Davlatning tashkil topishi. Davlatning yuksalishi Davlatning parchalanishi


Download 1.97 Mb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1200350
  1   2
Bog'liq
TRX-BU-21.Turg\'unov Muxiddin.Raqamli tarix


Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi TRX-BU-21-guruh talabasi Turg’unov Muxiddinning Raqamli tarix fanidan Mustaqil ishi
Mavzu: Buyuk Saljuqiylar davlati
Reja:
  • Davlatning tashkil topishi.
  • Davlatning yuksalishi
  • Davlatning parchalanishi.
  • Davlat boshqaruvi.
  • Davlatda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.

Davlatning tashkil topishi
Saljuqiylar turkiy o‘g‘uz qavmi tarkibida dastlab hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududi va Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda yashaganlar. Ular ko‘plab urug‘-qabilalarga bo‘linib, ko‘chmanchi hayot kechirganlar. Shimoldagi turli qabilalarning siquvi natijasida Sirdaryoning quyi oqimidagi Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)ga ko‘chib o‘tgan oʻgʻuzlar Saljuqbek boshchiligida islom dinini qabul qilishgan.
Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, Saljuqiylar Mahmud Gʻaznaviyning roziligi bilan 1025-yilda Xuroson yerlariga ko‘chib o‘tdilar. Qoraxoniylar bilan Gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar o‘z harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Ular Saljuqning nevarasi To‘g‘rulbekni hukmdor deb e’lon qildilar.
To‘g‘rulbek ukasi Chag‘ribekni Xurosonda qoldirib, o‘zi g‘arbga yurish boshladi. Bu davrga kelib Eronda jangovar turkiy qabilalarga qarshi tura oladigan kuch mavjud emas edi. Natijada saljuqiylar qisqa muddatda G‘arbiy Eron, Ozarbayjon va Iroqni o‘zlariga bo‘ysundirdilar.
1055-yil Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qildi, Abbosiylar saljuqiylarga tobe bo‘lib qolishdi. Xalifa Al-Qoim (1031–1075) hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda “Sharq va G‘arb podshohi” deb tan olishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa saljuqiylar Amudaryodan Frot daryosigacha bo‘lgan hududda o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar.
Davlatning yuksalishi
Saljuqiylar davlati Alp Arslon va uning o‘g‘li Malikshohlar davrida yanada kuchaydi. Alp Arslon (1063–1072) davrida Kichik Osiyoga yurishlar uyushtirildi.
Saljuqiylarning eng yuksalgan davri Sulton Malikshoh (1072–1092) hukmronlik yillariga to‘g‘ri keladi. U otasi boshlab bergan sharqqa yurishlarni davom ettirdi, Qoraxoniylarga zarba berib, 1074-yili Buxoro va Samarqandni egalladi. So‘ngra Farg‘ona vodiysini egallab, Sharqiy Turkistongacha yetib bordi.
XI asr oxirida mamlakat hududi Sharqiy Turkistondan O‘rta Yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga olgan edi. Bu davlat Vizantiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan bo‘lib, salibchilarning Sharqqa qilgan hujumlarini qaytarishda xizmatlari katta bo‘lgan.
Malikshoh vafot etgach, taxt uchun kurash kuchayib, mamlakat zaiflasha boshladi. Ichki nizolar avj olib, davlat XII asr boshida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketdi.
XI asr oxirida Anatoliyani to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar u yerda Konya sultonligini tuzishdi. Shuningdek, Kichik Osiyo hududida saljuqiylarning bir qator beylik (beklik)lari ham tashkil etildi. Beylar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmronligini tan olsalar-da, amalda o‘z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Konya sultonligining markazi dastlab Nikeya shahri bo‘lib, keyinchalik Konyaga ko‘chirildi. Sulton Alouddin Kaykubod davrida sultonlik taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Sultonlikdagi Konya, Qaysari, Sivas shaharlari hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan.
Kichik Osiyodagi beyliklarning aholisi etnik jihatdan bir xil emas edi. 1071-yildagi Mansikert jangida saljuqiylarning vizantiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabasidan keyin, boshqa qarshilik yo‘qligi tufayli, bu yerga o‘g‘uz turklarining katta qismi ko‘chib kelib, o’troq turmush tarziga o’ta boshladi. O’troqlashayotgan turklar o‘lkaning tub aholisi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshladilar.
Kichik Osiyo yunonlari va armanlarining bir qismi esa islom dinini qabul qilib, turkiy qabilalar bilan yaqinlashdilar. Shu tariqa Kichik Osiyoda XI asr oxiridan o‘g‘uz turklari bilan turklashgan yunonlar, forslar, armanlar va gruzinlarning qoʻshilishidan turk millati shakllana boshladi.
1243-yil sharqdan mo‘g‘ullarning bostirib kelishi sultonlikni ancha zaiflashtirib qo‘ydi. Natijada 1308-yilda davlat bir nechta beyliklarga boʻlinib ketdi. Ulardan biri Usmon beyligi bo‘lib, keyinchalik u Usmonli turk imperiyasining paydo boʻlishida asosiy rol oʻynagan.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling