huquq 2. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A)Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. B)Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. C)Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. D)Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. 3. Qaysi gapda qaratqich kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A)Davlatimizning ramzi bo‘lgan gerbimizda ham bug‘doy boshoqlari tasviri bor. B)Abdulhamid Cho‘lponning taxallusi ana shu yorug‘ yulduzga qiyoslab olingan. C)Bu ishonch bizning faoliyatimizga ta’sir etmasdan qolmaydi. D)Dunyo shoirlarining anjumani bo‘lib o‘tayotgan bu davlatda avval bo‘lmagan edim. 4. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A)Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. B)To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. C)Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. D)Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. 5. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A)Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. B)Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. C)O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. D)Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. 6. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha B) umum//milliy, binafsha//rang C) suv//ilon, taklif//qil D) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p 7. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A)Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. B)Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. C)Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. D)Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. 8. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A)Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? B)Tinchlik eng bebaho ne’mat, u baraka keltiradi o‘g‘lim. C)Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. D)Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. 9. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A)Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. B)Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. C) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. D)Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. 10. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosi aloqadorlik asosida ko‘chgan? A)Maktabimiz qaldirg‘ochlari katta hayotga qadam qo‘ymoqda. B)Aylanay, bu gapingiz eshitgan quloqqa yaxshi emas. C) Anavi ko‘k ko‘ylakni yuvib qo‘ying, ertaga kiyaman. D)Bugun samovarda osh bo‘ladi, kechikmay boringlar, yigitlar. Download 340.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling