Davlat xaridlaridagi korrupsiyadan qanday qutilish mumkin? 14 mart kuni Oliy Majlis


Download 34.31 Kb.
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi34.31 Kb.
#1304247
  1   2   3   4   5   6   7

Davlat xaridlaridagi korrupsiyadan qanday qutilish mumkin?
14 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hisob palatasining 2021 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitildi. Hisobotda keltirilgan davlat xaridlaridagi qonunbuzilish va korrupsiya holatlari ko‘lami ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu maqolada davlat xaridlarida qanday korrupsion sxemalar mavjudligi hamda ularni bartaraf etish uchun qonunchilikda va nazorat amaliyotida qanday o‘zgarishlar qilish kerakligi haqida so‘z yuritiladi.
Maktab, kasalxona, ko‘priklar, yo‘llar qurish, ta’mirlash va jihozlash kabi davlat siyosatining iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ustuvor vazifalarning barchasi davlat buyurtmasi (xaridlari) orqali amalga oshiriladi. Iqtisodda davlat ulushi va ishtiroki katta bo‘lgan mamlakatlarda davlat xaridlari xususiy sektor uchun muhim moliyalashtirish manbalaridan biri hisobanadi.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari, bular — ochiqlik va shaffoflik, raqobat, xolislik va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Lekin, hech kimga sir emaski, davlat xarid va buyurtmalarida korrupsion va raqobatga zid amaliyotlar keng tarqalgan.
Hisob palatasining hisobotiga ko‘ra, 2021 yilda davlat xaridlari jarayonida 763 ta holatda 971,1 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan. Qurilish sohasining o‘zida esa 3,5 trln so‘mlik tender savdolarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining hisobotiga ko‘ra esa, 2021 yilda davlat xaridlari bo‘yicha 452 ta tender savdolarida 145,3 mlrd co‘m miqdorida qonun hujjatlarining buzilish holatlari aniqlangan. Bu faqat aniqlanganlari.
Amaliyotda keng uchraydigan davlat xaridlaridagi sxemalarni 2 ta turga bo‘lish mumkin:
a) buyurtmachi (davlat organi) va tender ishtirokchisi (tadbirkor) o‘rtasida til biriktirish (korrupsiya);
b) tender ishtirokchilari (tadbirkorlar) o‘rtasidagi til biriktirish (kartel kelishuvi).
Buyurtmachi (davlat organi) va tender ishtirokchisi (tadbirkor) o‘rtasida til biriktirish korrupsion sxemasi ishtirokchilari qo‘llashi mumkin bo‘lgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
Porasini olgan yoki «otkat» va’da qilingan davlat xizmatchisi o‘ziga kerakli tadbirkor tenderda g‘olib bo‘lishini ta’minlashi uchun amaliyotda bir nechta sxemalardan foydalanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu qoidabuzarliklar qonunchilikdagi kamchiliklar sababli emas, asosan amaliyotda ularga qarshi kurash sustligidan kelib chiqadi.

Download 34.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling