Деб нимага айтилади?


Download 5.49 Mb.
bet1/20
Sana15.07.2023
Hajmi5.49 Mb.
#1660519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
HfX savollar yakun


1 Система деб нимага айтилади?
Sistema (yunoncha: (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yunon_tili) systema — yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ishharakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning oʻzaro bogʻlikligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va boshqalarning tasnifi; 3) muayyan tarzda oʻzaro bogʻlangan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. S. haqidagi birinchi tasavvurlar antik falsafada shakllangan. Yunon falsafasi va fanida S. tushunchasi bilimlarga nisbatan qoʻllanilgan (Yevklid, Platon, Aristotel va boshqalar). Keyinchalik bu tushunchani B. Spinoza va G. Leybnits rivojlantirib, umuman borliqqa nisbatan tatbiq qilgan. Yangi davr falsafasi va fanida S. tushunchasidan ilmiy bilimlarni tahlil qilishda foydalanilgan. Bilimlarning S.lilik tamoyillarini nemis faylasuflari I. Kant, F. Shelling, G. Gegel ishlab chiqqan. 19-asrning 2-yarmidan boshlab, S. tushunchasi ilmiy bilimlarning turli sohalariga kirib bordi. Bunda evolyusion nazariya, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasining yaratilishi, struktural lingvistika va boshqalarning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega boʻldi. S. tushunchasi yaxlitlik, tuzilish, aloqa, munosabat tushunchalari bilan uzviy bogʻliqdir. S. tushunchasi nihoyatda keng koʻlamda qoʻllanadi.
2 Хавфсизликни системали таҳлил қилишдан мақсад нима?
3. “Хавфлар шажараси орқали нима аниқланади? “Хавфлар шажараси орқали нима аниқланади?
Xar qanday xavf bir yoki bir nechta sabablartufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real (bor bo’lgan) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan ximoyalanish ularning paydo bulish sabablarini aniqlashga, o’rganishga asoslangan. Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud; xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u esa,o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, ierarxik, zanjirli strukturalarni yoki sistemalarni xosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi. Ob’ektlar xavfsizligining taxliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushuncha (termin)lar ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “bo’zilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “xodisalar daraxti”. Kurilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari 42 mavjud bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialekti xususiyatga ega ekanligini tuliq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofik emas, ba’zida aslo iloji yuq. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini taxlil qilish jarayonida xosil bo’lgan grafik ko’rinishlar “sabablar va xavflar daraxtlari” deb aniq aytiladi. “Daraxt”larni ko’rish xar xil ko’ngilsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul xisoblanadi. “Daraxt” shoxlanishining ko’p bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab kiladi va bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga butunlay bog’lik bo’ladi. Umuman, shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar xosil qilinishining mantiqiy maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.


Download 5.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling